Harbiy jamoalarda ijtimoiy-psixologik muhitni diagnostika qilish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.08.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1667380
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
harbiy-jamoalarda-ijtimoiy-psixologik-muhitni-diagnostika-qilish

www.scientificprogress.uz
 
Page 256
Harbiy jamoa – harbiy xizmatchilardan yuksak ma’naviy-ahloqiy, irodaviy 
sifatlar, avvalo, vatanparvarlik, Vatan, xalq va Prezidentga sadoqat tuyg’ularini 
tarbiyalaydi. Bu harbiy xizmatchida mustaqillikning, taraqqiyot va istiqbolning haq 
ekanligiga chuqur g’oyaviy ishonch hosil qiladi. Hamda barcha harbiy xizmatchilarni 
milliy g’oya va istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalaydi.
3
Ijtimoiy muhit - shaxslar va ijtimoiy guruhlarning mavjudligi, shakllanishi va 
faoliyatining moddiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy sharoitlari majmui. U 
shaxsning qaysi madaniyatda ta'lim olgani, u yashaydigan madaniyati, shuningdek, ular 
bilan munosabatda bo'lgan odamlar va muassasalarni o'z ichiga oladi. O'zaro ta'sir 
shaxsan yoki ommaviy axborot vositalari orqali, hatto anonim yoki bir tomonlama 
amalga oshirilishi mumkin, bu ijtimoiy maqomda tenglikni anglatmaydi. Ijtimoiy muhit 
ijtimoiy sinf yoki ijtimoiy doira tushunchasidan kengroq tushunchadir.
Psixodiagnostika 
metodlarini 
ishlab 
chiqish 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
psixologiyaning, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, amaliy psixologiyaning asosiy va 
eng muhim yo'nalishlaridan biri bo‘lgan psixodiagnostika fani va uning asoslarini bilish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika fani predmeti ta’rifiga turli 
yondoshuvlarni uchratish mumkin. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz. 
Rus psixologlari A.A.Bodalev va B.B.Stolin psixodiagnostika fani predmetiga 
quyidagi ta’rifni beradilar:
Psixodiagnostika - shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o’lchash va 
aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi psixologiya fani sohasi. 
Psixolog Gurevich K.M. fikriga ko’ra, psixodiagnostika - insonni psixologik va 
psixofiziologik belgilariga ko'ra tasniflash hamda farqlash metodlari haqidagi fan. 
R.S.Nemovning ta’kidlashicha, psixodiagnostika -bu maxsus bilimlarning 
shunday sohasiki, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan psixologik rivojlanish 
darajasi hamda psixik holat, xususiyatlarini aniq baholashning nazariyasi, metodologiya 
va metodlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling