Amaliy faoliyat turlaridan biri sifatida psixodiagnostika quyidagi vazifalarni
bajaradi:
I .Muayyan xususiyatning rivojlanish holatini aniqlash.
2.Uning rivojlanish dinamikasini hamda ma’lum vaqt oralig'ida qayta tuzilishini
aniqlash.
3.Individ yoki guruh psixologiyasi hamda xulq-atvorida o'quv-tarbiyaviy taa'surot
natijasida vujudga kelgan real o'zgarishlarni aniqlash.
4.Shaxs xususiyatlari rivojlanish dinamikasi va qonunlarini tahlil qilish asosida uning
rivojlanish perspektivasini aniqlash.
5. Tekshirilgan kishilar yoki guruhni kelgusida rivojlanishda erishilgan natijalarni
hisobga olgan holda differensial tarzda ish olib borish uchun kategoriyalarga ajratish.
6. Individ yoki guruhning (u yoki bu ishni bajarish, masalan, o‘z xizmat vazifalarini
bajarishga) kasbiy tayyorgarligini, layoqatliligini aniqlash.
7.Individ yoki guruh psixologiyasi va xulq-atvorini psixokorreksion ishlarni olib borish
maqsadida o'rnatilgan tibbiy, ijtimoiy normalariga mos yoki mos emasligini aniqlash.
8, Individ yoki guruhga hayotiy yo‘lini (kasb.umr yo’ldoshi) tanlash maqsadida
tavsiyalar ishlab chiqish.
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar amaliy psixodiagnostikaning umumiy
vazifalaridir.
Psixodiagnostika jamiyat manfaatlari, uning konkret a'zolari manfaatlari va
harbiy jamoalardagi ijtimoiy-psihologik muhitni diagnostika qilish uchun xizmat
qiladi.Shu bilan birga psixodiagnostikani qo‘llashning foydaliligi shartlaridan biri uning
ilmiyligidir. Ilmiy psixodiagnostika o'rganilayotgan shaxs sifatlarining tabiati va tuzilish
prinsiplari haqidagi bilimlarga, shuningdek, psixodiagnostika jarayoni qonuniyatlari
to‘g‘risidagi bilimlarga asoslanadi.
Xulosa: psixodiagnostika harbiy jamolardagi psihologik rivojlanish, psihologik
holatlari va xususiyatlarini o’rganish uchun mo’ljallangan bo’lib hozirgi kunda harbiy
jamolardagi ijtimoiy-psihologik muhitni o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |