Oziq-ovqat tarkibiga kiruvchi noorganik birikmalar


Download 252.45 Kb.
bet1/5
Sana02.12.2023
Hajmi252.45 Kb.
#1779461
  1   2   3   4   5
Bog'liq
NOZI PRENN

Oziq-ovqat tarkibiga kiruvchi noorganik birikmalar

1.Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi 2.Oziq-ovqat tarkibiga kiruvchi makroelementlar va ularni aniklash usuli 3.Oziq-ovqat tarkibiga kiruvchi mikroelementlar va ularni aniklash usuli 4.Toksik elementlarni aniklash usuli 5.Osh tuzini aniklash usuli.

  • Reja:

Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibiga suv va mineral moddalar, uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, oqsillar, fermentlar, vitaminlar, organik kislotalar, fenolli birikmalari, rang, hid beruvchi moddalar va boshkalar kiradi. SHuning uchun ham Озиқ-овқат mahsulotlari shu moddalarning qanday holatda uchrashiga qarab bir-biridan birmuncha farqlanadi.Quyida oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida uchraydigan va inson organizmi uchun zarur bulgan ba’zi bir moddalarni ko‘rib o‘tamiz

Suv - mavjud tirik organizmlar hayot faoliyatining barcha jarayonlarida ishtirok etadi. Suv miqdori turli oziq-ovqat mahsulotlarida turlichadir. Oziq-ovqat mahsulotlarida suvning miqdori ularning ozuqaviy qiymati,ta’mi va saqlanish muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Suv ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,ularning sifat ko‘rsatgichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi

Tarkibida namligi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash juda qiyin, chunki suvli muhitda mikroorganizmlar jadal rivojlanadi. Suv oziq-ovqat mahsulotlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy, biokimyoviy va boshka jarayonlarning tezlashishiga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlash muddati ular tarkibidagi suv miqdori bilan belgilanmay, balki suvning mahsulotlari tarkibida qanday holatda uchrashi bilan ham o‘lchanadi.Xom ashyo tarkibidagi suv ikki ko‘rinishda, ya’ni erkin va bog‘langan holda uchraydi.

Erkin suv- degani oddiy toza suvning barcha xossalariga ega bo‘lgan, xujayra suyuqligida, xujayra oralig‘ida va qolaversa, mahsulotning sirtida bo‘ladigan suvdir. U mahsulotdan o‘z-o‘zicha bug‘lanishi va organizmning biror a’zosidan boshqa a’zosiga erkin o‘tishi mumkin.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash sharti buzilganda ya’ni issiq xavo bilan sovuq havo uchrashganda mahsulot sirtida paydo bo‘ladigan suv tomchilari hamda xujayralar orasidagi bushliklarda bo‘ladigan suvlar erkin suvlar sirasiga kiradi. Uning zichligi birga yakin,00 C haroratda muzlaydi, xom-ashyolarda yuz beradigan kimyoviy va mikrobialogik o‘zgarishlarni borishini tezlashtiradi. Erkin holatdagi suv xom ashyo quritilganda, muzlatilgan mahsulot eritilganda tezda ajralib chiqib ketadi. SHuning uchun ham erkin suvning miqdori ko‘p bo‘lgan meva va sabzovotlarning saqlash muddatini fakatgina konservalash usullari yordamida uzaytirish mumkin.


Download 252.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling