Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqni bosma
Kurk tovuq va jo‘jalar
O‘yinda qatnashayotgan bolalar jo‘jalarni, tarbiyachi esa tovuqni ifodalaydilar. Kurk tovuq va jo‘jalar o‘z uylarida bo‘lishadi. Ustun yoki stullar orasida 35-40 sm, balandlikda arqoncha tortilgan bo‘lib, jo‘jalarning uyi hisoblanadi. Bir chekkada (uyning to‘rida, maydonchaning eng chetki tomonida) katta qush yashaydi. Kurk tovuq arqonchaning tagidan engashib o‘tadi va bolalarga don qidirib ketadi. Don topgach bolalarini “qu-qu-qu” deb chaqiradi. Uning ovozini eshitib jo‘jalar ham arqon tagidan o‘rmalab o‘tishadi. Tovuqning yoniga “chi-chi-chi” deb yugurishadi. Hammalari birga o‘ynashadilar, engashadilar, cho‘qqayib o‘tirishadi, sakrab-sakrab qanot qoqadilar va don cho‘qiydilar. Tarbiyachining: “Katta qush uchib kelyapti”, - degan so‘zlarini eshitib, hamma jo‘jalar tezlik bilan qochib ketadilar va uylariga yashirinadilar. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. Jo‘jalar katta qushdan qo‘rqib uylariga qochib kelayotganlarida tarbiyachi bolalarning arqonchaga urilib ketmasliklari uchun ularni kutib turadi. Keyinchalik, bolalar tovuq va katta qush rolini o‘zlari bajarishlari mumkin. O‘YIN MAQSADI. Bolalarning diqqatini, kuzatuvchanligini o‘stirish. Chiziqni bosma Tarbiyachi polga (maydonchada bo‘lsa, еrga) ikki parallel (2-3 m) to‘g‘ri chiziq chizadi. Ularning orasi 40-50 sm bo‘lishi kerak. O‘yinga qatnashuvchilar ikki chiziq orasidan, chiziqqa tegmasdan ketma-ket to‘rt oyoqlab, emaklab kelishadi. Chiziqning oxirigacha borishadi va gavdasini tik tutib qo‘lini ko‘taradi, keyin o‘z joyiga borib o‘tiradi. O‘yinda polga qo‘yilgan taxtalardan ham foydalanish mumkin. Guruhdagi hamma bolalar chiziq orasidan o‘tib bo‘lgach, o‘yin 2-3 marta takrorlanadi. O‘YIN MAQSADI: chiziqqa bosmaslikka, chaqqon emaklash ko‘nikmalarini o‘stirish. 26 Qorovul O‘yinga qatnashuvchilar uxlaganga o‘xshab gilamga cho‘zilib yotishadi. Qorovul qo‘liga cho‘p olib, uxlab yotgan bolalar orasida yuradi. Qo‘lidagi cho‘p bilan uxlagan bolalarni turtib: “Mening ketimdan tizilinglar”, - deydi. Tayoqcha tekkan bolalar qator bo‘lib tizilishgach, qorovul to‘satdan: “Qorong‘i tushdi” – deb qichqiradi. Hamma o‘ynovchilar darrov yotib olishadi. Qorovul kuzatib turadi. O‘YIN QOIDASI: Berilgan buyruq chaqqonlik va tezlik bilan so‘zsiz bajarilishi shart. Hammadan keyin yotgan bola qorovul rolini bajaradi. O‘YIN MAQSADI: Tezlik bilan safga tizilish va o‘z joylarini topaolishga o‘rgatish. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling