Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari
Download 1.71 Mb.
|
O\'zb.tarix mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev
- E’tiboringiz uchun rahmat!
HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN – TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI.Bajardi : 22-37 guruh talabasi G'aniboyeva SevinchReja:
Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaroamaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanishmodelini qat’iy amalga oshirishdan iborat.Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaroamaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanishmodelini qat’iy amalga oshirishdan iborat.Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi PrezidentMamlakatda Prezident Sh.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Strategiya mamlakatni modernizatsiyalash yo‘lidagi bosh dasturulamal bo‘ldi.Harakatlar strategiyasi uzoq yillarga mo‘ljallangani uchun uni har yili Davlat dasturi qabul qilish orqali amalga oshirish belgilab olindiStrategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi.Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo‘lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan ob’ektning mayog‘iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning echimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat - bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir. Aholining keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan o’tkazilgan amaliy suhbat va muhokamalar, shuningdek amaldagi qonun xujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalari va sharhlarini o’rganish, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish natijasi o’larok, 2017 yilning 7 fevralida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mamlakatni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; - Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari; - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; - Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. - Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi. Huquqiy demokratik davlat ko‘rinishidagi xalq davlati qurilmoqda. Harakatlar strategiyasidan ko’zlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizasiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat edi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil buyicha Davlat dasturlari qabul qilingan holda amalga oshirilib kelindi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling