Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet42/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Belida bel bosh bel olgan yallar
Ming yillik tarixdan mardona sherlar.
Ular g‘ayratidan titragan erlar
O‘zbek polvonlari, pahlavonlari,
Millatga ko‘rk bo‘lgan qahramonlari.
Bu yurtlar Alpomishlar yurtidir. Bugungi kunda o‘zbek kurashining halolligi, mag‘rur polvonlar kurashi ekanligiga dunyo xalqlari tan berayapti. Chingizxonga qarshi o‘z xalqi or-nomusi uchun kurashib dushmanga o‘z oilasini xor-zor bo‘lmasligi uchun mag‘rur o‘limni afzal ko‘rgan Jaloliddin, Amu daryosi bo‘yida turib cho‘qqidan o‘z onasi, xotini, etti yoshli o‘g‘lini daryoga uloqtirganini ko‘rib, cho‘qqidan turib ot bilan o‘zini suvga tashaganda va suvdan omon chiqib dushmanga qarshi g‘azab bilan nafratini izhor qilib «men ham qaytib kelaman» deganda Chingizxon qoyil qolib «otadan dunyoga shunday o‘g‘il tug‘ilmagan, u sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda nahangday botir ekan» deya hayratga tushib dushmanining o‘g‘liga havas qilgandi.
Xo‘jand shahridagi dahshatli olovdan o‘z xalqini topqirlik bilan omon saqlab qolgan Temurmalik Sirdaryo bo‘ylab Xorazm shoh yurtiga borib urishni davom ettirganda, uning irodasiga dushman qoyil qolgandi. Najmiddin Kubrodek Xorazm elining shayxiga Chingizxon ozodlik berganda, uning o‘z jonini omon saqlab qolishini emas, xalqi yonida turib dushmanga qarshi kurashib o‘limini afzal ko‘rganida uning irodasiga dushman qoyil qolgan edi.
Hamid Olimjon «Men o‘zbek xalqi nomidan so‘rayman» degan maqolasida bu haqda shunday degan edi: «Mening xalqim o‘z kindigining qoni to‘kilgan tuproqni o‘z onasidan aziz ko‘radi. Mening xalqim o‘z bobolari ko‘milgan tuproqni o‘padi, shu to‘proqni harom, nopok qilgan odamni o‘ldiradilar. qadim o‘zbek botirlari uzoq sao‘arga ketganlarida bir hovuch Vatan tuprog‘ini doim o‘z yonlarida olib yurganlar. Chunki bu tuproq ularga o‘z tug‘ilgan erlarni eslatib turgan, xalq oldida ichgan qasamini yodga solgan. Vatanga bo‘lgan muhabbatini bir nafas ham unutdirmagan».
Yoshlar-Vatanimizning, millatimizning kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshiramiz. Buning uchun ular zimmalariga yuklatilayotgan eng murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila chuqur anglashlari, unga o‘zlarini hissalarini qo‘shishlari lozim.
Shuning uchun qurolli Kuchlarda xizmat o‘tayotgan har bir xizmatchi yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi shart. Vatanparvarlik yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Vatanparvarlik komillikni eng yorqin qo‘shinlaridan biridir. Shuning uchun ham Hadisi Shariflarida «Vatanni sevmoq- iymondandur» deb da’vat qilinadi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling