Hasharotlarning ekologyasi


Materiallar bilan oziqlanuvchi hasharotlar keratofaglar, ksilofaglar


Download 233.62 Kb.
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi233.62 Kb.
#1682959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
02.HASHAROTLARNING EKOLOGYASI

3.Materiallar bilan oziqlanuvchi hasharotlar keratofaglar, ksilofaglar.


Keratofag hasharotlar - sochxо‘rlar, patxо‘rlar, terixо‘r qо‘ng‘izlar va keratofog kuyalarni birlashtiruvchi hasharotlar guruhi kо‘p miqdorda sutemizuvchilarning jun qoplami va shox hosil qiluvchi hamda qushlarning pati tarkibiga kiruvchi о‘ziga xos skleroprotein-keratinlarni hazm qilish xususiyatiga egadirlar. Sinantropik sharoitlarda ayniqsa terixо‘r qо‘ng‘izlar va keratofag kuyalar katta ahamiyat kasb etadilar.
Terixо‘r qо‘ng‘izlar (Dermestidae-Coleoptera) nisbatan uncha katta bо‘lmagan qо‘ng‘izlar guruhini tashkil qilsada, iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. MDH mintaqalarida zarar keltiruvchi rо‘yxatiga 42 turdagi terixо‘rlar kiritilgan bо‘lib, ular asosan Dermestes ( 28 rasm, A), (Dermestinae kenja oilasi), Attagenus (28 rasm, B) Anthrenus (28 rasm, V) va Trogoderma (Megatominae kenja oilasi) avlodlariga xosdir.
1-rasm
Terixо‘r hasharotlar: A – Dermestes frischi Kug. B – Attagenus unicolor (Brahm). V- Anthrenus scrophulariae (L.).

Tuxumlari ozmi-kо‘pmi chо‘zinchoq. О‘lchami 0,27-2,1 mm, kengligi 0,08-0,8 mm. Ustki qismi silliq, rangi oqdan, och-sariqqacha о‘zgarib turadi.


Lichinkalarining tanasi tuxumsimon-chо‘zinchoq, dungisimon yoki yarim silindrsimon (29-rasm). Tepasi hamma vaqt qavariq, pastki qismi ozmi-kо‘pmi yassilangan. О‘lchami (oxirgi yoshida) 1,5-17 mm, kengligi 0,5-5 mm.
2-rasm
Terixо‘r qо‘ng‘izlar lichinkalari: A – Dermestes maculatus Deg.
B – Attagenus fasciolatus Sols.
Kо‘pchilik terixо‘rlar yiliga bir martta nasl beradi. О‘rta Osiyoning janubiy hududlarida ayrim turlar olachipor terixо‘r (Trogoderma versicolor G) yiliga ikki marta nasl berib rivojlanadi. Megotominae kenja oilasining ham ayrim turlari qulay sharoitda yiliga ikki martagacha nasl berishi mumkin. Dermistinae kenja oilasining qо‘ng‘izlari, shuning bilan bir qatorda Dermestes kenja avlodi turlarining qо‘ng‘izlari barqaror diapauza xususiyatiga ega. Megotominae kenja oilasining qishlashi lichinka yoki imagolik davrida о‘tadi. Isitiladigan binolarda kо‘pchilik terixо‘rlar diapauzasiz rivojlanib, yiliga 1-4 martagacha nasl berishi mumkin.
Terixо‘rlarni sinantrop sharoitga о‘tishlariga quyidagi ekologik xususiyatlar qulaylik tug‘diradi: 1) turning tabiatda yuqori son miqdorda; 2) binolardagi yashash joylar bilan bevosita aloqasi bо‘lgan; 3) yuqori ekologik mutanosib (plastik) (ayniqsa yashash joyi va oziqa tanlashda); 4) afagiya imagosi; 5) diapauza mavjud emasligi.
Terixо‘rlarning kо‘pchilik turlari hayvonot va о‘simliklar materiallaridan hosil bо‘lgan, mahsulotlarning zararkunandalari hisoblanadi. Ayniqsa, kо‘pincha ular teri, teri mahsulotlari, mо‘yna, par, jun, junli buyumlar, gо‘sht, gо‘sht mahsulotlari, sir, quruq sut, quritilgan va dudlangan baliq, kley, muzey eksponatlari, zoologik va entomologik kolleksiyalar, gerbariy, muqovalangan kitoblar hamda kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi), don va ayrim don mahsulotlarini zararlaydilar. U yoki bu materiallarda kо‘payib, hasharotlar kemirib ularda kо‘p sonli yо‘llar va teshiklar hosil qiladilar, tullagan pо‘stlari va tezaklari bilan mahsulotlarni ifloslab ularni yaroqsiz holga keltiradilar.

Download 233.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling