Харакатли ўйинларни туркумларга бўлиниши
Download 42.77 Kb.
|
Toshquvvatova Surayyo
O‘YINGA RAXBARLIK QILISH
O‘yinni o‘rtanish va o‘yin paytida bolalar o‘zlarini qanday tutishlari ko‘proq raxbarga bog‘liqdir. O‘yin shartli ishora (buyurish xushtak yoki qarsaq chalish qo‘l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O‘qituvchi barcha ishtirokchilar o‘yin mazmunini tushinib olganiga va qo‘layrok yerga joylashib olganiga qanoat xosil qilganidan keyin ishora qiladi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qo‘yilishi o‘yin uchun zarur qo‘llanmalar esa o‘yin qoidalariga muvofiq bo‘lib berilgan va joy-joyiga qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Raxbar o‘yin boshlanishi bilanoq uning borishini va o‘ynovchilarning karakatlarini diqqat bilan kuzatadi xamda boshqarib boradi. Bundan tashqari o‘yin davomida ayrim qoida va usullarni qo‘shimcha ravishda tushintiradi. Tuzatish tanbex va muloxazalarni o‘yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to‘xtatib qo‘ymaydigan yo‘sinda aytish lozim. Agar o‘yinchilarning ko‘pchiligi bir xil xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, tegishli yo‘l-yo‘riq berish yoki o‘yin qoidalari qanday bajarilishini ko‘rsatish uchun o‘yinni to‘xtatish mumkin. Lekin uni bajarish yoki keskin ishora bilan to‘xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalarni "Diqqat"! degan shartli ishora yoki xushtak chalish bilan to‘xtashga o‘rgatish lozim.
O‘qituvchining vazifasi- o‘quvchilardan o‘yin qoidalarini aniq bajarishni talab qilishdir. Ammo u bolalar o‘yinni yomon o‘zlashtirayotgani uchun ortiqcha bachkanalik qilmasligi kerak. O‘ynovchilar yo‘l qo‘yadigan xatolar va qo‘polliklarning oldini olishga aloxida axamiyat bilan qarash lozim. Qo‘pollik qilgan o‘yinchini albatta jazolash kerak. Bo‘nday xollar ba'zi ta'sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash ya'ni vaqtincha o‘yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin. O‘yinga raxbarlik qilishda o‘qo‘vchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik,balki ularda o‘yin jarayonining o‘zidan zavq- shavq xosil qilishga lazzatlanish xissini vujudga keltirishga xam jiddiy e'tibor berish lozim. Ayniqsa uncha faollik ko‘rsatmaydigan o‘yinchilarning tashabbusini qo‘llab quvatlash, rag‘batlantirish va bu bilan ularda o‘z kuchlariga ishonch xosil qilish tavsiya etiladi. O‘ynovchilar o‘rtasida o‘rtoqlarcha to‘g‘ri mo‘nosabat o‘rgatishga harakat qilish, g‘oliblarning kekkayib ketishlar va yutqazganlarning o‘yindan sovishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Download 42.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling