''Olamdan g`amsiz o`tay desang, ilmu hunar o`rgan”
Download 54 Kb.
|
a.Novoiy hikmatlaridan
- Bu sahifa navigatsiya:
- I Guruh. Hadislardan na`munalar keltiradi.
- II Guruh. Kitob haqida maqollardan namunalar keltirishadi.
1. “Hayrat-ul Abror”
2. “Farhod va Shirin” 3. “Layli va Majnun.” 4. “Sab`ai sayyor.” 5. “Saddi Iskandariy” dan iborat. Bobokalonimiz barcha asarlarida insonlarni halollikka, mardlikka, yaxshilikka, har bir insonni odamlar tashvishini o`ylovchi inson bo`lishga chaqirganlar. Odami ersang demagil – odami, Oni yo`q xalq g`amidin – g`ami deb uqtirganlar. Navoiy bobomiz o`z asarlarida ustozlarni ulug`lab yozganlar. Harf o`rgatgan ustozingni hurmat qilib, uning haqidan qutilmoqchi bo`lsang, xazinangdagi barcha oltinlaring bilan ham izolmaysan deydilar. Haq yolinda kim senga bir harf o`rgatmish ranj ila, Aylamak bo`lmas ado aning haqqin ming ganj ila. A.Navoiy o`z asarlarida ota-onalarga, mehr-shavqat, izzat-ikrom ko`rsatishga chaqirganlar. Boshni fido ayla ato qoshig`a, Jismni qil satqa ano boshig`a. Tuni – kununga aylagani nur fosh, Birisin oy ayla, birisin quyosh. Navoiy bobomiz asarlarini o`qib chuqur tushuna boramiz. Ba`zida asarlarini o`qib, uqishga qiynalamiz. Axir yozilganiga besh asrdan oshdida! Shuning uchun ustozning “Bilmaganni so`rab o`rgangan-olim, o`rlanib so`ramagan o`ziga zolim.”, degan nasihatlariga amal qilib so`rab-so`rab o`rganaveramiz. Xullas, ul zotning ijodini daryoga o`xshatamiz. Bu asarlardan butun dunyo xalqlari bahramand bo`lmoqda. Misol uchun quyidagilar: “Xamsa”, “Muhokamatul-lug`atayn”, ”Mahbub-ul qulub”, “Xazoyin-ul maoniy”. Yuqoridagi fikrlarga ko'ra o'quvchilar bilimini tekshirish maqsadida guruhlar o'rtasida birinchi berlashuvni davom ettiraman. Navoiy hikmatlari. Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur. Olamdan g`amsiz o`tay desang, Ilmu hunar o`rgan. Aytar so`zing ayt, Aytmas sozdan qayt. Tilga ixtiyorsiz –elga e`tiborsiz. Bilmaganni so`rab o`rgangan – olim, Orlanib so`ramagan o`ziga zolim. Yaxshilikni bilmasang, Borib yaxshilarga qo`shil. Shart yakunida Navoiy hikmatlaridan ko`p misollar keltirgan guruh g`olib hisoblanib, nomlari bilan ballari aytiladi. II-berlashuv Guruhlar o`rtasida hadis, maqollar aytish musobaqasi. I Guruh. Hadislardan na`munalar keltiradi.Ilm istamoq har bir musulmon uchun farzdir. Tonggi uyqu rizqni qiyadi. Yoshlikda o`rgangan bilim, toshga o`yilgan naqsh kabidir. Jannat–onalar oyog`i ostidadur. Kasal ko`rgani borgan kishi, jannat bog`ida yurgandekdur. II Guruh. Kitob haqida maqollardan namunalar keltirishadi.Topay desang kamol, oltin olma kitob ol. Kitobdan yaxshi do`st yo`q. Kitob aql qayrog`i. Kitob bilim manbai. Bilim baxt keltirar. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling