Harakat regulyatsiyasi Reja


Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi


Download 105.5 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1088502
1   2   3
Bog'liq
Harakat regulyatsiyasi

Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi Asab tizimi Markaziy, periferik va vegetativ bo'limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (mat) bosh va orqa miyani o'z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o'taydi va psixomotor faoliyatni ta'minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg'ulari – ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o'pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to'qimalarni ta'minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson Iroda kuchiga bog'liq bo'lmaydi.
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o'zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog'onasi suyaklari bilan o'ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo'lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o'tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma'suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam be-radi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo'limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta'minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to'plamlaridan hosil bo'ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. Yaqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo'lgan ko'nikma hosil qilish bilan bog'lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o'rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo'lar ekan.
Amerikalik olimlar (R. Xaer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko'proq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma'lum bo'ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang moddadan 6,5 marta ko'proq, go'zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta ko'proq foydalanar ekan.
Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar yig'indisidan iborat bo'lib, ular o'zaro bir-birilari bilan maxsus tuzilmalar – sinapslar1 orqali aloqada bo'ladilar. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro'y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to'plangan holda o'tkazilib turiladi.
Neyron – o'ziga xos hujayra bo'lib, o'simtalari bo'ladi: uzun o'simtalari aksonlar2, kalta sertarmoq o'simtalar – dendritlar3 deb ataladi. Neyron tanasining o'rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko'p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo'ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug'ilish davrigacha nobud bo'ladi va bu jarayon tug'ilgandan so'ng ham, umri bo'yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo'lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo'ladi. Neyronlar o'ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma'nosi shundan iboratki, nobud bo'lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o'z hayotchanligini saqlab qolgan "hamkasblari" zimmasiga yuklanadi, ularning o'lchamlari kattalashgani hisobiga yo'qotilgan vazifalarning o'rni to'ldiriladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo'lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo'lmay, inson sog'lom ko'rinishini saqlab qolar ekan. Ya'ni, bitta tirik asab hujayrasi to'qqizta nobud bo'lgan hujayralarning o'rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo'li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo'lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo'linmaydigan bo'lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo'ladi? Ular voyaga etgan organizmning o'zak hujayralaridan hosil bo'ladi.
Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo'lib refleks hisoblanadi. Refleks – organizmning Markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan ta'sirga javob reaktsiyasi. "Refleks" atamasi ilk bora 17 asrda fiziologiyaga frantsiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan.
Ammo bu atama psixik faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M. Sechenov tomonidan qo'llanilgan edi. I.M. Sechenov ta'limotini rivojlantirgan holda, I.P. Pavlov tajribada refleksning o'z vazifalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi.
Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta'sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o'xshashlar)ga nisbatan tug'ma reaktsiyasi. Ularning paydo bo'lishi u yoki bu sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko'zni pirpiratish, ozuqani ko'rganda so'lak ajratish reflekslari va boshqalar. Shartsiz reflekslar organizmning tayyor tabiiy zahiradagi javob reaktsiyalaridir. Ular ma'lum hayvon turining evolyusiya davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir turga mansub bo'lgan organizmlarda bir xilda bo'ladi – bu tabiiy tuyg'ularning fiziologik mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va insonlarda tug'ma reaktsiyalardan tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy faoliyatida orttirgan reaktsiyalar, ya'ni shartli reflekslar ham o'rin tutadi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday rektsiyalaridirki, ular tug'ma bo'lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko'p marotaba takrorlanishlar va u yoki bunga bo'lgan qat'iy odatning shakllanishi sababidan paydo bo'ladi.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling