Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Tarbiyaning yakka va uzluksizligi xarakteri
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
58. Tarbiyaning yakka va uzluksizligi xarakteri.
Tarbiyaning mohiyati tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq maqsadga intiluvchan o‘zaro ta’siri, ular orasida ma’lum munosabatlarning tashkil qilinishi, tarbiyalanuvchilarning ahamiyatli ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishlariga imkon beruvchi faolliklarni rivojlantirishni anglatadi. Pedagogik jarayon sifatida tarbiyaning mohiyatini anglash uchun, ijtimoiy tajribaning turli tarkibiy qismlarini o‘zlashtirishining o‘ziga xos yo‘llariga aniqlik kiritish zarur. Tarbiya berishda har bir harbiy xizmatchini o‘ziga xos yakka xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bir qancha harbiylarni yoshi va bo‘yi bir xil bo‘lgan taqdirda ham ularni yakka xarakterlari farq qilinadi. Jumladan, ularning mijozi, xarakter xislatlari, qobiliyat va maylari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Yakka xususiyatlarga nisbatan foydali va muvofiq bo‘lgan tarbiya tamoyillarini boshqa shaxsga nisbatan aynan qo‘llaganda natijasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Harbiylar faoliyatida yakka holatlarda tarbiyalash boshqalarga nisbatan tanbeh va jazo sifatida tuyiladi. Harbiylarning ba’zilariga oddiy tanbehning o‘ziyoq samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo boshqalarga tanbeh berish kifoya qilmaydi, unga nisbatan jiddiyroq choralar ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bir askar ayrim axloqiy fazilatlarni tezda qabul qilib oladi va unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim askarlar esa bu xil sifatlarni o‘zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar. Demak, askarlarning har biri «Shaklda ham, mazmunda ham bir xil emasdir». Shuning uchun har biriga o‘ziga xos xususiyati va o‘ziga xos qilig‘ini o‘rganish lozim. Shundagina har bir askarga yakka holda qobiliyatiga, qiziqishiga, his-tuyg‘ulariga, zaif va kuchli tomonlarga qarab tarbiya ishini davom ettirish lozim. Shuni unutmaslik kerakki, tarbiya vazifalari va qonuniyatlari har bir guruhga hamma askarlarga bir xil bo‘ladi, ammo bu vazifalarni hal etish muammolari har bir harbiyga nisbatan har xil bo‘lishi mumkin. Tajribali ofitser jazo berish shakli va choralarini belgilaganda askarlarni xulq-atvori, sabablarini hisobga oladi. Buning uchun u harbiylarning individual xususiyatini yaxshi bilishi kerak bo‘ladi. Harbiylarga ta’lim-tarbiya berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak. Hamma tarbiyachilar harbiylarga bo‘lgan munosabatlarida bir-birlariga zid harakatda bo‘lmasliklari, bir xil yagona talab qo‘yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchillikka rioya etishi juda ham muhimdir. Shuningdek, tarbiyaning harbiylarga jadval ravishda ularga izchil va tizimli olib borish, ulardagi axloqiy fazilatlarning tez shakllanishiga insoniy xususiyatlarning rivojlanishiga juda muhim turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, bu qoidalar natijasida harbiylarda tarbiyani hayotning barcha jabhalarida doim singdirish va ularda ma’naviy dunyoqarash, tasavvur, o‘zligini anglash huquqini ta’minlaydi. Bilamizki, tarbiya-bu uzoq muddatli, uzluksiz jarayon bo‘lib, unda ota-ona, tarbiyachilar, kucha-ko‘y, jamoachilik, ta’lim muassasalari hamma bilan tarbiya vaqti boshlangandan so‘ng kamar boylab sistemali ravishda tarbiya jarayonini jonlashtirishlari zarur. Bolalar uch yoshgacha dastlab davlatning umumiy nazorati ostida tarbiyalanadilar. Uch yoshdan etti yoshgacha esa maxsus tashkil qilingan bolalar maydonchalarida bolalarga beriladigan tarbiya har xil o‘yinlar uyushtirish va himoya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Etti yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar davlat tomonidan ochilgan boshlang‘ich maktabda o‘qish, yozish, hisob, ashula va musiqa ilmini o‘rganar edi. O‘n ikki yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalar esa gimnastik maktabda palestrada o‘qiydilar. Palestrani tamom qilgan yoshlar aqliy ta’limning ikkinchi bosqichiga o‘tib, bunda arifmetika, geometriya va falakiyot fanlardan saboq oladilar. Bu fanlar asosan harbiy ishda qo‘llanishi tufayli o‘qitar edi. O‘n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha bo‘lgan yigitlar efebga o‘tib, unda harbiy-jismoniy tayyorgarlik oladilar, yigirma yoshga to‘lgan, ammo aqliy faoliyatga moyil bo‘lmagan yigitlar harbiy xizmatga o‘tadilar, ilmiy faoliyatga ega bo‘lgan yigitlar o‘ttiz yoshgacha tarbiyaning uchinchi bosqichida davom beradilar. Shuningdek tarbiyani uchinchi yuqori bosqichining maqsadi davlat xizmatiga layoqatli va to‘la ma’lumotli yoshlarni voyaga etkazishdir. Harbiylarni tarbiyalashda ko‘zlangan natijaga erishish uchun tarbiyaviy ishlar uzluksiz, ya’ni sitemali va izchil olib borishi shart. Tarbiyaning murakkabligi shundaki, uni yaxshi uyushtirilgan birgina ish yordamida yoki qisqa vaqt ichida hal qilib bo‘lmaydi. Tarbiyalashda amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz askarning oldingi egallangan axloqiy malaka va odatlariga asoslanishi, ularning hayotiy tajribalariga suyanish kerak. Shu asosda tarbiyaviy ishlar sistemali ravishda mazmunan kengayib, murakkablashib boradi. Tarbiya ishidagi izchillik va uzluksiz tamoyil shundan iboratki, har bir tarbiya ishi tarbiyachining umumiy ish planiga asosan ma’lum izchillikda, oldingi ishlarning mantiqiy sifatida tarbiya sohasida qilinayotgan ishlarni rivojlantirsin, mustahkamlansin va yanada yuqori darajaga ko‘tarsin. Tarbiyachining tarbiya sohasida belgilangan ishlari to‘la-to‘kis bajarilishi lozim. Bulardan birortasini ham bekor qilish lozim emas. Tarbiya berishda sistemalik tamoyili tarbiyani amalga oshiradigan barcha zvenolarning ishlab chiqarish jamoalarning, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutadi. Tarbiya jarayonida sistemalik va uzluksizlik (izchillik)ni ta’min etadigan muhim shartlaridan biri tarbiya sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash va mustahkamlashda uyg‘unlikka rioya etishdir. Ofitserlar va harbiy xizmatchilar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillarni bilishlari va ularni mohirlik bilan qo‘llay olishlari kerak. Bu harbiylarga xos fazilatlarni muvafaqqiyatli tarbiyalashga yordam beradi, shu bilan birga sotsial-demokratik tarbiyaning yo‘llari, vosita va metodlarini to‘g‘ri belgilab olishga imkon beradi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling