Harakatli o`yinlar tizimi ma`naviy (so`z) o`yinlarining poetik xususiyatlari Topishmoqlarning janriy xususiyatlari


Download 1.8 Mb.
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1365855
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalar oyin folklori

Chaldirmoqlar

Chaldirmoqlar


Ko‘p predmetlilik topishmoqlarning eng murakkab turi chaldirmoqni yuzaga keltirgan. Chaldirmoqlar ham she’riy, ham nasriy shakllarda uchraydi. Nasriy chaldirmoqlar esa ertak, yoki masala shaklidadir: “Bir to‘da g‘oz uchib borar ekan.
Bir g‘oz kelib: “Ey yuz g‘oz, salomat bormisiz?” – debdi. Unda to‘dadagi g‘ozlardan biri aytibdi: “Biz yuz g‘oz emasmiz, yana biz miqdori g‘oz bo‘lsa, yana bizning yarmimiz miqdori va yarmimizning yarmi bo‘lsa, o‘shanda sen ham qo‘shilsang – yuz g‘oz bo‘lamiz”. Havodagi g‘ozlar qancha ekan?

Masala tipidagi bu chaldirmoqning javobi:

Masala tipidagi bu chaldirmoqning javobi:

36 +36 +18 +9 +1 =100.

TEZ AYTISHLAR.

TEZ AYTISHLAR.


TEZ AYTISHLAR. O‘zbekistonning turli joylarida “tutal”, “chalg‘itma”, “chalg‘ituv”, “chalish”, “adashish” deb yuritiladigan bu folklor hodisasi keng tarqalgan. Tez aytish istiloh sifatida janrning birgina xususiyatini – bir nafasda shiddat bilan aytilishinigina ifoda etsa-da, tez aytishdan kuzatiladigan maqsad nimaligini anglatmaydi.
O‘zbek tilida mavjud turli atamalarda tez aytishdan kuzatiladigan ikki maqsad bo‘rtib ko‘rinib turadi: birinchisi, tez aytishdan murod – chalg‘itish. So‘zda chalish, yoki adashish deyilishi shundan. Ikkinchisi, tez ayta turib chalishish – tutilishga teng. Shu sababli tutal ham deyilgan.

Tez aytish


Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish.
Chustda usta Tursunmatning uchta tus tovug‘i bor. O‘sha uchta tustovuq Chustdagi usta Tursunmatning uchta tustovug‘imi yoki boshqa usta Tursunmatning uchta tusdagi tovug‘imi?

Tez aytish

Nasriy tezaytishlar

Nasriy tezaytishlar


Nasriy tez aytishlarning shunday namunalari borki, ularda poetik ritmdan voz kechilgan, ijtimoiy mazmundorligini bo‘rttiruvchi ohangdorlikkagina urg‘u qilingan:
– Namanganda usta Musa puch pistafurush bor ekan. O‘sha usta Musa puch pistafurushning oltmish uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo‘lsa ham o‘sha usta Musa puch pistafurush, oltmish uch pud puch pistasi bo‘lmasa ham o‘sha Musa puch pistafurush.
Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling