Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet52/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Jangovar usul. Jangning psixologik omillari jangovar texnika va qurolllarni qo‘llash orqali modellashtiriladi.
Psixologik tayyorgarlik metodi deganda dars va dala o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida psixologik tayyorgarlik usullarining o‘quv-jangovar faoliyat bilan uyg‘unlashuvi tushuniladi.
Faoliyatga harbiy xizmatchining qo‘shilish darajasiga qarab psixologik tayyorgarlik usullari uchta katta guruhga bo‘linadi:
1. Ko‘rgazmali usullar (qurollarning harakatlarini ko‘rsatish, jangovar yoki himoya harakatlarini ko‘rsatib berish. Ushbu usullarni qo‘llash vaqtida harbiy xizmatchi jangovar faoliyatdan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanadi (masalan, kuzatish).
2. Shartli vaziyatlar usullari (har xil muammolarni yechish, ish o‘yinlari, taktik o‘quv mashg‘ulotlari, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari). Ushbu usullarni qo‘llagandagi faoliyat shartli xarakterga ega (o‘ziga xos «urush-urush o‘yini»). Shartli vaziyatlar usullari jangovar faoliyatning ichki tuzulishini va mantiqini bilib olishga yo‘naltirilgan.
3. «Real» vaziyatlar usullari. Ushbu usullar yaratilgan shart-sharoitlarning harbiy xizmatchilar tomonidan real jangovar sharoit sifatida qabul qilinishini hamda ularning haqiqiy jangovar xatti-harakatlarni amalga oshirilishlarini taqozo qiladi.
Harbiy xizmatchi va harbiy jamoalarda jangovar vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan psixologik sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga psixologik tayyorgarlik deyiladi.
Psixologik tayyorgarlik buyicha tadbirlar komandirlar tomonidan ularga bo‘ysunuvchilarning xizmat davri davomida amalga oshiriladi. Ko‘pincha, psixologik tayyorgarlik anglanmagan holda, shakllangan an’ana va tasavvurlardan kelib chiqib, «shunday qilish kerak» degan tamoyil asosida olib boriladi.
Psixologik sifatlarning faqat faoliyatdagina shakllanishi psixologiya fanida isbotlangan. Qanday psixologik sifatlar (qat’iylik, tashabbuskorlik)ni emas, balki, ushbu sifatlarni qanday shakllantirish psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Har xil odamlar bir xil vazifani o‘zlarining psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil usullar bilan bajaradilar. Kam rivojlangan bir xil sifatlarning o‘rni yaxshi rivojlangan boshqa bir sifat bilan to‘ldirilishi mumkin.
Ushbu qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, amaliyot uchun insonning u yoki bu psixologik sifatga egaligi yoki ega emasligi emas, balki, uning psixologik sifatlari jangovar sharoitda ko‘zda tutilgan faoliyatlarni amalga oshirishga imkon berish yoki bermasligi katta ahamiyatga ega.
Psixologik tayyorgarlikni tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- faoliyatni qiyinlashtiruvchi elementlarni harbiy xizmatchi normal sharoitda harakat qilishni to‘liq o‘zlashtirib olgandan keyingina kiritish kerak;
- psixologik omillarni modellashtirish usullari o‘zlashtirilayotgan xatti-harakatlar mazmuniga mos bo‘lishi zarur;
- jangovar vaziyatni harbiy xizmatchilar uchun kutilmaganda tartibsiz ravishda modellashtirish lozim, toki ular modellashtirishdagi ma’lum bir davomiylikka o‘rganib qolishmasin;
- muayyan mutaxassislik uchun ta’sir etish ehtimolligi yuqori bo‘lgan omillarni ko‘proq modellashtirish maqsadga muvofiq;
- jang omillarini modellashtirishda psixologik yuklama shunday bo‘lishi kerakki, toki ko‘pchilik harbiy xizmatchilar uni yengib o‘tib, muvafaqqiyatga erishish imkoniga ega bo‘lishsin;
- yuklamaning mana shunday miqdori harbiy xizmatchilardagi o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlaydi, shuningdek, ularda murakkabroq masalalarni yechish istagini uyg‘otadi;
- agar harbiy xizmatchi hosil qilingan jangovar vaziyatda qiynalib qolsa, unga yengilroq vazifalarni hal etish taklif etiladi.
Harbiy xizmatchi ruhiyatiga ta’sir etuvchi jang omillari (xavf-xatar, favquloddalik, noaniqlik, yangiligik, harakat me’yorining oshishi, vaqt taqchilligi...) ikki guruhga bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi omillar.
Birlamchi omil sifatida xavf-xatar e’tirof etiladi.
Ikkilamchi omillarga esa favquloddalik, noaniqlik, yangiligi va hokazolar kiritiladi.
Psixologik tayyorgarlik ma’lum tartibda amalga oshishi uchun jangni psixologik modellashtirish quyidagi komponentlarga ajratiladi:
- motivatsiya komponenti;
- bilish xarakteridagi komponentlar;
- motor komponenti.
Bunday ajratish shartli bo‘lib, u psixologik modellarni ongli rejalashtirish va tahlil qilish uchun zarur.
Motivatsiya komponenti: motivlar insonni faoliyatga undaydi. O‘quv mashg‘ulotlarida motivlarni faollashtirish bilan motivatsiya komponentini modellashtiramiz.
Uch turdagi motivlar mavjud:
- keng ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan motivlar – Vatanga muhabbat, burchga, xalqqa sadoqat, dushmanlarga nafrat;
- jamoatchilik motivlari – jamoatchilik hissi, o‘z bo‘linmasi uchun faxrlanish;
- shaxsiy motivlar – boshqalarning e’tiboriga tushishga intilish, o‘z mavqeini mustahkamlash yoki o‘zgartirish, komandirning maqtovi.
Faoliyat samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab motivlar bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruh motivlar faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchi va uchinchi guruh motivlari esa ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, harbiy xizmatchilarda eng avvalo birinchi guruh motivlarini faollashtirish lozim. Bunda ikkinchi va uchinchi guruh motivlaridan samarali foydalanish zarur bo‘ladi.
Jamoada motivlar o‘rtasidagi kurash vaziyatini yaratish tarbiyaviy jihatdan katta samara beradi. Masalan, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish yoki xavfli vaziyatlar yaratish bilan kattaroq yutuqlarga erishish mumkin. Bu ishlar irodani tarbiyalash uchun ham zarur. Chunki motivlar ko‘rashi irodani shakllantirishning shartlaridan biri. Faoliyatning samaradorligi va yo‘nalishi uning motivini tanlashga bog‘liq. Motivatsiya komponentini modellashtirish psixologik tayyorgarlikda eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi.
Bilish xarakteridagi komponent. Harbiy xizmatchilarning vaziyatni to‘g‘ri baholashlari ulardagi bilish jarayolari asosida kechadigan idrokka bog‘liq bo‘ladi.
Biz ruhiyatimizga ko‘rsatilayotgan ta’sirotlarning hammasini ham ongimizda aks ettirmaymiz. Tashqi qo‘zg‘atuvchining ongimizda aks etish darajasi uning hayot faoliyatimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga bog‘liq. Sezgi o‘zining quyi va yuqori chegaralari oralig‘ida voqe (sodir) bo‘ladi. Agar qo‘zgatuvchi sezishiing quyi va yuqori chegaralari atrofida ta’sir etsa, ta’sirni to‘g‘ri idrok qilish qiyinlashadi. Jang sharoitida aynan shunday – sezish chegaralari atrofida qo‘zg‘alishlar hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchilar ko‘p bo‘ladi. O‘quv-jangovar faoliyat jarayonida shunday qo‘zg‘alishlarni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiq.
Bilish xarakteridagi komponentlar modelini yaratish orqali harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang haqidagi tasavvurlar boyitiladi. Bu esa psixologik tayyorgarlikning muhim muammolaridan biri hal etilganligini bildiradi.
Harakat komponenti. Qandaydir bir faoliyatni yoki uning alohida harakatlarini amalga oshirishda askar alohida operatsiyalar majmuasini ijro etadi. Bunday operatsiyalar majmuasi turli harbiy mutaxassisliklar uchun turli xil.
Motor komponentini yaratish real jangovar faoliyat sharoitida zarur bo‘ladigan operatsiyalarning hammasini yoki ular ko‘pchiligining askar tomonidan bajarilishini taqozo qiladi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling