Hasharotlarning ekologyasi


Download 233.62 Kb.
bet5/6
Sana20.09.2023
Hajmi233.62 Kb.
#1682959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
02.HASHAROTLARNING EKOLOGYASI

Parmalovchi qо‘ng‘izlar. MDH hududlarida qurilishlarni, mebel, muzey eksponatlari va boshqa yog‘och-taxta buyumlarni zararlovchi parmalovchilarning 20 ga yaqin turlari ma’lum. Ular faqat uzoq saqlangan yog‘och-taxtalarni parmalab, teshib, boshqa materiallar uchun zararli emas, ammo ularning faoliyati ayniqsa qadimiy butlar, mebellar va muzey eksponatlari uchun о‘ta xavfli. Ular Kiji (yodgorlik) singari bebaho yog‘och-taxta memorchilik yodgorligini ham chetlab о‘tmaydilar. Uni saqlab qolish uchun katta kuch sarflangan (Persov, 1966; Toskina, 1966; Voronsov, 1981; Ilichev i dr., 1987). Isitiladigan binolarga haqiqiy sinantrop va gilofag hisoblangan mebel parmalovchisi (Anobium punctatatum Deg.) ayniqsa katta zarar yetqazadi. Binolarda deyarli hamma yerda tarqalgan.
Mebel parmalovchisi ayniqsa 5-6 va undan kо‘proq yil foydalanilgan yog‘och-taxtalarga ishtiyoq bilan о‘rnashadi. U stollar, stullar, krovatlar, divanlar, shkaflar, etajerka, musiqa asboblari, kartina romlari, turli taxta tokchalari, turli buyumlarning yog‘och hattoki buxgalteriya scheti ramkalarini ham zararlaydi. Parmalovchilar pollarning chaspakgiga, deraza tokchasi, deraza romlari, pol va shift tо‘sinlari, yog‘och uylarining devorlariga joylashib oladilar. Bunda tо‘sin faqat xona tomondan zararlanadi.
Xulosa

Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.


Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.
Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.
Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.



Download 233.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling