Harakatli o’yin “Landi-landi” Maydonchada doira chiziqlari atrofiga obrichlar doira asosida terilgan. Doira chiziqlariga lotin alifbosidagi harflarni bosma ko’rinishda terib qo’yilgan. Bolalar doira atrofiga orqamachasi turib oladilar. Landi-landi o’yin boshlandi deyiladi. Musiqa ostida o’yin boshlanadi. Bolalar obrich bo’ylab musiqaga mos harakat qilib yuradilar va musiqa to’xtasa har-bir harf oldiga kelib turadilar. (O’yin sharti orqasiga qaramaydilar) Bolalar musiqa to’xtaganda kelib to’xtagan harflaridan boshlangan she’rlar aytadilar. She’r ayta olmagan bola o’yinda mag’lub bo’ladi. “Quyonchalar ob-qochdi” Maqsad: Guruhdagi bolalarni inoqlikka va hushyorlikka o’rgatish. O’yinni borishi: Bu o’yinda bolalar ikki guruhga bo’linadilar. Bitta guruh bolalari “quyonchalar” ikkinchi guruh bolalari “sabzi qo’riqchilari” boladilar. Tarbiyachi: quyonchalar xujumga deganida: Quyonchalar epchillik bilan sabzilarni olib qochishga harakat qiladilar. O’yin yakunida quyonchalar bilan qo’riqchilarsabzilarni solishtirib sanaladi. G’olib guruh aniqlanadi.
“Uchdi-uchdi”
Maqsad: Bolalarni qo’l muskullarini rivojlantirish, hushyorlikka va chaqqonlikka o’rgatish.
O’yinning borishi: O’yin keng joyda o’tkaziladi. Bu o’yinda kamida 20 ta bola ishtirok etadi.
Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: - Bolalar sizlarga uchadigan narsalarni nomini aytsam qo’llaringizni ko’tarasizlar, uchmaydigan narsalarni nomini aytsam qo’llaringizni ko’tarmaysizlar. Adashgan bola o’yindan chiqib she’r aytib beradi
ko’tarmaysizlar. Adashgan bola o’yindan chiqib she’r aytib beradi.
MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNING MAZMUNI QOPQON O‘yinning tavsifi. O‘ynovchilar ikki guruhga bo‘linadilar. Bir guruhdagilar aylana bo‘lib tiziladi va qopqon bo‘ladi.Ikkinchi guruhdagi bolalar sichqonlar bo‘lib aylanadan tashqarida turadilar. Qopqondagi guruhdagi bolalar qo‘l ushlashib quyidagi so‘zlarni aytib aylana bo‘ylab yuradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |