Harakatga doir masalalar - A)Talimiy: Harkatga tushuncha berish
- B)tarbiyaviy: Harakatga doir masalalar xayotiy narsalar bilan bog’lab ko’rsatish
- Harakat — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning Harakati qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi Harakati haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. Harakatning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning Harakati), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va b. turlari farqlanadi.
- Masalalar:
- 1.Qishloqdan bir nuqtadan 2ta chavondoz qarama qarshi yo’nalishda yo’lga chiqdi. Birinchining tezkigi 13km/s ikkinchisiniki 25km/s. 2 soat o’tgach ular orasidan masofa nech km bo’ladi.
- Savol: Chavondoz bir-biridan 1soatda qanday tezlikda uzoqlashadi?
- 13+15=38 km/soat
- Savol: Chavondozlar orasidagi masofa 2 soat o’tgach necha km bo’ladi?
- 38*2=76km
- Javob: 76km
- 2-masala. Qarama- qarshi yo’nalishdagi harakat. A nuqtadan ikkita sportchi bir
- xil vaqtda qarama-qarshi yo’nalishda harakatni boshlashdi.Birinchi sportchining
- tezligi 8 km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 km/soat. 3 soatdan keyin ular
- orasidagi masofa qancha bo’ladi?
- Yechish.
- 1-usul. 3 soat davomida har bir sportchi bosib o’tgan yo’lni topamiz:
- 1- Yo’lovchi: 8*3=24 (km) .
- 2- Yo’lovchi: 10*3=30 (km).
- Demak , 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa 24+30=54 (km) ga teng bo’ladi.
- 2-usul. Bir soatdan keyin ikkita sportchi orasidagi masofa 8+10=18 (km )ga teng
- bo’ladi.
- Bu holatda sportchilarning bir-biridan uzoqlashish tezligi 18 km/soatga teng deb
- aytamiz.
- Demak, sportchilar 3 soatdan keyin bir-biridan 3*18=54 (km) uzoqlikda
- bo’lishadi.
- Javob: 54 km.
- Endi qarama- qarshi yo’nalishdagi harakatda masofani topish formulasini
- keltirib chiqaramiz:
- 3-masala. Uchrashma harakat. Ikkita sportchi bir xil vaqtda ikkita punktdan bir-
- biriga qarab yo’lga chiqdi.Ikki punkt orasidagi masofa 72 km . Birinchi
- sportchining tezligi 8 km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 km/soat. Sportchilar
- qancha vaqtdan keyin bir-biri bilan uchrashasdilar?
- 4-masala.Velosipedchi 48 km masofani soatiga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchi bir soatda necha km yo‘l bosgan?
- 5-masala. Kema daryo oqimi bo’ylab suzmoqda .Daryo oqimining tezligi 4 km/soat, kemaning o’z ( turg’un suvdagi) tezligi 25 km/soat bo’lsa,u 2 soatdan keyin qancha masofani bosib o’tadi.
- 5-masala YECHISH:Yechish. Kema oqim bo’yicha suzgani uchun uning harakat tezligi uning o’z tezligi va daryo oqimi tezliklari yig’indisidan iborat bo’ladi: 25+4=29 (km/soat).
- Qayiq bu tezlik bilan 2 soatda 29*2=58 (km) masofani bosib o’tadi.
- Javob:58 km.
- Agar kema oqimga qarshi suzganda u holda uning shu 2 soatdagi bosib o’tgan masofasi uning harakat tezligi uning o’z tezligi va daryo oqimi tezliklari ayirmasidan iborat bo’ladi: 25-4=21 (km/soat).
- Qayiq bu tezlik bilan 2 soatda 21*2=42 (km) masofani bosib o’tadi.
- Javob:42 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |