Hasharotlar ekologiyasi 8-ma’ruza: muhit faktorlarining hasharotlarning ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishiga ta’siri reja


Simbioz - birgalikda bir-biriga yordam berib yashash (chumolilar, o’simlik shiralari va boshqalar). Kommensalizm yoki tekinxo’rlik


Download 18.6 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi18.6 Kb.
#1498636
1   2   3
Bog'liq
8.entomologiya

Simbioz - birgalikda bir-biriga yordam berib yashash (chumolilar, o’simlik shiralari va boshqalar).
Kommensalizm yoki tekinxo’rlik — bir hasharotning foyda keltirmagan holda, boshqa turning oziqa zaxirasi hisobiga birga yashashi.
Parazitizm - bitta «birga yashovchining» boshqasiga tashlanishi bilan tavsiflanadi, bunda xo’jayin deb ataladigan o’lja sekin-asta halok bo’ladi. O’z xo’jayini hisobiga xo’jayin tanasining tashqi tomonidan oziqlanuvchi parazitlar ektoparazitlar yoki tashqi parazitlar deyiladi (chivin, ko’rpa-yostiq qandalalari, burgalar, hasharotlarda parazitlik qiladigan pardaqanotlilar va b.). Xo’jayin tanasining ichida yashovchi parazitlarni endoparazitlar yoki ichki parazitlar deyiladi. Gelьmintlar (yumaloq chuvalchanglar), hayvon va hasharotlar hamda o’simliklar ichida tekinxo’rlik qiladigan pardaqanotli hasharotlar turkumining ko’p vakillari ichki parazitlarga misol bo’la oladi. Birlamchi parazitlarning ikkilamchi parazitlari bo’lishi mumkin, ular ustama parazitlar deyiladi. Parazit hasharotlar o’z o’ljasiga uning barcha fazalarida (tuxum, lichinka, g’umbak va yetuk zot) hujum qilishi mumkin.
Parazitlar bir xil narsa yeydigan (yakkaxo’r) va hammaxo’r bo’lishi mumkin. Keng tarqalgan va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan parazitlardan yaydoqchilar ma’lumdir (trixogramma, brakon va b.). Ular pardaqanotli hasharotlar turkumiga mansubdir. Bu parazitlar o’z xo’jayinining tanasiga minib olib terisini teshib tuxum qo’yadi.
Yirtqichlik parazitlikdan shu jihatdan farq qiladiki, bunda yirtqich xujum qilishi bilan o’lja tez orada halok bo’ladi. Zararkunandalarga qushlar, qir sichqoni, hasharotlar va boshqalar hujum qiladi. Yirtqich hasharotlar ko’p hollarda o’z turining vakillariga hujum qilmaydi, ammo ba’zilari o’z qarindoshlarini ham yeb qo’yadi. Bunday hodisa kannibalizm deyiladi. Kannibalizm hodisasi ba’zi o’simlikxo’r turlarda (masalan, g’o’za tunlami, chigirtkalar) xamda oltinko’z lichinkalarida ham sodir bo’ladi.
«Quldorlik» birga yashashning bir ko’rinishi bo’lib, bu hodisa faqat chumolilarning ba’zi turlarida uchraydi. Bunda ular begona chumoli inidan lichinka va g’umbaklarni tutib olib, bu lichinka va g’umbaklardan yetuk ishchi chumolilar o’stiradilar, bular keyin in «aholisini» ko’paytirib shu in ishchilari bilan birgalikda ishlaydilar.
Ayrim turlar o’rtasida oziq-ovqat va sharoit uchun «raqobat» ruy beradi. U ko’pincha biotopdagi biotsenoz a’zolari o’rtasida kuzatiladi. Raqobat qiluvchilar qanchalik tig’iz bo’lsa, u shu qadar kuchayadi. Ayrim turlar ichida turning atrofga tarqalishida raqobat sodir bo’ladi. Masalan, juda ko’payib ketib oziqa yetishmay qolganda o’simlik shiralari orasida tarqalish uchun qanotlilari paydo bo’ladi.
Shu tariqa hasharotlar bilan tashqi muhit o’rtasidagi aloqalar xilma-xil ko’rinishda amalga oshadi. Ularning tevarak muhitga moslashish darajasi, kushandalardan himoyalanish usuli yoki o’ljasiga hujum qilishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Himoyalanishning ikki xil usuli mavjud: sust va faol. Sust himoyalanishga tana rangining moslashish yoki tashqi shaklini birorta undan «zo’rroq» kushanda yirtqichga o’xshatishi misol bo’ladi. Rang jihatidan himoyalangan hasharotni u yashaydigan muhitdan ajratish qiyin bo’ladi. Rang va shakl jihatidan boshqa yaxshi himoyalangan (zaxarli, chaqadigan) hasharot turlariga o’xshash hodisasini «mimikriya» deyiladi. Faol himoyalanishga chaqadigan nayzasidan foydalanishni kiritish mumkin. Ko’pchilik pardaqanotlilarda shunday himoyalanish vositalari mavjud. Nayza yordamida boshqa organizmga zaharli modda yuboriladi. Ayrim hasharotlar teri va anal bezlaridan qo’lansa xidli modda ajratishadi, boshqalari esa himoyalanish maqsadida kemiradigan og’iz jag’laridan foydalanishadi. Xatarli holat yuz berganda hasharot o’zini «jonsiz» bo’lib qolgandek qilib ko’rsatishi ham faol himoyalanish turiga kiradi. Ba’zi hasharotlar xatarli holatdan o’zini himoyalash maqsadida «qo’rkituv» holatiga kiradi, kushandasiga odatdan tashqari, xujum qiladigandek qappayib, qo’rqitib turib oladi. Bunday qo’rqitadigan hasharotlarda ba’zan «qo’rqituvchi rang» ham bo’ladi, ularning tanalaridagi yaltiroq rangli yirik dog’lar va yaltiroq yo’llar darhol ko’zga tashlanib turadi.
Hasharotlarning o’z qurtlari uchun o’rgimchakli iplar to’qib turli xil himoyalovchi moslamalar hosil qilishi ham (olma kuyasi) o’z-o’zini himoyalashga kiradi. Anjir parvonasi, ipak qurti kabi hasharotlar g’umbaklanish oldidan pilla yasashi ham faol saqlanishga kiradi. Ba’zi tunlamlarning qurtlari g’umbaklanish oldidan kesakchalardan mustahkam belanchak yasaydi. Karadrina kapalaklari esa o’z tuxumlarini qorin qipig’i bilan yopib, entomofaglarga sezilmaydigan qilib qo’yadi.

Download 18.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling