Harbiy xizmatchilarni harbiy
Download 42.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqHarbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- KEYINGI SLAYD
KEYINGI SLAYD
Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xizmat qilayotgan harbiy xizmatchini millati, tili, kasbi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar Vatanga boʻlgan sadoqatini shakllantirish, fuqarolik burchlarini va konstitutsiyaviy majburiyatlarni bajarishga, jamiyat va davlatimizning manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarning koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatiga aytiladi. Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda taʼlim muassasalarining faoliyati asosiy rol oʻynaydi. KEYINGI SLAYD Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha mamlakatimizda ham bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sababi Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikasiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda Harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bogʻliq dolzarb vazifalar va ularni hal yetish yoʻllari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, taʼlim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, oʻzaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. KEYINGI SLAYD Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fyevraldagi 140-son qaroriga binoan “Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” ishlab chiqilgan boʻlib ushbu konsepsiyaning 2 bobida Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalari aniq belgilab berilgan. Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador boʻlgan davlat xizmati turlarida faollik koʻrsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Quyidagilar Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi: - Harbiy xizmatchilarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish; - qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish; - milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash; - yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish; - har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-tyexnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega harbiy xizmatchilarni tarbiyalash; - Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish. “Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiylarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha qoʻyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb oʻylayman: Birinchidan mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish va harbiy xizmatchilar orasida kasbiga hurmat va eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida “maʼnaviyat soatlari”da Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga oid, harbiy kasb va harbiylar hayotiga oid mavzularda mashgʻulotlarni tizimli tashkil etish; Ikkinchidan 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar hamda urush qatnashchilari, boshqa jangovar harakatlar qatnashchilari ishtirokida harbiy xizmatchilar bilan rejali uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli vektorinalar tashkil qilish, muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va talaba yoshlar oʻrtasida harbiy sport musobaqalarini tashkillashtirib borish, harbiy sohaga oid mavzularda insholar tanlovi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish; Uchinchidan 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari koʻrsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini harbiylar orasida tushuntirish, targʻib va tashviq qilish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash, holidan xabar olish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlar ishtirokida harbiy xizmatchilarning tashrifini tashkil etish;. Toʻrtinchidan taʼlim muassasalarida harbiy sportga oid to’garaklarni tashkil etish, jumladan “Qoʻl jangi”, “Yozgi biatlon”, “Merganlik” kabi sport turlaridan to’garaklar ochish va talaba Harbiy xizmatchilarni qatnashishini taʼminlash; Beshinchidan taʼlim muassasasiga yaqin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlari bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etish, vatanparvarlik tarbiyasiga doir hamkorlik rejasini ishlab chiqish va amalda qoʻllash; Oltinchidan taʼlim muassasada oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilarini ishtirokini taʼminlash va harbiy xizmatchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish borasida tajriba almashinish. Download 42.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling