Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik mahorat


Download 67.69 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi67.69 Kb.
#1376366
  1   2   3
Bog'liq
Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik

Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik mahorat.

Bajardi: Xabibjonov Azizullox

Reja:

  • 1. Harbiy pedagogikaning vazifalari.
  • 2. Harbiy psixologiyaning ofitser faoliyatidagi o`rni.
  • 3. Harbiy pedagogikaningn jarayonlari.
  • 4. Harbiy psixologiyaning metodlari.
  • 5. Harbiy faoliyat.

1. Harbiy pedagogikaning vazifalari.


“Harbiy pedagogika” qanday fan, nimani o‘rgatadi, degan savolga javob
topishdan oldin ―pedagogika‖ fani bilan qisqacha tanishib o‘tish lozim.
Kishilik jamiyatining qadimiy ibtidoiy, ya‘ni boshlang‘ich davrida odamlar
tayyor mahsulotdan foydalanishgan. Ovchilik, keyinchalik esa dehqonchilik va
turli-tuman hunarmandchilikning rivojlanishi odamlar mehnat tajribasining
oshishiga olib kelgan. Mehnat faoliyati borgan sari murakkablasha borib,
odamlarning shaxs sifatida shakllanishida va kishilik jamiyatining rivojlanishida
muhim rol o‘ynay boshladi. Mehnat odamlarning tarbiyasiga ta‘sir ko‘rsatib, tarbiyani hayotiy zaruriyat qilib qo‘yadi. Odamlarning mehnat ko‘nikmalari yosh
avlodga meros bo‘lib qola boshladi. Endi tarbiya mehnat faoliyatining, mehnat
tajribasining mahsuliga bevosita bog‘liq bo‘lib qoldi. SHu tariqa ijtimoiy hayotda
orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalarning
to‘planishi natijasida ta‘lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat,
ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma‘lum bilimlar boyib bordi.
“Pedagogika” atamasi qadimgi yunon tilidan kirib kelgan bo‘lib, bola
etaklovchi mazmunini bildiradi. Eramizdan oldingi III – I asrlarda qadimgi
YUnonistonda quldorlarning bolasini ovqatlantiradigan, sayr qildiradigan,
maktabga olib boradigan tarbiyachi-qullar ―pedagog‖ deb atalgan. Hozirgi kunga kelib, pedagogika alohida fan sifatida taraqqiy etgan bo‘lib,
o‘zining bir necha mustaqil tarmoqlariga ega. Jumladan, maktabgacha tarbiya
pedagogikasi, umumiy ta‘lim pedagogikasi, oliy ta‘lim pedagogikasi, pedagogika
tarixi, kasb pedagogikasi, maxsus pedagogika – defektologiya (surdopedagogika –
kar va soqov bolalarni o‘qitish va tarbiyalash; tiflopedagogika – ko‘zi ojiz
bolalarni o‘qitish; oligofrenopedagogika – aqliy rivojlanishdan orqada qolgan
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash; logopediya – nutqi yaxshi rivojlanmagan
bolalarni o‘qitish) va boshqalar.
Harbiy pedagogika askarlar va harbiy jamoalarga ularda doimiy yuksak
jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishlari, tinchlik davrida va urush sharoitida o‘z
harbiy burchini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun yuksak ma‘naviy, siyosiy va
jangovar xislatlarni, jangovar mahoratni shakllantirish, aqliy va jismoniy
kuchlarini rivojlantirish, ma‘naviy-ruhiy tayyorgarligini amalga oshirishning
pedagogik qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.

Download 67.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling