Har XIL sharoit va haroratlarda material tarkibidagi fizik-kimyoviy o’zgarishlar. Quritish va pishirish jarayonlari


Download 58.82 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi58.82 Kb.
#1840487
  1   2
Bog'liq
Har xil sharoit va haroratlarda material tarkibidagi fizik


Har xil sharoit va haroratlarda material tarkibidagi fizik-kimyoviy o’zgarishlar. Quritish va pishirish jarayonlari



Reja:
1 Ideal gaz qonunlari
2 Gaz aralashmasi.

XVII - XIX asrlarda atmosfera bosimiga yaqin bosimlarda gazlar o’zini qanday tutishini tekshirgan tadqiqotchilar emperik yo’l bilan bir qancha muhim qonuniyatlarni ochdi- lar.


Boylь-Mariott qonuni: o’zgarmas temperaturada gazning berilgan massasi uchun absolyut bosimning hajmga ko’paytmasi o’zgarmas kattalikdir.
rV = sonst. (1)
SHarlь qonuni: hajm va massa o’zgarmas bo’lganda gaz bosimi absolyut temperatura- larning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi.
p1/p2 = T1/T2 . (2)
Bu bog’lanishni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:
r =r0 (1 + t), (3)
bu yerda p - gazning 0°C temperaturadagi bosimi,  - gazning hajmiy kengayishining temperaturaviy koeffitsienti. Bosim yetarlicha kichik bo’lganda, turli gazlar bir xil hajmiy kengayish temperaturaviy koeffitsientiga ega bo’ladi. Bu koeffitsient taxminan
=1/273 = 0,00366oC - 1 ga teng.
Gey -Lyussak qonuni: bosim va massa o’zgarmas bo’lganda gaz hajmi absolyut tempera- turalarning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi:
V1/V2 = T1/T2 (4)

yoki

V = V0 (1+t), (5)



bu yerda V0 va V - gazning tegishlicha 0 va toC temperaturalardagi hajmi.
Bu qonunlardan foydalanib, ideal gazniig holat tenglamasini chiqarish mumkin: Massasi 1 kg ga teng bo’lgan biror gaz p1 V1 va T1 bilan tavsiflanadigan holatdan p2,
V2 va T2 bilan tavsiflanadigan boshqa holatga o’tadi deb faraz qilaylik. Bu o’zgarish dastlab oralik hajm V1 gacha o’zgarmas temperatura T1 da, so’ngra esa oxirgi hajm V2 gacha o’zgarmas bosim r2 sodir bo’lsin.

Boylь - Mariott qonuniga ko’ra T=sonst bo’lganda: p1V1 = p2V1
yoki
V1 = V1p1 / p2
Gey Lyussak qonuniga ko’ra p=sonst bo’lganda
Topilgan ifodalarni V1 uchun taqqoslasak, quyidagini olamiz:
p1V1 V2 T1
p 2 T2
Bu tenglamani o’zgartirib shunday yozish mumkin:
p1V1 r2 V2 = const yoki pV = const (6)
T1 T2 T
ya’ni gazning absolyut bosimi bilan hajmi ko’paytmasining absolyut temperaturaga nisbati o’zgarmaydi. 1 kg gaz uchun bu o’zgarmas kattalik gaz doimiysi deyiladi va R harfi bilan belgilanadi.
pV = R yoki pV = RT (7)
T
Bu tenglama ideal gazning holat tenglamasi deyiladi. Bu tenglama ko’pincha uni taklif etgan olimning nomi bilan Klapeyron tenglamasi deyiladi.
Gaz doimiysining o’lchamligi quyidagicha bo’ladi. Binobarin, gaz doimiysi R, 1 kg gazning 1o ga isitilganda bajargan kengayish solishtirma ishidir. m kg gaz uchun holat tenglamasi quyidagicha:
pV = mRT (8)

Download 58.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling