''Olamdan g`amsiz o`tay desang, ilmu hunar o`rgan”


Download 54 Kb.
bet1/4
Sana14.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1268405
  1   2   3   4
Bog'liq
a.Novoiy hikmatlaridan


Mavzu: A.Navoiy haqida rivoyatlar

-''Olamdan g`amsiz o`tay desang,

ilmu hunar o`rgan”.

Ta limiy maqsad: a) O`quvchilarga A.Navoiyning odamiyligi, donoligi, ma`naviyatimiz sarchashmasi haqida tushuncha berish.

b) O`quvchilarning Navoiy bobomizga bo`lgan mehrlarini oshirish.

d) Sahna ko`rinishi orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: .


А) O’quvchilar ongiga milliy g’oyani singdirish
б) O`quvchilarni odobnoma faniga bo`lgan qiziqishini oshirish
В) O`quvchilarni halollikka, rostgo`ylikka, mehnatsevarlikka o`rgatish.
Jihoz: Navoiy bobomiz rasmlari, albom, ulug` allomalar tasvirlangan buklet, test, Navoiy asarlari, texnika vositasi, “Ilga” radiosi orqali “Oftob ham yaxshi--odob ham yaxshi” she`ri eshittiriladi, Hadis na`munalari foydalanaman.
Turi: Noan`anaviy

Darsning borishi:

Dars musobaqa tarzida olib boriladi.

A.Navoiy haqida rivoyatlar.
Reja:

  1. Donolarning donosi.

  2. Navoiy hikmatlari.

  3. “Alisher bilan bulbul.” rivoyati

O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.
Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga bo`lib musobaqa tarzida dars o'taman.

  1. Guruhning nomi “Boychechak”

  2. Guruhning nomi “Binafsha”

  3. Guruhning nomi “Atirgul”

O`qituvchi: Qani bolalar- sizlar bugungi musobaqa darsimizga tayyormisiz?
O`quvchlar: Ha, biz musobaqaga tayyormiz.
O`qituvchi: Hozir sizlar bilan “Allomalar” olamiga sayohatni boshlaymiz.
Keling aziz bolajonlar,
Musobaqani boshlaymiz.
Boshlashdan oldin biroq,
Oylab turib javob beraylik.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar! Bugungi darsimiz A.Navoiyning 563- yillik tavalludi munosabatiga bag`ishlaymiz.
Har bir xalqning, millatning nomini, shuhratini ellarga tanitib, ming–minglab yillarga olib o`tadigan buyuk insonlar bo`ladiki, bunday insonlar oramizda bir umr tiriklarday yashaydilar, dillarda nomlari abadul–abad saqlanadi. (O``qituvchi A.Navoiyning suratlarini ko`rsatib boradi)
Mir Alisher Navoiy ham ana shunday insonlardan. Biz uchun bobomizni har bir so`zi, hikmatlari qimmatli boylikdir.
So`z mulkining sultoni, buyuk shoir, olim, davlat arbobi, ijod bo`stonining tojdori Mir Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9–fevralda Hirot shahrida dunyoga kelganlar.
Alisherning otasi shoirtabiat kishi edi. U ko`proq o`qishga, ilm fanga, adabiyotga qiziqar edi. Oiladagi muhit yosh Alisherga bolaligidanoq she`riyatga, adabiyotga qiziqish uyg`otdi. Alisherning uyida tez–tez shoirlar to`planishib she`rlar o`qishar, mushoiralar bo`lar edi. Shunday yig`ilishlarda uch–to`rt yoshli Alisher ayrim baytlarni yoddan o`qib, o`tirganlarni hayratga solar edi. Yosh Alisher o`tkir zexnli, o`ta odobli, hozirjavobli va ajoyib qobilyati bilan ajralib turar edi. U yoshligidan boshlab juda ko`p kitoblar o`qir edi. Hali juda yosh davridan boshlab she`riyatga ihlosi baland edi. Ko`pgina shoirlarning she`rlarini yoddan aytib berar edi.
Bobomiz ona tilini yaxshi bilganlar. Hazrat Navoiy butun hayoti davomida – xalqni ilmli, ma`rifatli, bo`lishga undaganlar.
Hirotga bir qancha mashhur oromgohlar, madrasalar, masjidlar qurdirganlar.
A.Navoiy birinchilardan bo`lib ona tilida”Xamsa”(besh doston) asarini yozdilar. Bular:

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling