Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘XTASH VA to‘xtab turish reja: Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish
Download 0.71 Mb.
|
HARAKATLANISH TEZLIGI, QUVIB O‘TISH, TO‘XTASH VA TO‘XTAB TURISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
HARAKATLANISH TEZLIGI, QUVIB O‘TISH, TO‘XTASH VA TO‘XTAB TURISH Reja: Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘xtash va to‘xtab turish. Tayanch iboralar. Tezliklar. Tezlik miqdorlari. Tezlikni o‘zgarishi. Quvib o‘tish. To‘xtash. To‘xtab turish. Harakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi: 1- band. Haydovchi sharoitlarni hisobga olgan holda transport vositasini cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishini; 2- band. Aholi yashaydigan joydagi ruxsat etilgan tezlikni; 3- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi ruxsat etilgan tezliklarni; 4- band. Har qanday yo‘llardagi haraqat tezliklarini; 5- band. Haydovchilarga taqiqlangan holatlarni izohlaydi. 13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi: 1-band. Haydovchining quvib o‘tish holatlarini; 2- band. Quvib o‘tish shartlarini; 3- band. Quvib o‘tishdagi haraqat tezligi; 4- band. Quvib o‘tishni tugallagandan keyingi holatlarni; 5- band. Quvib o‘tishni taqiqlovchi holatlarni; 6- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda quvib o‘tish hollarini. 14- bob. To‘xtash va to‘xtab turish bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi: 1- band. Transport vositalarida yo‘lning o‘ng yoki chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini; 2- band. Transport vositalarini piyodalar harakatiga xalaqit bermasdan yo‘l yoqasida qo‘yishni; 3- band. Transport vositalarini aholi yashaydigan joylardan tashqarida to‘xtash va to‘xtab turishi mumkinligi; 4- band. To‘xtash taqiqlangan joylar: -tonnellarda, temir yo‘l kesishmalarida, piyodalar o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda; -to‘xtash taqiqlangan yo‘l belgisi (3.27) hamda chizig‘i (1.4) ning ta’siri doirasida. 5- band. To‘xtab turish taqiqlangan joylar: - temir yo‘l kesishmalariga 50 metr qolganda; - to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilari (3.27-3.30) va chiziqlari (1.14-1.10) ta’sirlari doirasida. 6-band. To‘xtash taqiqlangan joyda majburiy to‘xtagan haydovchining ko‘radigan choralari haqida; 7-band. To‘xtagan transport vositalarini boshqa transport vositalari harakatiga xavf tug‘dirmasligi to‘g‘risida; 8- band. Transport vositasini o‘z-o‘zidan harakatlanishini yoki undan foydalanishni istisno qiladigan ehtiyot choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin: – o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun etarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; – shu bo‘lakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga; – oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; – quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart. 83. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o‘tish o‘ng tomondan amalga oshiriladi. 84. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. 85. Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo‘lagiga qaytishi shart (o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib o‘tishdan tashqari). Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, ushbu Qoidalarning 67-bandini hisobga olgan holda, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin. 86. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: – tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib; – tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o‘tish, kajavasiz ikki g‘ildirakli transport vositalarini quvib o‘tish va ruxsat etilgan hollarda o‘ng tomondan quvib o‘tish bundan mustasno); – piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda; – temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; – quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini; – tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqib; – 3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’siri doirasida. Ma’lumki yo‘lning ba’zi qismlariga transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishi haqida belgilar qo‘yiladi. Ammo yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarida hatto mana shunday joylarda ham istisno holatlari yuzaga keladi. Bu haqda adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berib o‘tdi. «Quvib o‘tish taqiqlangan» yo‘l belgisi amalda bo‘lgan hududda ham soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasini quvib o‘tishga ruxsat etiladi», — deyiladi vazirlik tomonidan keltirilgan xabarda. Umumiy qoidalar.
2. Qoidalarda qo'llanilgan asosiy tushuncha va atamalar. Aholi yashaydigan joy Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud. Ajratuvchi bo'lak Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan alohida qismi. Ajratuvchi bo'lak yotiq chiziq, yo'l sathidan baland qurilma, ko'kalamzorlashtirilgan joylar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Arava Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo'shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu'ljallangan qurilma. Asosiy yo'l Tuproqli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o'xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yo'l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi. Avtomagistral 5.1 belgi bilan belgilangan yo'l. Belgilangan yo'nalishli transport vositasi Belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo'nalishli taksi). Chorraha Yo'lning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi. Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi. Yo'l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi. Etarli ko'rinmaslik Yomg'ir, qor yog'ishi, tuman tushishi va shunga o'xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g'ira-shira vaqtida yo'lning ko'rinishi 300 metrdan kam bo'lishi. Harakatlanish bo'lagi Avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanda bo'ylama bo'lagi. Haydovchi Yo'llarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni o'rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydam borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi. Imtiyoz Mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi. Majburiy to'xtash Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf tug'ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatlanishining to'xtatilishi. Mexanik transport vositasi Yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o'ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir. Moped Ish hajmi 50 santimetr kubgacha bo'lgan yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch gildirakli transport vositasi. Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta'rifga ega bo'lgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi. Motosikl Kajavali yoki kajavasiz ikki g'ildirakli mexanik transport vositasi. Yuklanmangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g'ildirakli mexanik transport vositalari ham motisikllarga tenglashtiriladi. Ogohlantiruvchi ishoralar Falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yo'nalishini o'zgartirishda qo'llaniladigan ishoralar. Piyoda Yo'lda transport vositasidan tashqarida bo'lgan va ish bilan band bo'lmagan shaxs. Velosiped, moped, motosikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yugizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar. Piyodalar o'tish joyi Yo'lning qatnov qismini piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi. Chiziqlar bo'lmasa piyodalar o'tish joyining kengligi 5.16.1, 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi. Piyodalar yo'lkasi Yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi Qoidalarning 5.2 band talablariga muvofiq yo'lda bir yo'nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. «Yo‘l harakati qoidalari». Toshkent – 2001 y. «Yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari». Toshkent – 2001 y. Q.X.Azizov. «Yo‘llarda xavfsiz harakatlanish asoslari». Toshkent – 2005 y. N.F.Muhitdinov, G.K.Nurmuhamedov, R.N.Dimetov «Yo‘l harakati qoidalariga sharhlar». Toshkent - 2005 y. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling