Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


 Tarbiyaning hayot va harbiy faoliyat bilan bog‘liqligi


Download 384.22 Kb.
bet46/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

34. Tarbiyaning hayot va harbiy faoliyat bilan bog‘liqligi.
O‘sib kelayotgan yosh ofitserning o‘sib-o‘lg‘ayishiga va shaxsning shakllanishiga hayot, demokratik jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, harbiylarni tarbiyalashdan maqsad, ularni ona yurtimiz istiqloli va istiqboli yo‘lida fidoiylik ko‘rsatish, Vatanga sodiq, milliy qadriyatlari­mizni e’zozlashga o‘rgatishdan iborat. Shunday ekan harbiy bilim yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni hayot bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak.
Bu qoida tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar.
Iymon-arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi ishonch demakdir.
Iymon yaratuvchi tomondan pokiza qalbga hadya etilgan bir noyob gavharki, uning ziyoda bo‘lishi yoki kamayishi aslo mumkin emas. Iymonning insonga berimog‘ining asosiy sharti qalbni mukammal darajada poklanmog‘dir. g‘uborli qalbda iymon bo‘lmaydi. Alisher Navoiy aytgandek, «Iymon-Alloh taolloning insonga bo‘lgan muhabbati, ishqidir. Iymon-bu haqqa ishonishdir». Hadisi Sharifda Ham «Iymon-nomozdan ustundir» deyiladi.
Iymonsizlik doimo jaholatga, vayronkorlikka sabab bo‘lgan. Bu haqda A. Navoiy degan edilar:
Naqdi jon chiqqanda iymon gavharin ko‘nglimga sol,
Aylagil jondin judo, lik iymondin etma judo.
E’tiqod-bu o‘z fikr va qarashlariga qat’iy, sobitqadamlik bilan ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir.
Tarbiyaning hayot bilan bog‘lanishi harbiylarni qiziqish doiralarini kengaytiriladi, jamiyatga foydali bo‘lishga intiladigan, osoyishtalikni va farovonlikni saqlaydigan g‘oyaga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ularni millat oldidagi fuqarolik va farzandlik burchi hamda vazifalarini bajarishga tayyorlaydi. Chunki O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya harbilarning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi.
Harbiy qo‘mondon hayoti tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o‘zining ma’naviy olamini boyitib boradi. Harbiylarning hayoti jamiyat tushunchalari bilan chambarchas bog‘langan. Jamiyat hayotsiz bo‘lmaganidek, hayot ham jamiyatdan tashqarida yuzaga kelishi, rivojlanishi aslo mumkin emas.
Qurolli Kuchlar ma’naviy kamolotning har qanday darajasiga faqat jamoa hayotiga bog‘lanib, yashab, mehnat qilgandagina etisha oladilar. Hayot harbiylarda insonga o‘ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat baxsh etadi, jamiyat a’zolari birlashtiradi, uyushtirib turadi.
Hayot harbiylarning, davlatning, jamiyatning kuchi va qudratidir, taraqqiyotni imkoniyatlari va istiqbollarini belgilovchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Shuning uchun ham hayot tarixining barcha davralarida olimlar bu jarayonning ichki mohiyatini, qonunlarini anglashga, ularga yo‘nalish berishga harakat qilganlar.Ta’lim-tarbiya ishlarining zaminida barcha davrlarda ham muayyan manfaatlar bilan bog‘langan maqsadlar yotgan. Bu maqsadlar tizimi va ularning mohiyati davlatlar, turli hayotiy-siyosiy kuchlar yaratgan va amal qilgan mafkurada ifodalangan. Buyuk daholar, qaysi millat, qaysi xalq, qaysi e’tiqodga mansubliklaridan qat’iy nazar, hamisha avvalo o‘z xalqini, millatini, Vatani manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘rganlar. Bunga misol keltirib buyuk sarkarda Amir Temur davlat boshqaruv faoliyati siyosatini va harbiy strategik mahoratini har tomonlama o‘rgansak arziydi. Amir Temur «Temur tuzuklari» asarida «Barcha ishlarimning 9 ulushdan kengash tadbir va mashvarat bilan qolgan 1 ulushin esa, qilich bilan bajo keltirdim» degan edi.
Shu bilan birga ularning chinakam etuk insoniy ma’naviyatlari doimo jahon miqyosida tan olingan, hurmatlangan-bu hayotning eng adolatli hukmi bo‘lib qolgan, hamon shunday bo‘lib qoladi.
Hayot bu xalqning o‘tmishi, bugungi va kelajagidir. Bu uning ma’naviyati, madaniyati, dili, tili, dini, ota-bobolardan qolgan oltin merosdir. Ajdodlarimiz hayoti biz uchun beqiyos bir ibrat, hayot sabog‘idir. Shuningdek, hayot tuyg‘usi-bu diyorimizni himoya qilib, fido bo‘lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Muqanna’, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temurmalik, Amir Temur, qurbonjon Dodxo, Namoz Botir kabi bahodirlarning nomini yodga olishdir.
«Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga inosnparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdan olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur»1.
«Xalqni tarixi xotirasini tiklash evaziga uning milliy g‘ururi va oriyatini o‘yg‘otish milliy o‘zlikni anglashning eng sinalgan va tajribadan o‘tgan usullardan biridir. Milliy g‘urur va oriyat jiddiy ijtimoiy o‘yg‘otuvchi etaklovchi va boshqaruvchi kuchdir. Tarixdan ma’lumki, ana shu milliy oriyat, ko‘p hollarda, xalqimizga dushman bilan jangchilarda zafarlar keltirgan»2.
Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘z tarixini va hayot merosini yangidan tiklamoqda. Hayotimizning har bir davri qaytadan ko‘rib chiqilmoqda, jadidchilik harakatining asl ma’nosi ochib berilmoqda. Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Usmon Nosir, Abdulla qodiriy va boshqalarning g‘oyalari xalqimizga etkazilmoqda. Darhaqiqat, xalqimiz azal-azaldan insonning hayotiy fazilatlariga boy bo‘lgan.
Askarlarimizning xulq-atvoriga, gap-so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirish­lariga katta ahamiyat berishgan, nojo‘ya ishlariga zinhor ba zinhor yo‘l qo‘ymaganlar.
Ammo afsuski, yaqin tariximizda sharqona tarbiya, axloq-odobning ming yillik tajribalaridan «eskilik sarqiti» deb voz kechdik, o‘zligimizni unutayozdik. Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, qur’oni Karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Hadislari tarbiyamizning manbai bo‘lib xizmat qilgan. Janobi Rasululloh Hadislarida; «Mo‘min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir» deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha shaxsni barkamol inson etib tarbiyalashga intilganlar hayotda, jamiyatning tarbiyali bo‘lishi uchun kurashganlar.
O‘zbek harbiy xizmatchilarning o‘z madaniyati va ma’naviyatida askarlar tarbiyasini hayot bilan bog‘langanlar. Haqiqatdan harbiylar hayotidan, tabiatdan va jamiyatdan ko‘proq tarbiya oladi. O‘shanga xalq pedagogikamizda «Inson-tarbiyani odobsiz kishidan o‘rganadi» deganlari ham shu fikrlarni isbotni beradi.
Bizga ma’lumki, Abu Ali Ibn Sino fanlar rivojida yaratgan asarlari O‘rta Osiyodagina emas, balki Sharq va G‘arb mamlakatlarida ham hurmat bilan tilga olinadi.
Ofitserning o‘z hayoti mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yadi. Ammo shu nuqsonu kamchilikni tushunib, tuzatib, ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan ofitser barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan:

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling