Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Noqis uldirkim, o‘zin komil degay
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Noqis uldirkim, o‘zin komil degay,
Komil ulkim, nuqson isbot aylagay. 35. Harbiy xizmatchilarni va jamoani o‘rganish usullari. Ma‘naviyatning mohiyatini ifodalovchi tarbiya jarayoni-bu jamoa shaklini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Jamoada ijobiy namuna ko‘rsatish tarbiya nazariyasining muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Jamoa deganda umumiy maqsad birgalikdagi faoliyat uchun jipslangan harbiylarning birlashmalari tushuniladi. Jamoa bu shaxs bilan aloqada bo‘lish quroli hisoblanadi. «Jamoa» so‘zi lotincha «couigo» - birlashtiraman, qo‘shaman, «coucktivus» - yig‘ilgan, to‘plangan ma’nosini anglatadi. Zamonaviy adabiyotlarda bu tushuncha ikki xil ma‘noda ishlatiladi: a) Jamoa-insonlarning har qanday guruhi, tashkiliy uyushmasi (masalan; korxona jamoai). b) Jamoa-yuksak darajada tashkil etilgan guruh. Pedagogik ma‘noda jamoa deganda kishilarning birlashmasi, ularning ma‘lum ijtimoiy majmuasi, ularni bog‘lab turadigan munosabatlarning mavjudligi tushuniladi. Jamoa-maxsus tashkillashtirilgan muayyan bir guruh hisoblanadi, u maqsadlarning birligi va umumiyligi bilan bog‘langan bo‘lib, maxsus boshqaruvchi shaxs tomonidan rahbarlikka oladi. Harbiy jamoa o‘zini ba’zi faoliyati orqali boshqa jamoalardan farq qilib turadi. Boshqa turdagi jamoadan farqi shundaki, harbiy jamoa: Birinchidan, umumiy, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan maqsad sari jamoa a’zolarning birgalikda intilishi: (jamoani maqsadlari ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga mos bo‘ladi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, davlat mafkurasiga, Konstitutsiyaga, qonunlarga qarshi chiqmaydi); Ikkinchidan, birgalikdagi faoliyat (ya’ni, qo‘yilgan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatli maqsadga erishish uchun bajariladigan jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatni umumiy tashkil etish); Uchinchidan, mas’uliyatli bog‘liqlik munosabatlarning mavjudligi (ya’ni, jamoa a’zolari orasida maqsad va faoliyatning birligini aks ettiruvchi maxsus munosabatlar hamda u bilan bog‘langan kechinmalar va baholovchi mulohazalarning birligi (ma’naviy jipslik) o‘rnatiladi va qoidalarni saqlab turishga asoslanadi. Shaxsiy munosabatlar esa shaxsiy faoliyat doirasinigina qamrab oladi); To‘rtinchidan, bu umumiy saylangan rahbarlik (o‘z-o‘zini boshqarish) organlarining mavjudligi (ya’ni, jamoada demokratik munosabatlar o‘rnatiladi). Jamoa ta‘sirida shaxs siyosiy, madaniy, axloqiy jihatdan tarbiya topadi. Jamoa bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro yordam, faqat o‘zi haqida emas, balki boshqalar haqida ham o‘ylashga intilish, jamoa manfaatini o‘z qiziqishidan ustun qo‘yish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Jamoada o‘rtoqlik va do‘stlik hissi mustahkamlanadi. Harbiy jamoa - harbiy xizmatchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy, irodaviy sifatlar, avvalo vatanparvarlik, Vatan, xalq va Prezidentga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga tarbiyalaydi. Bu jangchida mustaqillik ishining, taraqqiyot va istiqbolning haq ekanligiga chuqur g‘oyaviy ishonch hosil qilishadi. Hamda barcha harbiy xizmatchilarni milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalaydi. Qurolli Kuchlar jamoasidagi harbiy xizmatchining dastlabki kunlaridanoq jangchi mamlakat suverenitetini, hududiy yaxlitligini, xalqning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishga, istiqlol ideallariga sodiqlik bilan erishish mumkinligini chuqur tushunish va anglash lozim. Harbiylar jamoasi tarbiyaviy funksiyalar sohibiga aylangan holatdagina harbiy shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular jamoani asosiy uchta funksiyalarini hayotdan kechiradilar: 1. Tashkiliy funksiya - ya’ni kollekt o‘z ijtimoiy foydali faoliyatini boshqarishning chinakam subyektiga aylangan bo‘ladi. 2.G‘oyaviy tarbiya funksiya – ya’ni harbiy jamoani ma’lum g‘oyaviy-axloqiy e’tiqodlarning sohibi va targ‘ibotchiga aylanadi, harbiylarning g‘oyaviy-mafkuraviy va axloqiy shakllanishiga ta’sir etadi. 3.Rag‘batlantirish funksiyasi – ya’ni jamoa o‘z hayotining mazmundorligini oshirishda o‘z a’zolarining faolligi va tashabbuskorligini qo‘zg‘aluvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Askarlar jamoasi tarbiyasini amalga oshirishning o‘ziga xos pedagogik shartlari bo‘lib, ularning bajarilishi bu jarayonning samarali va sifatli kechishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Birinchidan, jamoa tarbiyasi uzluksiz jarayon bo‘lib, ya‘ni u ta‘lim-tarbiya jarayonining har bir bosqichida diqqat-e’tibor markazida turadi. Askarlik burchini ado etishi, hurmat-ehtiromni joyiga qo‘yish, rahm-shavqatli bo‘lish, o‘zaro hamjihatlik, boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘zgalarga yordam berish, el-yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish, mehnatsevar bo‘lish, bilim olishga intilish, ma‘naviy-axloqiy qadroiyatlarga ega bo‘lish va boshqa shu kabi tushuncha larni harbiylar ongiga singdirish, ularda Vatanga va ona-yurtga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha, amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarni olib boriladi. Ikkinchidan, jamoa tarbiyasini amalga oshirish jarayonida vatanparvarlik majburiy emas, balki unga ma‘naviy-axloqiy hamda g‘oyaviy mas‘uliyat va zaruriyat nuqtai nazaridan yondoshish muhimdir. Bu sharoitda askarlarni Shaxsiy manfaatlari Vatan manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Mamlakat kelajagi, yurt tinchligi, turmush farovonligi haqida qayg‘urish va boshqa Shu kabi tushuncha lar uning kundalik ehtiyojiga aylanadi. Bu ehtiyoj jamoaida askarni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga undaydi. Uchinchidan, jamoa tarbiyasini ma‘naviy-axloqiy va ma‘rifiy ishlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunda askarda milliy iftixor, g‘urur, milliy qadriyatlarni qadrlash tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga zamonaviy harbiy bilimlar asosini egallash, qurol-yaroq va harbiy texnikaning sir-asrorini bilishga qiziqish, intilish-tarbiyalanishi lozim. Shundagina yuksak e’tiqodli, aql-zakovatli, zarur sharoitda har tomonlama o‘ylab, to‘g‘ri yo‘l tanlay oladigan askarni tarbiyalash mumkin. Jamoaning rivojlanishi va jipslashuvchi ko‘p jihatdan uning faoliyati qanchalik mazmundor dinamik (jo‘shqin, harakat, o‘zgarishlarga boy) ekanligi bilan belgilanadi. Shu sabali jamoani tarbiyalashda istiqbol intilishlarini (kelajakdagi rivojlanishni, ko‘zda tutadigan maqsadlar sari intilishlarini) tashkil qilish juda muhimdir. Jamoani rivojlanish bosqichlari Biz harbiylarni xarakter xususiyatlarini, ularni oldiga qo‘yiladigan talablarni nazarga olib, jamoa rivojlanishini uch bosqichiga ajratib ko‘rsatamiz: Birinchi bosqichda, jamoa tarkib topadi, ya‘ni vujudga keladi (bu bosqich dastlabki jipslashuv bosqichi deb ataladi). Bu davrda jamoa avvalo pedagog xatti-harakatlarining maqsadi bo‘lib xizmat qiladi, ya‘ni tarbiyachi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan guruhni jamoaga aylantirilishi uchun bel bog‘laydi. Jamoaning tashkilotchisi pedagog bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarga shaklan qat‘iy, mazmunan aniq-ravshan, ma‘lum darajada ta‘sirli, ishontiruvchi, ixlos tug‘duruvchi talablar qo‘yadi. Ikkinchi bosqichda, jamoada faollarning ta‘siri kuchayadi. Pedagogning talablarini tarbiyalanuvchilarning bir qismi (ya‘ni, faollar) qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Endilikda faollar nafaqat pedagogning talablarini qo‘llaydi, balki o‘zlariga va o‘rtoqlariga ham talab qo‘yadi. Faollar jamoa manfaatlarini himoya qiladi, uning ehtiyojlarini tushunadi. Bu bosqichda jamoada o‘z-o‘zini tashkil qilish va o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmlari ishlay boshlaydi, jamoa tarbiya subyektiga aylana boshlaydi va unda alohida jamoa a‘zosini tarbiyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Uchinchi bosqichda, jamoa talab qo‘yadi va gullab-yashnaydi. Jamoa a‘zolari o‘zlariga va bir-birlariga talab qo‘yishadi. Har bir tarbiyalanuvchini tarbiyalash, har kimni muvafaqqiyatli pozitsiyasi haqida g‘amxo‘rlik, jamoani barcha a‘zolari orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish jamoaning muhim vazifalari bo‘lishi zarur. Jamoa muvafaqqiyatli ishlashi uchun boshqaruvchi organlarning tashkil qilishini talab etiladi. Jamoa organlari-bu saylangan yoki tayinlangan shaxslar bo‘lib, ularga jamoa a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash, ularning bajarilishini nazorat ishini muvofiqlashtirish va umumlashtirish xizmatini topshiradilar. Jamoa organlari ikki xil yo‘l bilan tuziladi: boshlang‘ich jamoalar vakillaridan iborat kengash saylanadi yoki jamoa organlari eng obro‘li vakillaridan saylanadi. Aktiv barcha organlar va ularning vakillari jamoa an‘analarini saqlaydilar, jamoadagi tan va hayot tarzini qo‘llab-quvvatlaydilar. Aktiv yaxshi ishlashi uchun uning vakillari o‘z vazifalarini va jamoa maqsadlarini yaxshi bilishlari kerak. Jamoani tashkil qilish va jipslashtirish tayanch yadro-aktivni tuzish va u bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega. Aktivni tuzish tajribasi haqida gapirar ekanmiz, shuni esga keltirishimiz mumkin: «Agar jamoa ahl-ittifoq ruhda tarbiyalangan bo‘lsa, bu jamoada har qanday qiyin muammolarni bartaraf, hal qilishi oson bo‘ladi». Rivoyatlarda jamoa haqida shunday iqtibos keltirilgan: Ota-ona to‘rt farzandni voyaga yetkazib, ularni qo‘lidan ish keladigan paytda ahllik va inoqlik oralarida uzoqlashib borayotganini sezadilar. Ota farzandlarini mehr-oqibati va ahil-inoqlikka tarbiyalash uchun bog‘ga chiqib un-un beshta navdani daraxtlardan olib hammasini bittaga boylab, bir xipcha qilib uyiga olib keladi. O‘g‘illar dasturxonga o‘tirgan paytda xipchani bolalarni qo‘liga beriladi va uni sindirishga chorlaydi. O‘g‘illar har biri qo‘lga olib harakat qiladi singdirolmaydi. Nihoyat ota xipchani oladi va bandidan ajratib, har bir o‘g‘liga bittadan berib, sindirishga chorlaydi. O‘g‘illar navdani osonlik bilan sindiradilar. Ota o‘g‘illariga deydi: -Bolalarim agar sizlar ham mana shu xipchaga o‘xshab bitta bo‘lib ahil-inoq bo‘lsalaringiz, sizlarni bellaringizni hech kim sindirolmaydi! Bu otani faoliyati to‘rt aka-ukalarni bir-biri bilan ahil-inoq, do‘stlik, rafoqat va «jamoa» bo‘lib yashash va ishlashda tarbiyalaydi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling