Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Ijtimoiy fikr yoki jamoa fikri bu…


Download 384.22 Kb.
bet153/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

98. Ijtimoiy fikr yoki jamoa fikri bu….
Ijtimoiy fikr yoki jamoa fikri – jamoa psixologiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Biron bir voqea-hodisaga nisbatan harbiy bo‘linma a’zolaridagi fikrlar, baholar yig‘indisiga ijtimoiy yoki jamoa fikri, deyiladi. Jamoa fikri ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi g‘oyalar, fikrlar, e’tiqodlar va hissiyotlarning o‘zaro almashuvida rivojlanadi. Bu jarayonda davlat yuritayotgan siyosat va ayniqsa, jamiyatimizda shakllanayotgan g‘oyalar katta rol o‘ynaydi. Jamoa fikri – bu o‘zaro ta’sirlashuvlarda ma’lum bir o‘zgarishlarga uchragan shaxsiy fikrlarning o‘ziga xos eritmasidan iborat. U jamoa ma’naviy hayotining juda ham murakkab va tez o‘zgaruvchan hodisasi hisoblanadi. Jamoa fikri ijtimoiy ongni ifodalashning o‘ziga xos maxsus shakli bo‘lib, u o‘zida mafkura va ijtimoiy psixologiya unsur (element)larini birlashtirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bo‘linmalarda ijtimoiy fikrni shakllantirmay turib, mustahkam harbiy intizom, yuksak jangovar tayyorgarlik hamda harbiy jamoa a’zolarining ijtimoiy faolligiga erishib bo‘lmaydi. Jamoa fikri o‘z mohiyat e’tibori bilan boshqariladigan hodisa. Uni boshqarish – ma’lum bir tomonga maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirish mumkin. Harbiy xizmatchilarda mafkura, g‘oya, fikr va maqsadlarni shakllantirishda komandirlar, jamoa faollari, rasmiy va norasmiy liderlar katta rol o‘ynaydilar. Harbry xizmatchilarning o‘z komandirlariga yoki safdoshlariga nisbatan taqlid qilishlari jamoada g‘oyaviy asosdagi birliqqa erishishda katta ahamiyatga ega. Jamoada g‘oyaviy birliqqa erishishda ijtimoiy fikr asos bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun esa ijtimoiy fikr yakdil va umumiy bo‘lishi lozim. Jamoa fikrining tez o‘zgaruvchanlik xususiyatini yuqorida aytib o‘tgan edik, komandirning asosiy vazifasi mana shu o‘zgarishlarni kerakli tomonga yo‘naltirishdan iborat.
Shu ma’noda askarlar u yoki bu voqeani faol muhokama qilishayotgan vaqtni qo‘ldan boy bermaslik lozim. Ular stixiyali o‘zaro muhokama va munozara jarayonida u yoki bu fikrga kelishadi. Ushbu vaziyatda ma’lum bir askarlardagi noto‘g‘ri fikrlardan xalos bo‘lish uchun voqeaning asl sabab va mohiyatini tushuntirib berish katta ahamiyatga ega. Ba’zan alohida bir kishining (liderning yoki oddiy a’zoning ham fikri butun boshli jamoaning fikriga aylanishi mumkin.) Agar bunday kishilardagi fikrlar guruhning haqiqiy maqsadlariga zid bo‘lsa, ulardan ehtiyot bo‘lish kerak.
Jamoa fikrini bilishning, o‘rganishning yagona yo‘li shaxsiy tarkibga yaqin bo‘lishdir. Ayniqsa, muhim masalalarni, aytaylik jangovar vazifalarni bajarishdan oldin salbiy individual fikrlarning oldini olish juda ham zarur. Bo‘linmada to‘g‘ri va haqiqiy ijtimoiy fikrni shakllantirish uchun jamoa oldiga va alohida olingan har bir harbiy xizmatchi oldiga aniq talablar qo‘yish kerak bo‘ladi. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, jamoa fikri jamoaning har bir a’zosiga nainki ijobiy, balki, salbiy ta’sir ham ko‘rsatishi mumkin. Bu narsa ko‘proq salbiy ijtimoiy fikr mavjud bo‘lgan bo‘linmalarga xos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlarida bo‘linmalardagi jangovar tayyorgarlik va ichki intizomni mustahkamlash maqsadida ofitserlarning jamoa fikridan har tomonlama foydalanishlari zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Har xil odamlarni bir jamoaga birlashtiruvchi asoslar turlichadir, Shulardan birinchisi – askarlardagi qarashlar, fikrlar, qiziqish va e’tiqodlarning o‘xshashligi yoki umumiyligi. Bunday kishilarga hamfikrlar ham deyiladi.
Ikkinchisi esa, askarlarning hamkorlikdagi hayot faoliyatlarida shakllanadi; qurollar va harbiy texnikaga birgalikda xizmat ko‘rsatish, umumiy vazifalarni bajarayotganda yakka tartibdagi xatti-harakatlarni o‘zaro kelishib olish zarurligi kabilar.
Uchinchidan, askarlardagi ichki tuyg‘u hisoblanadi. O‘zining o‘rtog‘iga nisbatan hurmat va ishonch tuyg‘usiga ega askar yordamida umumiy ish jarayoni ko‘tarinki faoliyatga aylanadi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling