Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi


Download 1.16 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1519214
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu-t-ch

1902-yil 25-yanvar sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Komsomol yo‘llanmasi asosida 1922-yilda Sovet armiyasi safiga kirgan. Sovet ittifoqida Baku birlashgan harbiy maktabini hamda 1943-yilda K. E. Voroshilov nomidagi Sovet ittifoqi qurolli kuchlari bosh shtabining harbiy akademiyasini tamomlagan. General-mayor, gvardiya o‘qchi diviyazi qo‘mondoni. To‘rt marotaba Qizil Bayroq ordenlari bilan, bir marotaba II darajali Suvorov ordeni bilan taqdirlangan. Jangovor topshiriqlarni namunali bajarib, janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumining 1965-yil 6-may sanasidagi farmoyishi bilan General-mayor Raximov Sobir Umarovichga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

Mamadali Topvoldiyev Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlog‘ida tug‘ilgan. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. 1941-yildan frontda, Borisov shahri yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushgan. 1942-yilda asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka bo‘linmasi komandiri bo‘lgan. Mamadali Topvoldiyev Mogilyov viloyati Krugloye rayonidagi janglarda alohida jasorat ko‘rsatgan. 1944-yili avgustda Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan. Mogilyov viloyatining Krugloye shaharchasidagi ko‘chaga Mamadali Topvoldiyev nomi berilgan.


Eslab qoling!
Hech shubhasiz, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev

Vatan tinchligi va osoyishtaligi uchun jonini fido qilgan yurtlar xalqning asl farzandlaridir. Ular uchun Vatan tinchligi muqaddas burch hisoblanadi. Mustaqillikni himoyasi yo‘lida so‘nggi nafaslarigacha o‘z burchlariga sodiq qolgan jasur o‘g‘lonlar nomi, yodi xalqimiz qalbidan hech qachon ko‘tarilmaydi. Chunki mardlar o‘lmaydi, ularning jismi yo‘qolsa-da, nomi, jasorati qalblarda mangu qoladi.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling