Hasharotlarning ekologyasi


Keratofag – kuyalar (Tineidae, Tineinae)


Download 233.62 Kb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi233.62 Kb.
#1682959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
02.HASHAROTLARNING EKOLOGYASI

Keratofag – kuyalar (Tineidae, Tineinae) MDH hududlarida zararkunanda sifatida: Tinea, Tineola, Monopis, Trichophaga avlodlariga oid 30 turdagi kuyalar rо‘yxatga olingan. Ular teri, jun mahsulot zahiralari, (fetrli va namatli, probirka qistirmalar) qadimiy kitoblarning charm muqovalarini, namatdan tayyorlangan issiq va tovush izolyatsiyasini, zoologik va etnografik kolleksiyalarni, kiyimlarni zararlaydi.
Ayniqsa, xavfli va yil davomida ommaviy kо‘payish xususiyati bilan ajralib turadigan, katta iqtisodiy ahamiyatga ega zararkunanda sifatida kiyim kuyasi (Teneola biselliella Humm) ni alohida kо‘rsatish kerak. Zararlashi jihatidan ikkinchi о‘rinda о‘rtacha iqlimli mintaqalar sharoitida mо‘yna kuyasi (Tinea pellionella L.) qayd qilingan.
Kuyalarning barcha yoshdagi qurtlari kemirib zarar beradi.
Kuyalarning kapalaklari qо‘shimcha oziqlanmaydilar. Kapalaklar g‘ira-shira qorong‘ilik va kechaning birinchi yarmiga qadar uchadilar, о‘rtacha 7-10 kun yashab, bu davrda 60-120 gacha tuxum qо‘yadilar.
Kuyalarni qurtlari о‘zlariga ipak iplaridan turli pana joy tо‘qib yashirin hayot kechiradilar.
Mо‘yna va kiyim kuyalarining rivojlanishi uchun optimal harorat 23-250S, namat kuyasi uchun – 27-280S, qushlar uyasida doimiy yashaydigan uya (Tinea lapella Hb.), kaptar va boshqa kuyalar pastroq haroratda yashaydilar. Ularning qurtlari salbiy haroratda ham yashay oladi.
Boshqa kuya turlar kapalaklari bahor-yoz oylarida ochiq tabiatga uchib chiqadi va uy-joylar yaqinida qushlar uyasida bir nasl berib, kuzda qaytadan binolarga kо‘chib kiradi.
Kuyalarga qarshi zamonaviy kovrol, dermol, keratsid, molemor, supramid, aeroentimol singari tabletka va aerozol shakllarida ishlab chiqarilgan preparatlar junli buyumlarni nafaqat maishiy, balki ishlab chiqarish sharoitida ham qо‘llanganda ishonchli himoyalaydi.
Ksilofag hasharotlar - tabiatda yog‘och-taxta bilan aloqador bо‘lgan 20 turkumlarga xos hasharot vakillari mavjud. Ular orasida faqat qattiqqanotlilar va ikkiqanotlilarning har biridan 60 tadan oila turlari zararkunanda sifatida taqsimlangan. Ammo ularning barchasi ksilobiontlar ham bо‘lmasdan, ksilofaglar hisoblanadi. Oxirgisi о‘z navbatida ma’lum bir stadiyalarda yog‘och-taxta bilan oziqlanadigan yemiruvchi komplekslarga ajratiladilar. Yog‘och-taxta konstruksiyalari va buyumlarida kо‘pchilik ksilofaglar uchun noqulay sharoit tug‘iladi, jumladan qо‘ng‘izlar, faqat ularning bir qismigina nihoyatda kamsuvli oziqalarni iste’mol qiladi. Tuproq bilan bog‘lanmagan, doimiy gigroskopik namlik darajasidan past bо‘lgan yog‘och-taxta konstruksiyasi va buyumlarida faqat bir qancha guruh qо‘ng‘izlarigina: ayrim mо‘ylovdor qо‘ng‘izlar, parmalovchilar, yog‘och-taxta kemiruvchilar mо‘ynali turlarigina rivojlana oladi.
Mо‘ylovdor qо‘ng‘izlar orasida Criocephalus rusticus L. va Callidium violaceum L. singari turlar tipik о‘rmonda hayot kechiruvchi yog‘och-taxta bino hamda mebellarda yashashga moslashgan sinantroplar orasida qandaydir oraliq zvenoni tashkil qiladilar. Bundan tashqari ayrim tik daraxtlar hamda yangi xodalarni (yog‘och) ham egallaydi. Yog‘och-taxta kontruksiyalar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan namlanib turilganda ham ularga bunday qо‘ng‘izlar о‘tishi mumkin. Lichinkalari zararlangan materiallar orqali uylarga ham о‘tib u yerda rivojlanishni yakunlashi mumkin. Haqiqiy quruq yog‘och-taxta bilan oziqlanuvchi lichinkalar nam tanqisligiga shunchalik moslanganlarki yog‘ochni uzoq vaqt davomida namlatib turilishi ular uchun noqulay hisoblanadi. Bu guruhdan eng xavflilari parmalovchilardir.

Download 233.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling