Харакатли ўйинларни туркумларга бўлиниши
I.bob. Turli yoshda harakatli o’yinlar
Download 42.77 Kb.
|
Toshquvvatova Surayyo
I.bob. Turli yoshda harakatli o’yinlar.
O‘RTA MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARGA O‘TKAZILADIGAN XARAKATLI O‘YINLAR O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darslarda xarakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalariga o‘rin bera boshlaydi. Ammo ana shu yoshdagi bolalarga mos xar xil xarakatli o‘yinlar xam uyushtirib turiladi. O‘qituvchi xarakatli o‘yinlarini o‘tkazishda V-VII sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari ularning organizmi tezroq o‘sishi bilan ifodlanishi unutilmasligi va shuning uchun darslarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida uyushtiriladigan mashg‘ulotlarni o‘yinlarni asta-sekin murakkablashtirib, maqsadga muvofiklashtirib berishi lozim. O‘yin jarayonida mazkur yoshdagi o‘quvchilar xaddan tashqari og‘ir jismoniy harakat qilmasligi va o‘qituvchi ularning xar biriga tegishlicha munosabatda bo‘lishi zarur. V-VII sinflarda foydalaniladigan xarakatli o‘yinlar miqdori ancha kam bo‘lib, ularning materiallari xajmi ta'lim tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqadi. Mazkur sinflarda o‘tkaziladiigan xarakatli o‘yinlar tashkiliy jixatdan xam harakatlarning mazmuni jixatdan xam bir muncha murakkabroq bo‘ladi. Bunda sport elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga kengrok o‘rin beriladi. V-VII sinflarda xarakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi qismlarida o‘tkazish tavsiya etiladi. Darsning asosiy qismida o‘quvchilarni bironta murakkab sport o‘yinini o‘rgatishga tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga ba'zi o‘yinlarni kiritish mumkin. Xarakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlariga tayyorlashdir, bunday o‘yinlarda bironta sport o‘yinni texnikasi va taktikasining elementlari takomillashtiriladi. Ishlab chiqilgan metodikaga asosan xarakatli o‘yinlardan foydalaniladigan darslar chorak oxirida kaniqo‘l oldidan tekshirish me'yorlariga baxo qo‘yilganidan keyin o‘tkaziladi. Darsning puxtaroq bo‘lishiga erishish shuningdek, orttirilgan ko‘nikmalarni mustaxkamlash
Download 42.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling