Harakatlar strategiyasi va uning natijalari reja: kirish “Harakatlar strategiyasi” nima?
“Harakatlar strategiyasi”da erishilgan yutuqlar va natijalar
Download 22.59 Kb.
|
HARAKATLAR STRATEGIYASI VA UNING NATIJALARI
2. “Harakatlar strategiyasi”da erishilgan yutuqlar va natijalar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbir xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Tadbirda Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida maʼlumot berdi. Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholari va fikrlari eshitildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev, Adliya vaziri R.Davletov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E .Tulyakov, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sh. Adrian, Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasi vitse-prezidenti F.Dmitrov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi rahbari va boshqalar nutq soʻzladi. Soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha strategik hujjatga aylandi. Islohotlar natijalari haqidagi raqamlar va faktlar boʻyicha batafsil maʼlumotni endi Reforms.uz yagona elektron platformasidan topish va tanishib chiqish mumkin. Konferensiya davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov ushbu meda-mahsulot taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir davomida Harakat strategiyasining har bir yoʻnalishi boʻyicha yalpi majlislar tashkil etildi. Jumladan, “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” yoʻnalishi xususida ishtirokchilar parlamentning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi roli mustahkamlanayotganini, Hukumat soati instituti joriy etilganini, Oliy Majlis palatalari sogʻliqni saqlash, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya vazirlari va hukumatning boshqa aʼzolari hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitib borishi taʼkidlandi. 2019-yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisobotlarini har chorakda eshitish amaliyoti joriy etildi.Byurokratiyaga qarshi kurashish natijasida davlat xizmatlarini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soni 2 baravar (167 tadan 79 tagacha) qisqartirildi. 4 yil ichida “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar soni 10 baravar (16 tadan 157 tagacha) oshirildi. Sud hokimiyati mustaqilligi kuchaytirilgani oʻtgan besh yildagi yana bir muhim voqea boʻldi. Bu yalpi majlisda “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yoʻnalishi muhokama etildi. Biznes-ombudsman institutining paydo boʻlishi esa tadbirkorlar himoyasini mustahkamladi. Qayd etilganidek, “Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish” yoʻnalishida amalga oshirilgan islohotlar bir qator soliqlar stavkalarini kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, davlat fondlariga ajratmalar va sugʻurta badallari ham bekor qilindi, soliq tekshiruvlari turlari esa 13 tadan 4 tagacha qisqartirildi. 2017-2020-yillar mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobar oshdi, inflyatsiya darajasi 18,8 foizdan 11,1 foizga pasaytirilgani taʼkidlandi. Bu davrda ijtimoiy soha rivojlandi. Aholi turmush darajasi oshdi, sogʻliqni saqlash tizimi mustahkamlanmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. 2016-yilda 5,2 mingta bolalar bogʻchasi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2020-yilda ularning soni 18,3 mingtaga yetdi. 2020-yilda maktabgacha taʼlim bilan bolalarni qamrab olish darajasi 2016-yildagi 27,7 foizdan 61 foizga oshdi. Oliy taʼlim tizimida ham katta natijalar qoʻlga kiritildi. 80 dan ortiq yangi oliy oʻquv yurti tashkil etildi, xorijiy oliy oʻquv yurtlarining 20 ga yaqin filiali ochildi, 10 ta xususiy oliy oʻquv yurti oʻz faoliyatini boshladi. Pedagog va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish amaliyotiga barham berildi. Mamlakatda qashshoqlikni kamaytirish boʻyicha ham faol ish olib borilmoqda: uning darajasi 2000-yildagi 28 foizdan 2020-yilda 11 foizgacha pasaydi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashish va moliyaviy yordam shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Yalpi majlis ishtirokchilari “Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish” yoʻnalishi xususida Oʻzbekiston birinchi marta diniy masalalar boʻyicha “alohida tashvish uygʻotuvchi” mamlakatlar roʻyxatidan chiqarilganini, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalar mustahkamlanganini, chegaralar va suv-energetika resurslaridan foydalanish masalalari hal etilganini taʼkidladilar. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 86 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qilmoqda (2016-yilda bu koʻrsatkich 9 tani tashkil etgan), respublika xalqaro reytinglarda bir necha pogʻonaga koʻtarildi. Mazkur xalqaro anjuman ishtirokchilarga nafaqat Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalari bilan tanishish, balki oʻz baholari va tavsiyalarini taqdim etish imkonini ham berdi. Ular mamlakatni isloh qilishni davom ettirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida hisobga olinadi. XULOSA Bugungi yaratilayotgan ta'lim tizimidagi sharoitlar yanada rivojlantirilib har yangi o'quv yilida oliy ta'limda qabul kvotalarini yanada ko'paytirish yo'lga qo'yilmoqda. Davlat granti qabulini oshirish va to'lov shartnoma asosida o'quvchi talabalar sonini oshirib davlatimiz o'sib kelayotgan har bir yosh avlodni oliy ma'lumotga ega qilib jamiyat uchun kerakli kadrlarni tayyorlashda asosiy omil bo'lib xizmat kilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan xarajatlar hajmi 5 barobarga ko'paytirildi. Har yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog'liqni saqlash, ta'lim, kommunal xo'jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo'naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta'lim-tarbiya sohasi bo'lib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarga bevosita ta'sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me'yoriy mohiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi. Download 22.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling