Harbiy-vatanparvarlik, axloqiy-ruhiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boshqarmasi


Download 10.39 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi10.39 Kb.
#1082476
Bog'liq
Psixologik kitob


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI

HARBIY-VATANPARVARLIK, AXLOQIY-RUHIY TARBIYA

VA YOSHLAR BILAN ISHLASH BOSHQARMASI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASE

HARBIY-TEXNIK INSTITUTI

D. X. Xusainov, T. T. Qodirov. N. Z. Djanonov, D. A. Turaxanova

HARBIY XIZMATCHILARNING RUHIY HOLATINI O'RGANISH VA PSIXOLOGIK TA'SIR ETISH USULLARI

amaliy-uslubiy qo'llanma

TOSHKENT

KIRISH


So'nggi yillarda psixologiya hayotimizning turli sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Psixologik testlardan ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida keng foydalanilmoqda. Buning sababi insonning har qanday faoliyat tizimida yetakchi ekanligining tan olinishidadir. Shaxsning aqliy, emotsional va shaxsiy xususiyatlari subyektning konkret hayotiy vaziyatlardagi muvaffaqiyatini belgilaydi. Testlar va boshqa psixodiagnostik metodikalar insonning qanday sifatlarga ega ekanligini tez va oson aniqlashga yordam beradi. Bunday usul bilan olingan bilimlar individ hayotida bo'lib o'tgan hodisalarni tushuntirishga, kelajakdagi macga erishishdagi to'siqlarni muvaffaqiyat bilan chetlab o'tishga imkoeradi.

Keyingi yillarda harbiy bo'linmalarni psixolog mutaxassis bilan ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki psixologlar harbiy xizmatchi shaxsining ruhiyatidagi salbiy o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlasalar, ularga samarali yordam berish imkoniyati yuqori bo'ladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Qurolli Kuchlar Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoyev: "Men harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bilan bog'liq bir qator muammolarga e'tibor qaratmoqchiman....

Harbiy xizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli boʻlishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo'layotgan qurolli to'qnashuvlarda koʻzga tashlanayotgan bir holatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ya'ni, jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkib o'rtasidagi yo'qotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy ta'sir azarbalar bilan bog'liq ekani ma'lum bo'lmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir.

Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari barcha soifadagi harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bo'yicha prinsipial jihatdan yangi me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish zarur ekanligiga e'tibor qaratganlar.

Aynan shu sababli, bugungi kunda harbiy bo'linmalarda psixologik xizmat faoliyatiga alohida ahamiyat berilmoqda. Harbiy bo'linmalardagi psixologlar harbiy xizmatchilaming ruhiy holatlarini muvozanatlashtirish, ulardagi psixologik jarohatlami bartaraf etish faoliyati bilan shug'ullanmoqdalar. Bu jarayonida psixologik treninglar alohida ahamiyat kasb etadi. Psixologik treninglarni o'tkazish alohida e'tiborni talab etadi. Harbiy bo'linmalamming psixologlari turli mavzudagi treninglarni o'tkazishdan avval treningning quyidagi prinsiplarini tushuntirib o'tishlari shart:

Hozir va shu yerning o'zida prinsipi Bu prinsip trening ishtirokchilarini trening jarayonida guruhda yuz berayotgan hodisa, o'sha vaqtning o'zida yuzaga chiqayotgan hissiy kechinmalar va fiklar, ularni tahlil qilib borish predmeti bo'lishiga yo'naltiradi. Hozimning o'zida amalda sinashga va treningda belgilangan holatlarni amalda his etib sezishga, treningda ko'zlangan maqsad yuzasidan amaliy ko'nikmalari shakllanishiga yordam beradi.

O'tmishdagi va kelajakdagi proyeksiyalar ta'qiqlanadi. Hozirgi vaqtga e'tibor qilish prinsipi trening qatnashchilariga chuqur refleksiya (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) qilishga, o'ziga, fikriga va hissiyotlariga e'tiborini qaratishga va o'zini tahlil qilish qobiliyatini shakllanishiga yordam beradi. O'zaro hurmat va eshita bilish prinsipi

Trening ishtirokchilari bir-birlarining shaxsiy kechinmalariga nisbatan hurmat bilan qarashlari, olamni masxara qilmasliklari, bildirayotgan fikrlarini bo'lmasdan oxirigacha eshitishlari lozimligi, bir-biriga taklif yoki alarga nisbatan o'z fikrlarini bayon etishda ularning shaxsiyatiga tegmasdan oʻzaro hurmat qilib faoliyat olib borishlari zarurdir.

Bu prinsip ishtirokchilami orasida do'stlik rishtalarining p muhokama etilayotgan shaxsga nisbatan hurmat bilan qarash beradi chunoq o'rganishga, ular mustahkamlashda rganishda va o'zga tirishga yordam

Samimiylik va ochiqlik prinsipi Trening a'zolarining yolg'on so'zlamasligi va ikkiyuzlamachilikka yo'l qo'ymasliklari lozim. O'tkazilayotgan treningda ishtirokchilar o'zini qiynayotgan muammo va ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan qanchalik ochiq oydin va samimiy tarzda so'zlasalar muammoning yechimini topish osonlashadi hamda guruh bilan olib borilayotgan psixologik trening samaradorligi ortadi.

Shu o'rinda o'zining "Men" ni ochish ruhan sog'lom va kuchli shaxs belgisi. O'z shaxsini ochish boshqa insonga qaratilgan bo'lsada, u insonga o'zini o'zi anglashni, o'zini aksini o'sha vaqtning o'zida ko'ra olish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, samimiylik va ochiqlik sheriklaring bir-biriga nisbatan ochiq tarzda, ishonch bilan muhim bo'lgan axborotlarni almashishga yordamlashib, ishtirokchilardan sof javoblarni yetkazishga hamda gurut shaxslararo hamkorlik mexanizmini ishga tushurishga va jamoan jipslashtirishga ko'maklashadi.

Shu maqsadda psixologik trening olib boruvchi shaxs ishtirokchilarga trening boshlanishidan oldin samimiylik va ochiqlik prinsipiga amal qilgan tarzda treningda qatnashish zarurligini tushuntirib o'tishi zarur. Men prinsipi

Ishtirokchilaming asosiy diqqati o'zini anglashga, o'zini tahlil etishga

refleksiyaga qaratilishi shart. Hatto guruhdagi boshqa bir ishtirokchiga baso berishda o'zida yuzaga kelayotgan his-tuyg'ularini bayon etish orqali amalga oshirishlari lozim. “Biz o'ylaymizki…”, “bizning fikrimiz o'zgacha... "bizning

hisoblashimizcha... kabi so'zlami ishlatgan holda, aniq bir insonning his

Skrlarini "Biz so'ziga mas'uliyatini yuklab qo'yish ta'qiqlanadi.

Har bir fikr bildirishlar "meni his etishim bo'yicha mening



mcha..." "mening tahminim bo'yicha "mening tushunishim boricha" va "men tajribamdan kelib chiqqan holda kabi shaxsning hur formasida shaxsiy kechinmalann of moglashishlari kerak Bu holat treningdi ishtirokchilarning mas'uliyatni o'z zimmas chisi va har bir narsani boricha qabul qilish qobiliyati shakllantirishda
Download 10.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling