Hasanova-gulshoda pdf


Download 35.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi35.09 Kb.
#1150147
Bog'liq
hasanova-gulshoda



Psixolog va pedagoglar faoliyatida rivojlanish psixologiyasi boʻyicha bilimlarning ahamiyati Reja:
1.Psixolog faoliyatida rivojlanish psixologiyasining oʻrni;
2.Pedagog faoliyatida rivojlanish psixologiyasining oʻrni; Biz shunday bir zamonda yashayapmizki,
globallashayotgan zamonda jamiyatimiz ijtimoiydan individuallashayotgan zamonga aylana boryapti.
Bunday davrda har bir shaxs oʻzining ontogenezida turli xildagi oʻziga xos xulq-atvorni namoyon etib
boradi. Misol tariqasida koʻrib chiqadigan boʻlsak, uch yoshli bola bilan katta yoshli insonning xulq-
atvorida katta tafovutlarni kuzatishimiz mumkin. Shunday ekan, biz hammaga ham uning yoshidan
qatʼiy nazar bir xil muomalada boʻla olmaymiz. Hozirda psixolog faoliyatida rivojlanish
psixologiyasining oʻrni haqida fikr yuritadigan boʻlsam, ontogenez psixologiyasi psixologlar
faoliyatida nafaqat boshqa kasb egalarining hayot va kasbiy faoliyatida ham uchrab turadi. Biz bu
jarayonni har bir kishining muloqot almashinuvida koʻrishimiz mumkin. Yoshi katta insonlar
bolalarga oʻzgacha ohangda, oʻzlarining farzandi tengi insonlarga esa umuman boshqacha ohangda
nasixat qilishlari, maslahat berishlarini kuzatishimiz mumkin. Psixolog faoliyatida bu soxaning oʻrni
beqiyos. Rivojlanish psixologiyasi bir necha yosh davrlarni oʻz ichiga oladi va bu davrlar bir-biriga
oʻxshamasligi va bir-birini qaytarmasligi bilan ajralib turadi. Har bir yosh davrida inson oʻziga xos
xulq-atvorni, temperamentni, hissiyot, emotsiya va boshqalarni namoyon qiladi. Misol tariqasida
goʻdaklik davrida bolaning nutqi rivojlanmagan va u atrofidagi narsalarni anglashga juda yosh
boʻladi. Goʻdakda avvalo bilish jarayonlaridan sezgi faoliyatini koʻrishimiz mumkin. Ontogenez
psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar,
эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish
jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va
hokazolar) rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat
kabilar), эr va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy
jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni
to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga
yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va
shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash
ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs
sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga xos
xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi
go‘dakning dastlabki oddiy aks эttirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog‘atga yetgan insonlarga
xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to‘la va anglab aks эttirish darajasigacha
taraqqiy эtadi. Inson zotining turli jihatlarini o‘rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy
nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, эtnografiya kabi fanlar shug‘ullangani kabi uning
kamol topishidagi qonuniyatlarni, sub’ekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman,
odam zotining tug‘ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari
sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi va tadqiq qiladi (qarang
Э.G‘oziev)1.
Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va
boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv
- qulay) davrlari mavjud bo‘lib, ular individning o‘zi yashab turgan muhitda (oila, bog‘cha, maktab va
xok) tutgan o‘rni, bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o‘sishi
darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko‘ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola
shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog‘i -
bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasini faqat
miqdor jihatdan эmas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi
haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi. Umumiy psixologiya psixika va
uning zohir bo‘lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, ontogenez psixologiyasi turli
yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o‘ziga xos


omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi
insonlarning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim
va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda ontogenez
psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi
muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun XXI asrga kelib “inson omili” masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Ontogenez psixologiyasining o‘rganish predmeti o‘ziga xos yosh davrlari, bir davrdan keyingi davrga
o‘tish sabablari va ularning mexanizmlari, tendensiyalari, bosqichlari, shuningdek, umumiy inson
taraqqiyoti jarayonida psixik rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bunga insonlarning individual va yosh
xususiyatlari, psixik jarayonlar va turli faoliyat turlarining rivojlanishi hattoki shaxs sifatlarining
shakllanishini ham kiritish mumkin. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari
mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib
borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-
da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va
tadqiqot vazifalariga egadir Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi
qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning
shaxsiga xos xususiyatlar -rivojlanish psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki,
shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay
turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi.
Rivojlanish psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental
ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining
tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan
holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga
xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar rivojlanish psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi,
chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar
psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar
(gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir. Rivojlanish psixologiyasi fanining nazariy
vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon
bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta'siri xususiyatlarini o’rganishdan
iboratdir. Agar rivojlanish psixologiyadini pedagoglar faoliyati bilan bogʻlaydigan boʻlsam, har bir
pedagog oʻz ongi-shuurida psixologni tarbiyalashi lozim deb oʻylayman. Pedagog soʻzining lugʻaviy
maʼnosi bola yetaklovchi degan maʼnoni beradi demak pedagoglar oʻsib kelayotgan yosh avlodni
yomonlik tomon emas balki ilm-maʼrifat va yaxshilik sari yetaklaydi. Pedagoglik kasbini tanlagan
shaxs kelajakda oʻquvchilarga bizgʻunchi vayronkor mafkurani singdiraman, shunga oʻxshash
narsalarni oʻrgataman deb tanlamaydi

Download 35.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling