Hasanova-gulshoda pdf
Download 35.09 Kb. Pdf ko'rish
|
hasanova-gulshoda
Psixolog va pedagoglar faoliyatida rivojlanish psixologiyasi boʻyicha bilimlarning ahamiyati Reja: 1.Psixolog faoliyatida rivojlanish psixologiyasining oʻrni; 2.Pedagog faoliyatida rivojlanish psixologiyasining oʻrni; Biz shunday bir zamonda yashayapmizki, globallashayotgan zamonda jamiyatimiz ijtimoiydan individuallashayotgan zamonga aylana boryapti. Bunday davrda har bir shaxs oʻzining ontogenezida turli xildagi oʻziga xos xulq-atvorni namoyon etib boradi. Misol tariqasida koʻrib chiqadigan boʻlsak, uch yoshli bola bilan katta yoshli insonning xulq- atvorida katta tafovutlarni kuzatishimiz mumkin. Shunday ekan, biz hammaga ham uning yoshidan qatʼiy nazar bir xil muomalada boʻla olmaymiz. Hozirda psixolog faoliyatida rivojlanish psixologiyasining oʻrni haqida fikr yuritadigan boʻlsam, ontogenez psixologiyasi psixologlar faoliyatida nafaqat boshqa kasb egalarining hayot va kasbiy faoliyatida ham uchrab turadi. Biz bu jarayonni har bir kishining muloqot almashinuvida koʻrishimiz mumkin. Yoshi katta insonlar bolalarga oʻzgacha ohangda, oʻzlarining farzandi tengi insonlarga esa umuman boshqacha ohangda nasixat qilishlari, maslahat berishlarini kuzatishimiz mumkin. Psixolog faoliyatida bu soxaning oʻrni beqiyos. Rivojlanish psixologiyasi bir necha yosh davrlarni oʻz ichiga oladi va bu davrlar bir-biriga oʻxshamasligi va bir-birini qaytarmasligi bilan ajralib turadi. Har bir yosh davrida inson oʻziga xos xulq-atvorni, temperamentni, hissiyot, emotsiya va boshqalarni namoyon qiladi. Misol tariqasida goʻdaklik davrida bolaning nutqi rivojlanmagan va u atrofidagi narsalarni anglashga juda yosh boʻladi. Goʻdakda avvalo bilish jarayonlaridan sezgi faoliyatini koʻrishimiz mumkin. Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar), эr va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go‘dakning dastlabki oddiy aks эttirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog‘atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to‘la va anglab aks эttirish darajasigacha taraqqiy эtadi. Inson zotining turli jihatlarini o‘rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, эtnografiya kabi fanlar shug‘ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, sub’ekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug‘ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi va tadqiq qiladi (qarang Э.G‘oziev)1. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv - qulay) davrlari mavjud bo‘lib, ular individning o‘zi yashab turgan muhitda (oila, bog‘cha, maktab va xok) tutgan o‘rni, bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o‘sishi darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko‘ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog‘i - bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasini faqat miqdor jihatdan эmas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo‘lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda ontogenez psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib “inson omili” masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Ontogenez psixologiyasining o‘rganish predmeti o‘ziga xos yosh davrlari, bir davrdan keyingi davrga o‘tish sabablari va ularning mexanizmlari, tendensiyalari, bosqichlari, shuningdek, umumiy inson taraqqiyoti jarayonida psixik rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bunga insonlarning individual va yosh xususiyatlari, psixik jarayonlar va turli faoliyat turlarining rivojlanishi hattoki shaxs sifatlarining shakllanishini ham kiritish mumkin. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa- da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar -rivojlanish psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Rivojlanish psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir. Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar rivojlanish psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir. Rivojlanish psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta'siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir. Agar rivojlanish psixologiyadini pedagoglar faoliyati bilan bogʻlaydigan boʻlsam, har bir pedagog oʻz ongi-shuurida psixologni tarbiyalashi lozim deb oʻylayman. Pedagog soʻzining lugʻaviy maʼnosi bola yetaklovchi degan maʼnoni beradi demak pedagoglar oʻsib kelayotgan yosh avlodni yomonlik tomon emas balki ilm-maʼrifat va yaxshilik sari yetaklaydi. Pedagoglik kasbini tanlagan shaxs kelajakda oʻquvchilarga bizgʻunchi vayronkor mafkurani singdiraman, shunga oʻxshash narsalarni oʻrgataman deb tanlamaydi Download 35.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling