Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari Harakatning dinamik stereotipi


Download 54 Kb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi54 Kb.
#1774531
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy harakat ko’nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari

Harakatning dinamik stereotipi
Harakat malakasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, -u juda oddiymi yoki murakkabmi-harakat elementlari kompleksi shartli refleksdan iborat bo‘ladi.Kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlari ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi.
Demak, harkatning dinamik stereotipini yuzaga kelishi uchun harakat bir xilligi, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi kerak. Bu nuqtai nazardan qaraganda, sportning ba’zi turlarida harakatning dinamik streotiplarining shakllanishi tez va oson, boshqalarida aksincha bo‘lishi ma’lum. Masalan, siklik dinamik ish bajariladigan sport turlariga (yurish, yugurish, suzish, chang‘ida yurish, eshkak eshish, velosipedda sayr qilish) va sport gimnastikasi, figurali uchish kabi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan, oldindan ma’lum bo‘lgan dastur bo‘yicha bajariladigan jismoniy mashqlarda harakatning dinamik stereotipi tez shakllanadi.
Harakat malakasi dasturining shakllanishi
Har qanday harakat malakasi markaziy asab sistemasida mashq qilish jarayoni asosida yuzaga keladi. Oddiy harakatlar va ma’lum shaklda bajariladigan harakat dasturi shakllanishining murakkab kombinasiyasi, murakkab koordinasiyali harakatlarga hamda vaqt tig‘izligida bajariladigan harakatlarga nisbatan oson amalga oshiriladi, bu markaziy asab sistemasi uchun yengil bo‘ladi.
Har bir yangi harakat mashq boshlanishi oldidan yoki uning bajarilishi davomida yuzaga kelgan afferent sintez asosida dasturlanadi.
Shunga asosan, yakkama-yakka sport turlarida bajariladigan harakatlar dasturning shakllanishi ancha qiyin bo‘ladi, chunki ish bajarilishi davomida yuzaga keladigan vaziyatlarning turlicha bo‘lishi, harakatlarning bir necha marta vaqt tig‘izligida, bir necha marta afferent sintez va shu sintez asosida shakllanishining talab etadi.
Bajarilgan harakatning shakllangan programmaga mos kelishi harakatning samarali bo‘lishini ta’minlaydi Bu narsa ishchi organlar, ya’ni harakat apparati tomonidan harakatning samarali bajarishini ta’minlaydigan vegetativ organlarning funksiyasini amalga oshirilish bilan bog‘liq.
Harakat malakasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, -u juda oddiymi yoki murakkabmi harakat elemenlari kompleks shakli reflekslardan iborat bo‘ladi. Kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlari ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirni yuzaga keltiradi. Bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi.
Dinamik harakatning dinamik stereo tipi yuzaga kelishi uchun harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanish kerak. Bu nuqtai nazardan qaraganda sportning ba’zi turlarida harakatning dinamik stereotipining shakllanishi tez va oson, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. Masalan, siklik dinamik ish bajariladigan sport turlarida (yurish, yugurish, suzish, chang‘ida yurish, eshkak eshish, velosipedda uchish) va sport gimnastikasi, figurali uchish kabi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan, oldindan ma’lum bo‘lgan dastur bo‘yicha bajariladigan jismoniy mashqlarda harakatning dinamik stereotipi tez shakllanadi.



Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling