Har XIL uslublar matnlarida ot so'z turkumining uslubiy qo'llanilishi


Download 17.79 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1316317
Bog'liq
taqriz.BMI


O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi Odilova Nilufarning “Har xil uslublar matnlarida ot so'z turkumining uslubiy qo'llanilishi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
Taqriz
Otlar turkiy tillar morfologik tizmida katta o‘rin tutuvchi so‘z turklumlaridan biri hisoblanadi. Otlarning ma’no va mazmuni, morfologik kategoriyalarining turli nutq uslublarida muhim ahamiyat ega hisoblanadi.
Malakaviy ish muallifi shularni e’tiborga olgan holda ot so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish masalalariga katta ahamiyat bilan qaraydi. Shu maqsadda S.Karimov, E.Qilichev, M.Matkarimov, T.Qurbonov, X.Doniyorov, B.Yuldashev kabi olimlarning ishlarini sinchiklab o‘rganadi, ularning asarlaridagi holatlarga, fiklarga o‘z munosabatini bildiradi, nuqtayi nazarini qiyoslab bayon etadi.
Ishning kirish qismida malakaviy ishga daxldor adabiyotlarga sharhlar berib, ularning ot so‘z turkumini turli xil nutq uslublarida qo‘llanilishi haqida aytgan fikrlarini tahlil qiladi, ulardan o‘z mavzu yo‘nalishida foydalanishga harakat qiladi.
Ishning birinchi bobida o‘zbek tilida ot so‘z turkumining o‘ziga xosligi, uning grammatik kategoriyalari, otlarning yasalishi ularning tutgan o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan.
Ishining ikkinchi bobida otlarning turli nutq uslublari so‘zlashuv, badiiy, publisistik, rasmiy va ilmiy uslublarda qo‘llanilishida egalik, kelishik, ko‘plik shakllarining o‘rni haqida bayon etilgan. Kelishik qo‘shimchalarining mumtoz adabiyotda va bugungi o‘zbek tilida qo‘llanilishi tahlillar asosida misollar bilan tushuntirilgan. Ilmiy va badiiy uslublarda otlarning qo‘llanilishini turli misollar asosida og’zaki nutq uslubi bilan solishtirtib beradi.
Uchinchi bobda mavzuni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar bilan o‘rtoqlashgan va unga dars ishlanmadan namunalar keltirgan. Bu bilan muallifning o‘z obyektini yaxshi bilishi til fakjtlarini tahlil qilishda iqtidorning yuksakligidan darak beradi. Malakaviy ishdagi har bir fikr asosli, qilingan xulosalar bayon qilinganda lisoniy hodisalarning mantig’idan kelib chiqadi.
Malakaviy ish faktik materiallarga boy, tahlil me’yor talablariga javob beradi. Uni yaxshi yozilgan ishlar qatorida yuqori baholash mumkin.

Taqrizchi: f.f.n dotsent O.Duysenboev
Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling