Harakatdagi tarkibning xarakatlanishiga qarshilik
Ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra qarshilik kuchlari tasnifi
Download 349.29 Kb.
|
9-Маъруза
Ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra qarshilik kuchlari tasnifi
Harakatlanuvchi sostav harakatiga qarshilik kuchlariW xarfi bilan belgilanadi. Qarshilik kuchlarini tasnifi tegishlicha belgilangan quyidagi alomatlari bo‘yicha ajratilishiga asoslangan. Qarshilik kuchlarini harakatlanuvi sostav vazniga ko‘ra tasnifi: - to‘liq qarshilik - W, N; - solishtirma qarshilik - w, N/kN. To‘liq qarshilik W poezd yoki harakatlanuvchi sostavning birligining harakatiga qarshilikni ifodalaydi. Solishtirma qarshilik w – bu poezd vaznining har bir birligining harakatiga qarshilik kuchi, kN. Harakatga solishtirma qarshiliklar tortuv hisoblarini bajarishda keng qo‘llanadi. Ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra qarshilik kuchlari tasnifi: - asosiy qarshilik – WO, wO; - qo‘shimcha qarshiliklar - Wdop, wdop; - joydan qo‘zg‘alishda qo‘shimcha qarshilik - Wtr, wtr; - umumiy qarshilik – Wk, wk;. Asosiy qarshilik sifatida harakatlanuvchi sostavni to‘g‘ri gorizontal yo‘l bo‘ylab ochiq joyda normal meteosharoitlarda harakat xavfsizligi yo‘l qo‘yadigan ixtiyoriy tezlikda harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar olinadi. SHuni ta’kidlash joizki, lokomotiv tyagasi nazariyasida harakatlanuvchi sostavning barcha birliklari, shu jumladan lokomotivlarni ham, aravacha harakatining bir xil ko‘rinishdagi tenglamasi bilan ifodalanadi. Lokomotivlarda tortish elektrodvigatellarni va tishli tortish uzatmalarini, hamda gidrouzatmali teplovozlardagi mexanik transmissiyalarni mavjudligi lokomotivlar harakatiga asosiy qarshilikni vagonlarnikiga nisbatan boshqacha qiladi. Harakatga ko‘rsatiladigan asosiy qarshilik qiymatiga ko‘p jihatdan lokomotivning ekspluatatsiyadagi ish rejimi ham ta’sir etadi. SHu bois lokomotiv ish rejimiga bog‘liq holda qo‘shimcha ravishda asosiy qarshilik kuchlari farqlanadi: - tortish rejimida ishlovchi lokomotivli poezd harakatiga asosiy qarshilik, - WO, wO; - salt yurish rejimida ishlovchi lokomotivli poezd harakatiga asosiy qarshilik, - Wox, wox. Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling