Harakat inson faoliyatining birligi sifatida
Download 0.58 Mb.
|
HARAKAT INSON FAOLIYATINING BIRLIGI SIFATIDA
Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir.Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi.Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi.Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi.Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling