Dastlabki xomaki tasvirini ishlash
Tasvirni boshlashning ilk bosqichi gruntning rangi, uning tarkibi va rangdagi xomaki rang berish usuliga qarab turli grafik ashyolarda (qalam, kо‘mir, sangina va h.k...) bajarilishi mumkin. Ilk qalamtasvirni alohida qog‘ozda bajarib, yelimli yoki emulsiyali gruntga akvarel, tempera yoki moyli gruntda tez quriydigan suyuq eriltirilgan moybо‘yoqda xolstga kо‘chirib olish tavsiya etiladi. Ishga bunday yondashish xolstdagi grunt rangi tozaligiga erishish, bundan tashqari qalam, kо‘mir va h.k...da chizish, о‘chirish, tо‘g‘irlash ishlarini bajarganda mato yuzasini qirilishidan asraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |