Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik mahorat


Download 67.69 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi67.69 Kb.
#1376366
1   2   3
Bog'liq
Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik

4. Harbiy psixalogiyaning metodlari.


Metod – bu haqiqatni bilib olish yo‘li. Eng umumiy (metodologik), umumiy
(bir qator fanlarga xos) va xususiy (alohida bir fanga xos) metodlar, Shuningdek,
usul va vositalar mavjud. Har qanday metod nazariya va metodologiyaga
asoslanadi.
Kuzatish metodi. Kuzatish eng keng tarqalgan o‘rganish metodi bo‘lib, uning
yordamida insonlar, harbiy jamoalar har xil sharoit va faoliyatlarda namoyon
qiladigan hissiyot, xatti-harakat, xulq-atvorlarning tashqi ko‘rinishlari namoyon
bo‘lishlari o‘rganiladi.
Kuzatish metodining o„ziga xos belgilari quyidagilar:
- har qanday kuzatish o‘zining maqsadiga ega bo‘ladi;
- kuzatish metodi o‘zining tizimlashganligi bilan ajralib turadi (masalan,
kuzatish asnosida kuzatilayotgan hodisa va psixik hodisalar (munosabatlar,
motivlar) o‘rtasidagi qat‘iy aloqadorlikni aniqlash imkoniyatining mavjudligi);
- kuzatilayotgan shaxslar yoki guruhlar soni va kuzatishlar soni yetarlicha
ma‘lumotlar yig‘ish hamda ularni matematik qayta tahlil qilish uchun yetarli
bo‘lishi lozim;

5. Harbiy faoliyat.


Harbiy faoliyat bu Inson o‘zining tashqi dunyoga bo‘lgan munosabatini faoliyat orqali
ifodalaydi. Faoliyatda inson o‘zida hosil bo‘lgan ma‘lum ehtiyojlarni qondirish
uchun fikran qo‘yilgan maqsadga erishadi. Maqsad deganda esa inson o‘zining u
yoki bu ehtiyojini qondirish uchun ma‘lum buyumga yo‘naltirilgan harakatining
ko‘zda tutilgan natijasi tushuniladi.
Harakat - bu faoliyatning nisbatan yakunlangan elementi bo‘lib, bu jarayonda
yanada soddaroq, bo‘laklarga bo‘linmaydigan, ma‘lum bir anglangan maqsadga
erishiladi. Faoliyat o‘zining tashqi (jismoniy) va ichki (ruhiy) tashkil
qiluvchilaridan iborat.
Tashqi jihat – tashqi olamga ta‘sir ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan
harakatlar bo‘lib, ular iroda, hissiyot va bilish jarayonlari kabi ichki (ruhiy) faoliyat
motivlari (sababchilari) vositasida amalga oshiriladi va boshqariladi.
Faoliyatning tashqi jihati harakat orqali ifodalanishi tufayli ularni mexanik,
fiziologik, psixologik nuqtai nazardan tavsiflash mumkin.
Mexanik jihatdan harakat - traektoriyasi, kuchi va maromi bilan belgilanadi.
Download 67.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling