Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari Harakatning dinamik stereotipi


Harakat malakasining somatik va vegetativ fazalari


Download 54 Kb.
bet4/4
Sana15.11.2023
Hajmi54 Kb.
#1774531
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy harakat ko’nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari

Harakat malakasining somatik va vegetativ fazalari
Harakat malakalarining shakllanishida asosan uchta faza farqlanadi:

  1. Irradiasiya

  2. Qonsentrlanish

  3. Avtomatlashish

Irradiasiya fazasi qo‘zg‘alish jarayoni markaziy asab sistemasini juda ko‘p qismiga yozilishi bilan xarakterlanadi. Natijada, muayyan harakatni yuzaga kelishida ishtirok etmaydigan mushaklar ham ishga jalb etiladi. Bunday holatda harakatni bajarish qiyin bo‘ladi, ko‘p quvvat sarflanib tez charchashga olib keladi.
Qonsentrlanish fazasi mashqni takrorlash natijasida qo‘zg‘alish jarayonining tegishli asab markazlariga to‘planishi balan ifodalanadi. Harakat malakasi shakllanishining bu ikkinchi fazasida differensirovka tormozlanishining (o‘xshash ta’sirlovchilarni farqlash) muayyan harakat uchun kerak bo‘lmagan ortiqcha mushaklar markazi tormozlanadi va mushaklar ishdan chetlanadi, ya’ni qo‘zg‘alish jarayoni harakatni bajarishda bevosita ishtirok etadigan mushaklar markaziga to‘planadi. Bundan tashqari, qonsentrlanish fazasida harakatning dinamik stereotipi shakllana boshlaydi.
Avtomatlashish fazasi deganda, biz ikkinchi fazada shakllana boshlagan harakatning dinamik stereotipining puxtalanishini va harakatning o‘z-o‘zidan avtomat tarzda bajarilishini tushunamiz. Avtomatlashgan harakatlarni bajarishda quvvat sarfi tejamli, ish unumi yuqori darajada bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday harakatlar bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i nazoratida, uning passiv pastki qo‘zg‘algan qismlari ishtirokida bajariladi.
Harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari
Harakat malakasi hosil bo‘lishining hamma bosqichlarida uning ham mushak, ham vegetativ komponentlari shakllanadi. Odatda mushak ishida nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining kuchayishi yetarli darajada tez bo‘lmaydi. Vegetativ funksiyalarning boshqariluvchi mexanizmi harakatini boshqarish mexanizmiga nisbatan ancha sekin bo‘ladi. Bunda vegetativ reaksiyalar harakat «talab» ni aks ettirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, statik kuchlanishlarda kichik qon aylanish doirasiga va vena qonining yurakning o‘ng bo‘lmasi tomon oshib kelishiga alohida talab qo‘yiladi. Uzoq vaqt yugurilganda nafas olish va qon aylanishi aktivlashadi. Mashq qilish oqibatida vegetativ asab markazlari o‘rtasida hamda vegetativ markazlar bilan harakat markazlari o‘rtasida shartli reflektor bog‘lanishlar hosil bo‘ladi.
Vegetativ funksiyalarning harakat malakasiga moslashishi malakalar shakllanishida har xil bo‘ladi. Agar shakllanadigan harakat malakalari oddiy bo‘lsa (masalan, yugurish, chang‘ida yurish), vegetativ funksiyalar o‘zgarishi malakadan keyin yuzaga keladi. Bordi-yu shakllanadigan malaka murakkab bo‘lsa (masalan: gimnastika, kurash, sport turlari), malakaning vegetativ komplektlari malakadan oldin shakllanadi.
Demak harakat markazlari va ularning vegetativ komponentlarining shakllanishi bir vaqtda bo‘lmay, u shakllanadigan malakaning oddiy yoki murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, bir turdan boshqa turga o‘tish funksiyalarga nisbatan qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladi.
Adabiyotlar



  1. Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.

  2. Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.

  3. Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.

  4. Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001

  5. Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003.

  6. Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.

  7. Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.

  8. Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004.

  9. Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.

  10. Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling