Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
36. Harbiy jamoada va jamoa orqali tarbiyalash usullari.
Jamoada va jamoa orqali tarbiya. Hayot tajribasiga qaraganda, ahil jamoa bo‘lib uyushganligina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo‘ladi va muvafaqqiyatni ta‘minlaydi. Yaxshi uyushgan, sog‘lom jamoa shaxslarning fikri juda katta tartibyaviy xarakterga ega bo‘ladi va tarbiya jarayonida tarbiyachilarning tayanchiga aylanadi. Jamoani tashkil qilish jipslashtirishida o‘z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo‘sha bilish kerak. Ishonarli, ishchan jamoani tashkil qilish uchun shaxslarni faoliyatini, harbiy qismlarda kim qanday munosabatda bo‘lishini kuzatishi, har bir askar bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug‘ullanish istagini bilish, ishning uddasidan chiqadiganini aniqlash zarur. Harbiy jamoada har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda qo‘mondonda va umuman guruhda do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratish darkor. Shuni ham aytish kerakki, ba‘zan tarbiya jarayonida jamoa bilan shaxs o‘rtasidagi qaramaqarshiliklarni bartaraf qilishga ham to‘g‘ri keladi. Harbiylarda jamoa manfaatini, ko‘zlash, jamoatchilik hissi, avvalo birgalikda o‘qish va mehnat qilish jarayonida mustahkamlanadi. Tarbiyachi o‘zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt tarbiyalanuvchi jamoasiga va ular orasida faol askarlarga tayanmog‘i, ularni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini singdirib berish lozim. Jamoada tarbiyani jamiyatni maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining xulq-atvori hamda tevarak-atrofidagi muhitning xilma-xil ta‘sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Shaxsning bu tutgan yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevark-atrofidagi hayot sharoitlarining turlariga salbiy ta‘siri shuncha kuchsiz bo‘ladi. Jamoani o‘sish va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalda oshiradi. Ijtimoiy-foydali mehnat, o‘yin va mashqlar faoliyati, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish kabilar harbiylarning hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday xilma-xil tashkil etish, uni alohida yaxshi sifatlar, xarakter xislatlari, odatlar tarkib toptirishga qaratish tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Pedagogika jamoada tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shakl va usullari tarbiyalanuvchilarning shaxsi qaror topishi bilan mustahkam bog‘liq holda qarab chiqiladi. Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyasiga ma‘qul bo‘lgan sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq suratda va muntazam ravishda ta‘sir etishdir. Har bir ishning o‘ziga xos, ma‘lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, jamoada shaxsni tarbiyalashda ham o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjudki, ular tarbiya samaradorligini shakllantirishga asos bo‘ladi. Masalan: -Tarbiyaning jamoada bir muayyan maqsadga qaratilganiligi (tarbiyani jamoada jamiyat talablari, davr muammolari, milliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarni maqsadli belgilash) uning maqsadi har tomonlama rivoj topgan-mukammal inson shaxsni tarbiyalashdir. -Harbiylar jamoasi ana shu maqsadlardan foydalanib, jamoa orqali tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmun va mohiyatini aniqlaydi hamda jumladan, ya‘ni bilim yurtining ish sharoitlarini hisobga olgan holda tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi. -Tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar bilan aniqlanishi. Buning uchun esa, kursantlarga hozirgi zamon pedagogikasining asosiy yo‘nalishlari: ijtimoiy pedagogika, iqtisodiy pedagogikasi, muloqot pedagogikasi, amaliy pedagogika va boshqalarning eng ilg‘or yutuqlariga asoslangan holda shakllantirishimiz lozim. -Tarbiya, o‘qitish va shaxsning rivojlanishi jarayonining birligi va o‘zaro bog‘liqligi: tarbiya, o‘qitish va shaxsning rivojlanishi jarayonining tarkibi aniq qo‘yilgan tarbiyaviy ishning ko‘zda tutilgan natijali bo‘lishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayoni ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqadigan, aniq tarbiyaviy maqsadga qaratilgan, jamoada tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘zaro bog‘liq jarayonlardan iboratdir. Tarbiya jarayoni qo‘yidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1.Bilimlar tasavvurlarini shakllantirish; 2.Shaxsning munosabatlarini shakllantirish; 3.Qadriyatlarga yo‘nalganlik, ideallar, e’tiqodlarni shakllantirish; 4.Shaxsning yo‘nalganligini shakllantirish. -Tarbiyaviy ta‘sir, o‘zaro ta‘sif va tarbiyalanuvchilar shaxsiy faolligining qonuniy bog‘lanishi mavjudligi: tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy va mehnat faoliyati bilan, ularda yuz bergan o‘zaro o‘zgarishlar bilan tarbiyaviy ta‘sif va tez ravishda shaxsni tanishtirishni talab etadi. Tarbiyalanuvchilarni amaldagi hayotiy munosabatlariga, ijtimoiy faoliyatining har xil turlariga jalb etishni talab qiladi. -Tarbiya jarayonida jamoa va shaxsning o‘zaro aloqadorligi:Shaxs va jamoa ko‘p qutbli mafkuraviy tizimga ega. Bu mafkuraviy qutblar o‘z ta‘sir doirasini kengaytirishga hamisha o‘zaro aloqada bo‘lib turadi.Shaxs kamolotiga ta‘sir etadigan asosiy omil bu jamoa hisoblanadi. Jamoa deganda shaxsga tabiiy ta‘sir etadigan tashqi voqealar majmo‘i tushuniladi. Bunga oila, atrofdagi muhit, yashash tarzi, ish jarayoni, o‘qish jarayoni va boshqa atrofimizdagi har kundagi muomalada bo‘ladigan kishilar kiradi. Askariy birodarlik harbiy jamoada shakllanadi va mustahkamlanadi. Harbiy jamoa o‘z burchini munosib darajada bajarish uchun bo‘linma shaxsiy tarkibi va ofitserlar tinimsiz tashkiliy ishlarni olib borishlari talab qilinadi. Ular ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik bosqichida jangovar hozirlik bilan amaliy masalalarni echishda hamkorlikdagi harakatlari bilan bo‘linmada, qismda, jamoada askariy birodarlikni shakllantiradilar. Harbiy jamoani shakllantirish unda askariy birodarlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish faqatgina ofitserlarni emas balki har bir askarlarning ishidir. Jamoa-askarning o‘yi. U harbiy xizmatning qiyinchiklarini, murakkabliklarini yengib o‘tishadi. Askar jamoani jamoa esa askarni kashf etadi. Xuddi shuning uchun ham har bir askar jamoaning shakllanishi uchun ma‘naviy sog‘lom bo‘lishi, unda askariy birodarlik tamoyillari hukm surishi uchun ko‘yib-pishishi kerak. Keyingi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jangovar shayligi sifat ko‘rsatkichlari oshishida, jangovar potensiali mustahkamlanishida harbiy jamoaning roli nisbatan oshib boradi. Do‘stlik va askariy birodarlik faqat o‘zaro yordam, umumiy harakatlardan iborat emas. Balki hech kim Vatan himoyasining obro‘yini, hurmatini erga o‘rmasligi uchun ularga nisbatan talabchanlik bilan g‘amxo‘rlik qilishdir. Do‘stlik askariy birodarlik rishtalarining mustahkamligini tasdiqlayman desa safdoshning kamchiliklari, ayblari va xatolari haqida gap ketayotganda haddan tashqari ko‘ngilchanlikka, kechirimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Haqiqiy do‘st har qancha achchiq va yoqimsiz bo‘lsa-da haqiqatni gapiradi. Ayniqsa prinsipial xarakterdagi masalalarda, deylik, harbiy xizmatchilarni o‘rtasida o‘zaro munosabatlar qoidalari buzilganda o‘ta kechirimlikka, qo‘rqoqlikka yo‘l qo‘yish, murosasizlik qilishga aslo chidab bo‘lmaydi. Harbiy jamoani jipslashtirishning asosiy pedagogik talablari mavjud: Zamonaviy talablarini nazarga olgan holda uning tashkiliy strukturasini doimiy shakllantirish; Turmush tarzi va maishiy hayotini Nizom talabi asosida tashkil qilish; Boshqalar va ularning qo‘lostidagilar unvon bo‘yicha nizomiy o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash; Jamoa ishidagi ijtimoiy-ruhiy holat va bosqichlarni boshqarib borish; Harbiy xizmatchilarda o‘z jamoasidan faxrlanish, uni jangovar an‟analarga hurmat ruhida tarbiyalash, ushbu an‟analarning yanada kuchayishiga o‘z hissasini qo‘shishga hozirlik tuyg‘ularini doimiy tarzda singdirib borish. Shuningdek bir-biroviga muomala qilganda xushmuomalalikka amal qilish kerak. Ushbu muomala turi butun tarbiyaviy bosqichni qamrab olishi lozim. Har bir harbiy xizmatchi jamoasining bir bo‘lagi ekanligini, sezar u ishtiyoq bilan xizmat qilmasa o‘qishda, mashqlarda bo‘linmaning oqsashiga va oqibatda safdoshlarining uyalishiga sababchi bo‘lishini doimo esda tutishi kerak. Axir har qanday bo‘linmaning, qismning muvafaqqiyati, har bir jangchi erishgan natijalardan tashkil topadi. Shuning uchun ham harbiy jamoaning obro‘si, jangovar sharafini himoya qilish Vatan himoyachisining burchi hisoblanadi. Tayanch so‘zlar va iboralar: Tarbiya tamoyillari, burch-mas‘uliyat, ong faoliyati, Palestra, Falakiyot, Efebga. Demokratik yo‘nalish, chet ellardagi ta‘lim, harbiy vaziyat, ongliy tarbiya, xulq-atvor, axloq va uning normalari, ishontirish. Gumanizm-shaxs, insonparvarlik, demokratik, mustaqillik, an‘analar, mustaqil diyor. Hayot va harbiy faoliyat, fidoiylik, buyuk daholar, hayot tuyg‘usi, vijdon, iroda va qat‘iylik, hayotiy va dunyoviy muammo. Intizom, tarbiyaning yakka va uzluksiz xususiyatlari, tarbiyaning umumiyligi, jamoa bosqichlari, jamoa, sog‘lom jamoa, ishchan jamoa, jamoani faoliyati, shaxs va jamoa muammolari, do‘stlik va askariy birodarlik. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling