Hasanxon JAMOLXONOV
HOZIRGI O‘ZBEK
ADABIY TILI
Grafika, Orfografiya va
Orfoepiya bo‘limlari bo‘yicha
Urganch – 2022
GRAFIKA
Yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. «Grafema» termini fanga I.A.Boduen de Kurtene tomonidan kiritilgan. Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo'lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Barcha harflarning optik-grafik tasviri uning ifoda plani sanaladi. Ifodalayotgan barcha ma’nolari uning mazmun plani deb yuritiladi.
? belgisining ifoda plani uning koʻrinishi, mazmun plani soʻroq ohangidir.
Grafemalar o'zlarining yozuvdagi vazifalariga ko'ra 4 guruhga boʻlinadi:
1. Fonografema. Bular ham oʻz ichida 2 guruhga boʻlinadi: monograf (a,b,d…) va poligraf (sh, ch, ng) (analitik). ota, vagon… (bifonemali grafema). Sharq – 4 fonema, 4 grafema, 5 harf, onam – 4 fonema, 4 grafema, 4 harf…
2. Prosodemografema: urg‘u, tinish belgilari (10 ta)
3. Logografema: raqamlar.
4. Morfografema: simvollar, matematik amallar
Diakritik harflar o'z referantiga (kodlashtirilgan til birligiga) ega bo'lmagan, ammo so'z qismlari yoki fonemalarning o'ziga xos jihatlariga (differensial belgilarga) ishora qiladigan harflardir. Masalan, kirill o'zbek yozuvidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari shunday harflar sanaladi.
Grafika - yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi.
Grafema - grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo'lgan semiotik belgi.
Fonografema - grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi.
Do'stlaringiz bilan baham: |