Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet35/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Itka taalumda chu bo‘ldi kamol,
Sayd uning og‘zidin o‘ldi halol.
Olim ul itkim najasul ayn erur,
O‘g‘ling jahl ulsa, ajab shayn erur.
Ma’nosi: It o‘rganish bilan komil bo‘lgach, uning og‘zi bilan tutgan ovini eyish mumkin bo‘ladi. Eng iflos mahluq hisoblangan ot olim bo‘lganida (ovlashni o‘rganganida) o‘g‘ling johil qolishi juda xunuk ishdir.
Alisher navoiy tarbiyaning asosiy belgilardan biri, bolaga yaxshi ism qo‘yish, ilmu adab o‘rganish, oila, ota-onaga, umuman kattalarga hurmat-izzat hissini singdirishdan iboratligini uqtiradi.
Abu Nasr Farobiyning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Uni aytishicha, insonni baxt-saodati jamoada ikki xil usul yordamida shakllanadi: to‘g‘rilik va haqiqat.
Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida hayot va faoliyat faqat jamoa orqali rivojlanadi. Uni aytishicha «yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi», bola xulqining mo‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor: biri-bolaning ruhi uchun, ikkinchisi-uning badani uchundir.
Abu Rayhon Beruniy rostgo‘ylik, to‘g‘ri so‘zlikni ulug‘laydi. Yolg‘onlikni odamlar o‘rtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi. Insonning baxti uning bilimi va ma’rifatida deb biladi.
«Sof vijdon kabi hech komili mezon o‘lmas,
Kishi o‘z aybini bilmoq kabi urfon o‘lmas»
Abu Ali Ibn Sino
Harbiylashtirilgan tizimlar uchun etuk va barkamol kadrlarni tarbiyalash ularda Vataniga, xalqiga, millatiga va taraqqiyotiga sadoqat, yuksak ma’naviy, madaniy, jismoniy, aqliy, ongliy va hamda insoniylik fazilatlarini har tomonlama takomillashtirish, fuqarolar osoyishtaligini kafolatlashga va mamlakat qudratini oshirishiga xizmat qilishni tarbiyalashdir. Bunday tarbiyani berishda vatanparvarlik, ayniqsa uni oliy ko‘rishini bo‘lgan harbiy vatanparvarlik g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda turli davlatlar va jamiyatlar orasida madaniy, ma’rifiy, iqtisodiy sohalarda, hatto harbiy sohada ham o‘zaro yaqinlashuv jarayoni boshlandi. Bizning g‘oyalarimizda «jahon andozalari», «jahon talablari» degan atamalar o‘rin olgan. Bu andozalar, bu talablarga javob berish uchun jamiyat turmushining barcha jabhalarida chuqur islohotlar olib borilmoqda. bu islohotlar ta’lim-tarbiya sohasini ham ishlab o‘tgani yo‘q istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratilib, yangidan-yangi muassasalar tashkil qilindi, ko‘plab harbiylarning hartomonlama tarbiyalashi va tayyorlashi uchun harbiy bilim yurtlariga katta e’tibor tashlanmoqda.
Xususan respublikamizda harbiylar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor va g‘amxo‘rlik shundan dalolat beradiki, bu borada ishlar tarbiyasining naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa poytaxtimiz Toshkentda yuz bergan 1999 yil 16 fevraldagi, 2000 yildagi Batkent, Yangiobod, Andijon, Bustonliq va So‘x tumanidagi voqealari harbiylar tarbiyasi bilan yana ham jiddiyroq shug‘ullanish zarurligini ko‘rsatadi. Chunki mamlakatimizda qurayotgan jamiyatimizga muxoliflik va g‘arazgo‘ylikni o‘z oldida maqsad qilib qo‘ygan kuchlar mavjud va ular eng avvalo hali hayot tajribasi etarli bo‘lmagan yoshlarning ongini zaharlab, vaqtinchalik qiyinchaliklarni ro‘kach qilib, shohona hayot va’dalari bilan yo‘ldan ozdirishga harakat qilganlar. 16 fevraldagi fojiali voqealar ishtirokchilari asosan yoshlar bo‘lgan. Bizning beg‘am loqaydligimiz, ishimizdagi kamtarliklar oqibatda ular jinoiy guruhlar, diniy mutaassiblar ta’siriga tushib qolgan.
Bu avvalo ijtimoiy sohadagi muayyan etishmovchilik yoki yoshlar tashkilotlari va mahalla qoshidagi kengashlarni ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor bermasligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, har qanday jamiyat o‘zining maqsadiga, zabt etiladigan cho‘qqisiga ega va bu uning mafkurasida aks etgan. Shu o‘rinda O‘zbekistonda ham o‘z milliy mafkurasini yaratish zaruriyati yuzaga keldi.
Ana shu muammolar hozirgi pedagogika va ijtimoiy fanlarni oldiga katta mas’uliyat, bu ham bo‘lsa, harbiy qo‘mondon qismlarda harbiylarning hartomonlama talabga javob beradigan asosda ish olib borishni talab qiladi.
Harbiy xizmatchilarning oldiga qo‘ygan tarbiya tarmoqlari boshqa soha mutaxassisga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat, jasurlik, chaqqonlik va fidoiylik fazilatlarini, o‘z Vatanining oldidagi burchi va qasamyodiga sodiqlikni talab etadi. Xuddi shu nuqtai nazarda davlat va jamiyatning harbiy xizmatga e’tibori, g‘amxo‘rligi, rag‘batu-hurmati eng yuksak darajada bo‘lmog‘i lozim. Harbiy tarbiya davlat uchun, xalq uchun juda zarur hisoblanadi. Chunki harbiy xizmat asosiy qonun tomonidan qurolli Kuchlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar orasida mudofaa va xavfsizlik masalalarini hal etadi. Ana shu masalalarni bartaraf qilish uchun harbiy qo‘mondonlarda pedagogika fanini chuqurroq tushuntirish va o‘zlashtirishni talab etadi.
Har bir voyaga etgan yigit uchun Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish o‘z konstitutsion burchini ado etishdan iborat, undan tashqari harbiy xizmat har bir fuqaro uchun nufuzli va sharafli vazifa bo‘lib, uni harbiy kasb evaziga ado etish zarur.
Qurolli Kuchlarning eng ko‘p sonli turlaridan biri quruqlikdagi qo‘shunlar tarkibiga motoo‘qchi, tankchi va artilleriya qismlari, ta’limot qismlari va bo‘linmalari kiradi. Ana shu qism va bo‘linmalarga bizning harbiylarimiz pedagogik-psxologik nuqtai nazarda amaliyot o‘tkazishga har tomonlama tarbiya topgan bo‘lishi kerak.
Undan tashqari boshqa tur qo‘shinlar, maxsus qo‘shinlar mavjudki, ularni tarkibiga muhandislik, ximiyaviy himoya va aloqa bo‘linmalari kiruvchi maxsus qo‘shinlar kiradi.
Bu sohada xizmat qilayotgan shaxslar yangi ish o‘rinlarini barpo etish va milliy kasblar bilan bir qatorda zamonaviy kasb malakalari bilan tarbiyalashning muhim vositasi bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz oldida eng mas’uliyatli vazifa-ming yillar davomida ota-bobolarimiz erishib qo‘lga kiritgan eng ulug‘ ne’mat-Vatan mustaqilligini xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm aqidaparast­lardan himoya qilish vazifalari turibdi.
Shaxsiy tarkibdan doimo o‘z ustida ishlashni, jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan doimiy tayyorgarlikni talab etishini ko‘rsatadi.
Shu bois har bir kishida bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxsiy sifatlarni tarbiyalash bilan birga, Qurolli Kuchlarimizda eng avvalo harbiy xizmatchilarda Vatan himoyasi sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim.
Shaxsiy tarkibning ta’lim-tarbiya jarayonini, jangovar navbatchilik vazifalarini aniq bajarish, ularning tayyorgarligi sifatlarini tarbiyalash o‘z xalqi, harbiy qasamyodi, harbiy burchiga sadoqat ruhini, ona-yurtini qo‘riqlash uchun yuksak shaxsiy mas’uliyat hissini shakllantirishga qaratilgan.
Hozirgi zamon holati shaxsiy tarkibinning ma’naviy va ruhiy sifat­larini oshirish talabini taqozo etadi. Bu uning quyidagi jihatlari bilan baholanadi:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling