Harakatli va milliy o’yinlar Insoniyat madaniyatining xazinalaridan biri- bu harakatli harakatli o’yinlardir. Ularning turlari, har xilligi bepayon o’lkandir. Harakatli o’yinlar odamlarning barcha moddiy va ma’naviy ijodiyotini aks ettirib kelgan va yana ham boyitib kelgan. - Tabiydirki, harakatli o’yinlarning kelib chiqishi, mazmuni va ahamiyatini o’rganib kelishda ko’pgina bilim tarmoqlari azaldan o’rganib kelmoqda. Jumladan, tarix, etnopedagogikka, antrropologiya, pedagogika hamda jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati, shular qatorida boshqa fanlar ham qiziqib kelmoqda.
- Harakatli o’yinlar to’g’risida ozmi- ko’pmi, deyarli darajada kitob va maqolalar mavjud. Sobiq sovet davrida yozilgan va chop etilgan nazariy , uslubiy tasnifida harakatli o’yinlarni roli, ahamiyati, ularni keng miqyosida targ’ib qilinishi,folklyorli o’yinlar bilan taqqoslanishi, hamda barcha xalqlar ijodiyoti va amaliyotida qo’llanilishi va hakazo aytib o’tilgan.
- Shunungdek O’zbekiston Respublikasida ham harakatli xalq o’yinlari to’g’risida bir qancha ilmiy-amaliy ishlarni olib borilib bir necha qo’llanma tavsiyanomalar va kitoblar chop etilgan. Shu yuqorida aytib o’tilgan hamda joriy mamlakatlarning mutahasislari ijodiyotida chop etilgan adabiyotlarni o’rganib taxlil qilishda shu narsalar ma’lum bo’ldiki, harakatli o’yinlar ongli faoliyat bo’lib ularning aniq harakat vazifasini bajarishga bag’ishlangan.
- Harakatli o’yinlarning eng asosiy belgisi-bu ularning ongli haddi-harakat tasnifi. O’yinchilarning oldida har qancha maqsad qo’yiladi-o’yinni asosiy vazifasi qanday bo’lmasin yutib chiqishi,natijaga erishish, qanday yo’llar va usullar bo’lmasin faqat belgilangan qoidalarga rioya qilish natijasida va o’yinchalarni o’zlari, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib masalalarini yechish beriladi.
- «Harakatli o’yin» tushunchasi o’ziga ko’pgina har-xil falklorli o’yin shaklini qamrab olib, shulardan har qaysisi nihoyatda bolalarni har tomonlama rivojlantirishiga jismoniy psixologik va aqliy o’sishiga yordam beradi.Harakatli xalq o’yini falklor o’yinlarning bir turidan iborat bo’lib,asosiy mazmuni ko’proq harakat faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.
MILLIY OYINLAR HAQIDA - Milliy oʻyinlar Milliy o‘yinlar azaldan madaniy hayotining bir qismi sanalgan. Bazi milliy o‘yinlarning tarxi juda qadimiy bo‘lib, ular asrlar davomida xalq maʼnaviyatini rvojlantirishga, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. Milliy oʻyinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati namoyon boʻladi. Shu bois ular yosh avlodlarni tarbiyalashda „hayot maktabi“ vazifasini o‘tagan. O‘yin — turli ifodali vositalar bilan maʼlum qoida yoki oldindan kelishilgan shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi. Ibn Sino „Tib qonunlari“ asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badantarbiyasidagi o‘rni, o‘yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to‘xtalgan boʻlib. Kaykovus, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Beruniylar chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik, qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o‘yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to‘ylar munosabati bilan tashkil etilgan o‘yinlar haqida ko‘pgina maʼlumotlar bor. Ularda o‘yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o‘tkazish qoidalari bayon etilgan
MILLIY OYINLAR - Doimiy o‘tkaziladigan o‘yinlar bilan birga har bir faslga xos o‘yinlar ham mavjud. Masalan, bahorda daraxtlar uyg‘onib, tollar kurtak chiqarganda — „tol bargak“, dala gullari ochilganda — „gul o‘yini“, pishiqchilik paytida danak, yong‘oq o‘yinlari, arg‘imchoq uchishlar sevib o‘ynalgan. Kech kuz, qishda yog‘ingarchilik boshlanib, yer yumshaganda qoziq, oshiq, tosh o‘yinlar odat tusiga kirgan. Qor yoqqanda „qorxat“, „qorbo‘ron“, yomg‘ir yoqqanda „yomg‘ir yog‘aloq“, kuchli shamol esganda „bo‘ron-bo‘ron“, sovuq o‘z kuchini ko‘rsatganda barcha sandal atrofida yig‘ilib, „topishmoq top“, „tez aytish“, „kim aytdi“ kabilar o‘ynalgan. Kech kuzdan to bahorgacha „uloq-ko‘pkari“ musobaqalari o‘tkazilgan. Bayram kunlari varrak uchirish, halinchak uchish kabi turli o‘yinlar o‘ynaladi. Dalayu qirlarda, bog‘u rog‘larda xalq sayillari qizigandan qiziydi. Xalq o‘yinlari kishiga o‘zgacha xushnudlik ulashadi, insonning kayfiyatiga ijobiy taʼsir etadi. U yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar bo‘lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. Milliy oʻyinlar qadimiy madaniyatning go‘zalligini namoyon etuvchi bir ko‘zgudir. [1]
Do'stlaringiz bilan baham: |