Harf birikmalari va qo„sh undoshlarning o„qilishi qu
Download 146.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Digraflar Digraf deb ikkita undosh harf birikmasining bitta tovush singari talaffuz etilishiga aytiladi. Lotin tilida 4 ta digraf bor. Har bir digrafda h
- Eslab qoling! 1. [f] tovushini lotincha so „
Harf birikmalari va qo„sh undoshlarning o„qilishi qu - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [kv] deb o„qiladi: aqua [akva]- suv Quercus [kverkus] - dub, eman ngu - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [ngv] deb o„qiladi: unguentum [ungventum] – surtma lingua [lingva] - til su - harf birikmasi a,e unli harflari oldidan kelganda [sv] deb o„qiladi: suasor [svazor]-maslahatchi Qolgan hollarda esa [su] deb o„qiladi: suillus [suillus] - cho„chqa - i (-si) ti - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [si] deb o„qiladi: solutio [solutsio] - eritma injectio [inyeksio] - in‟yeksiya ti - harf birikmasi x, s undosh harflaridan keyin kelsa [ti] deb o„qiladi: mixtio [mikstio]- aralashma combustio [kombustio] - kuyish sch - harf birikmasi [sx] deb o„qiladi: Schizandra [sxizandra]- limonnik. Lekin lotin tiliga boshqa tillardan o„tgan so„zlarda bu harf birikmasi [sh] deb o„qiladi: Schostakovsky [shostakovskiy] - Shostakovskiy. Digraflar Digraf deb ikkita undosh harf birikmasining bitta tovush singari talaffuz etilishiga aytiladi. Lotin tilida 4 ta digraf bor. Har bir digrafda h harfi mavjud. ch - digrafi [x] deb talaffuz qilinadi: Chininum [xininum] - xinin charta [xarta] – qog„oz ph -digrafi [f] deb talaffuz qilinadi: pharmacologia [farmakologia] - farmakologiya Morphinum [morfinum] - morfin rh - digrafi [r] deb talaffuz qilinadi: Rhamnus [ramnus] - tog„jumrut rhizoma [rizoma] - ildizpoya th - digrafi [t] deb talaffuz qilinadi: 19 Mentha [ menta] - yalpiz Thermopsis [termopsis]- termopsis. Eslab qoling! 1. [f] tovushini lotincha so„zlarda f harfi, yunonchadan o„tgan so„zlarda ph digrafi, [t] tovushini lotincha so„zlarda t harfi, yunonchadan o„tgan so„zlarda th digrafi, [r] tovushini lotincha so„zlarda r harfi, yunonchadan o„tgan so„zlarda rh digrafi ifodalaydi. 2. Kimyoviy preparatlar nomlarida qo„llaniladigan yunoncha so„z yasovchi qo„shimchalarning yozilishini eslab qoling: -meth- (methylium) - metil -aeth- (aethylium) - etil -phen- (phenylium) - fenil -thi (theion) - oltingugurt -chlo (r)- (chlorum) – xlor. Download 146.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling