Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik mahorat
Harbiy psixologiyaning ofitser faoliyatidagi o`rni
Download 67.69 Kb.
|
Harbiy rahbar va ofitserlar faolyatida psixologik – pedagogik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Harbiy pedagogikaning jarayonlari.
2. Harbiy psixologiyaning ofitser faoliyatidagi o`rni.Harbiy psixologiyaning ofitser faoliyatidagi o`rni, xususan harbiy psixologiya ham Shunday fanlar sirasiga kiradi. Har qanday faoliyatda, jumladan, harbiy faoliyatda kishilarning psixologik xususiyatlari katta rol o‘ynaydi. Faoliyatga tirik mavjudotning (jumladan, insonning ham) o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida atrof-muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro ta‘sirlaShuv jarayoni sifatida qaraladi yoki boshqacha qilib aytganda, insonning moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni yaratishga yunaltirilgan, yakunlangan xatti-harakatlar tizimiga faoliyat deyiladi. Harbiy psixologiya - bu harbiy xizmatchi va jamoalarning harbiy xizmat sharoitida shakllanish, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, shular asosida qo‘mondonlar, harbiy xizmatchilarning o‘quv jangovar vazifalarini takomillashtirishlari uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiquvchi fan. Ofitser faoliyati ham. 3. Harbiy pedagogikaning jarayonlari.Harbiy-pedagogik jarayon – komandirlar (boshliqlar) va bo‘ysunuvchilarning ikki tomonlama faol faoliyati bo‘lib, uning doirasida nafaqat askarlarning harbiy mahorati shakllantiriladi, balki o‘zida ma’naviy-axloqiy xislatlarni mujassam etgan, aqlan va jismonan etuk, ijtimoiy faol komil inson shaxsi tarbiyalanadi. Harbiy-pedagogik jarayonning asosini jangovar, ijtimoiy-siyosiy, ruhiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiya tashkil etadi. Harbiy-pedagogik jarayonning yo‘nalishi va mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Avvalambor, askarlar ta’limi va tarbiyasi jarayoni mamlakatdagi ijtimoiy tizimga bog‘liq. Ta’lim prinsiplarining mohiyati va mazmuni ham ana shu talablardan kelib chiqadi. Harbiy-pedagogik jarayonning mazmuni shuningdek mamlakatning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Mamlakat iqtisodi qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar moddiy-texnik asosi ham shunchalik rivojlanadi, zamonaviy qurol-yarog‘, texnika bilan ta’minlanganlik darajasi ortadi. Harbiy-texnik omil ta’siri ostida ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari o‘zgarib, takomillashib boradi. Harbiy-pedagogik jarayon o‘zining ma’lum tizimiga ega. Odatda, u ikki bosqichga, ya’ni askarlarning yakka tayyorgarligi va bo‘linmalar tayyorgarligiga bo‘linadi va bu ikki bosqich o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘ladi. Download 67.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling