Havo alokalari
Download 381.44 Kb.
|
(Lotin) 4shamshiyeva
Kirish Uchish apparatlari ixtiro qilinishi bilan ularni uchishi va qo‘nishi uchun sharoit yaratish muammosi yuzaga keldi, yaʼni maxsus qurilmali maydonlar qurish zaruriyati tutsildi. Bu maqsadda avval tekis yer uchastkalaridan foydalanildi, ko‘pincha bunday uchastkalar shahar ichida joylashgan (ippodromlar, harbiy-o‘quv poligonlar). Keyinchalik maxsus yer maydonlarini jihozlash - aerodromlar talab qilindi. O‘zbekistonda birinchi marta 12 may 1924 yilda fuqaro aviatsiyasi tashkil etildi. Havo alokalari-havo kemalarini havo kengligidagi uchishi – havo trassalari bo‘yicha mahalliy havo yo‘llarida va belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.Havo trassalari yer yuzasidan yuqorida fazoda yo‘lakcha ko‘rinishida o‘tadi.Havo trassasining yo‘nalishi va kengligi, mahalliy havo yo‘llari va yo‘nalishlari, shuningdek uchish balandligi, uchish xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda va tegishli tashkilotlar qiziqishlarini inobatga olgan holda belgilanadi. Passajir, yuk, bagaj, pochta tashish, shuningdek boshqa maqsadlarda uchadigan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish maqsadida aeroport va aerodromlar tashkil etiladi. Aeroport - havo kemalarini qabul qilish, jo‘natish va havoda tashishga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmuasidir. Bunga aerodrom, texnik xizmat ko‘rsatish xududi, alohida inshootlar va aerodromga yondosh aerodrom oldi xududi kiradi. Aerodrom - aeroportni tashkil etuvchi bosh qismi. Aerodrom havo kemalarini uchishi, qo‘nishi, yurgizib borish, saqlash va xizmat ko‘rsatishni taʼminlash uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmuasiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yer uchastkasidir. Aerodromlarni shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishi ko‘pgina omillarga bog‘liq, shulardan asosiylari: - uchish-qo‘nish tezligining o‘sishi; - havo kemalari qanoti kengligini ortishi; - shassi tavsifini o‘zgarishi. Texnik xizmat ko‘rsatish xududi - aeroport yer uchastkasining bir qismini tashkil etib, yo‘lovchi, yuk va pochtalar tashish, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun va yordamchi imorat va inshootlar joylashishi uchun mo‘ljallangan. Texnik xizmat ko‘rsatish xududi aerodrom chegarasida shahardan kelish tomonga joylashadi va uni asosiy muxandislik kommunikatsiyalar egallaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish xududi aerodrom chegarasida shahardan kelish tomonga joylashadi va uni asosiy muxandislik kommunikatsiyalar egallaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish xududi chegarasi shu xudud perimetri bo‘yicha joylashgan imorat va inshootlarni loyihalashtiriladigan to‘siqlari chizitsi bo‘yicha qabul qilinadi, bunga aerodromga yondosh tomon kirmaydi. Alohida inshootlar aeroport yer uchastkasining bir qismi bo‘lib, havo harakatini boshqarish, radionavigatsiya (kemalar harakatini radio to‘lqinlar bilan idora qilish), tozalash inshootlarining chiqishi, yonilsi moy materiallarining ko‘chib yuruvchi omborlari joylashishi uchun ko‘zda tutiladi. Aerodrom oldi xududi - bu aerodromga yondosh joy bo‘lib, uning tepasida, yaʼni havo bo‘shlitsida havo kemalari manyovr qilishni bajaradi. Havo aloqalari halqaro, magistral va mahalliyga bo‘linadi. Halkaro havo yo‘llariga halqaro avialiniyalarida uchishni bajarayotgan havo kemalarini qabul qilish, chiqarish va xizmat qilish uchun mo‘ljallangan aeroportlar kiradi. Ular chegara bojxona va karantin nazorati bo‘limlariga ega bo‘ladi. Bunday gurux aeroportlari uchun fuqaro aviatsiyasi halqaro tashkilotining (IKAO) qo‘shimcha talab va tavsiyalarini inobatga olish shartdir. Magistral - aeroportlar havo trassalari bo‘yicha tashishni asosiy hajmini amalga oshiradi, yirik maʼmuriy va madaniy markazlarni birlashtiradi. Mahalliy aerodromlarga asosiy tashish hajmi viloyat markazlari, yirik aholi punktlarini tuman markazlari va alohida punktlar bilan botslovchi mahalliy havo liniyalari bo‘yicha amalga oshiriladigan aeroportlar kiradi. Ekspluatatsion vazifasi bo‘yicha aerodrom quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) trassali - passajir, yuk va pochtalarni tashuvchi havo kemalarini ekspluatatsiyasi uchun ko‘zda tutiladi; 2) zavodniki - aviazavodlar yoki tuzatish korxonalarida chiqariladigan havo kemalarini sinov uchishlari uchun muljallangan; 3) o‘quv - havo kemalarini o‘quv mashqlarini taʼminlash uchun mo‘ljallangan; 4) aviatsiyani halq xo‘jaligida qo‘llash - aviatsiya ishlarini halq xo‘jaligining turli tarmoqlarida bajarish uchun: qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, aerofotosyemka, ekspluatatsiyaga xizmat qilish, aholiga meditsina yordami ko‘rsatish uchun va sanitar tadbirlarini o‘tkazish va boshqa ishlarda qo‘llash. Aerodromlar foydalanish muddati bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi: - doimiy - doimiy ekspluatatsiya uchun jixozlangan, belgilangan tartibda qayd qilingan va qayd qilinganligi xaqida guvoxnomaga ega bo‘lgan; -vaqtinchalik - chegaralangan muddatga uchish uchun jihozlangan. Foydalanish vaqti bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi: - kecha - kunduz surunkasiga ishlaydigan - kunning barcha vaqtida havo kemalarini xavfsiz va doimiy ekspluatatsiyasini taʼminlaydigan vositalar bilan taʼminlangan ; - kunduzgi - kunduzgi uchishlar uchun tayyorlangan. Aerodromlar XK lariga xizmat ko‘rsatish tavsifi, turi va joylashishi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: baʼzali (asosiy) havo liniyalariga, havo liniyalar tizimiga, fuqaro aviatsiyasining maxsus yoki xududiy bo‘limlariga xizmat qiluvchi xavo kemalarini baʼzasi uchun zarur; zaxira - aerodromlar havo liniyalari bo‘yicha qatnaydigan havo kemalarining u yoki bu turga tasodifiy, ahyon-ahyonda xizmat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallangan; oxirgi - bu havo liniyasining biror tomondagi oxirida, oraliq - xavo liniyasining oraliq uchastkasida joylashgan aeroportlardir. Aerodromlar oltita sinf (A, B, V, G, D, Ye) ga bo‘linadi. Bu standart sharoitda sunʼiy qoplamali asosiy uchish - qo‘nish tasmasining uzunligiga bog‘liq. Fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya sinovlari, kelajakdagi o‘zgarishni hisobga olib, havoda tashishni tashkil qilish va taʼminlashga asosan aeroportlar aviatashishini hajmi bo‘yicha besh (I,II,III,IV,V) sinfga turkumlanadi. Havo kemalari salonda passajirlarni sig‘ishi (joylashishi) va havo kemasi massasi bo‘yicha to‘rt guruxga bo‘linadi. samoletlar uchun:vertoletlar uchun: I uchish massasi-75t I-uchish massasi-10t II uchish massasi-30-75t II-uchish massasi-5-10t III uchish massasi-10-30t III-uchish massasi-2-5t IY uchish massasi-10t IY-uchish massasi-2t. Aeroportni transport ishlarining texnologik jarayoni turli xizmatlar bajaradigan bir qator ishlab chiqarish operatsiyalaridan iborat: harakat, tashishni tashkil etish, muxandislik aviatsiyasi, yonilsi moy materiallari, maxsus avtotransport va boshqalar. Texnologik jarayonni asosiy vazifasi havo kemalarini talab qilingan sonini xavfsiz va doimiy (jadval bo‘yicha) qabul qilish va uchishini taʼminlashdir. Aeroport ishini texnologik jarayoni, umuman, passajir va ularning bagajiga xizmat ko‘rsatish, yuk va pochtalarni tashish va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uch asosiy texnologiyani o‘z ichiga oladi. Passajirlarga xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga havo kemasi bortida (uchish vaqtida), shuningdek uchishdan oldin va uchishdan keyingi vaqtda passajirlar aeroportda bo‘lganda, uchuvchi, uchib keluvchi, tranzit, shuningdek kuzatuvchi va kutib oluvchilarga bajariladigan barcha ishlar majmuasini oladi (xavo kemasi bortida passajirlarga ovqat, suv berish va madaniy - maishiy tadbirlar, aerovokzal binosida uchuvchi passajirlarga xizmat ko‘rsatish- chiptalarni qayd qilish, bogajlarni rasmiylashtirish, bogaj, yuk, pochta tashish). Yuklarni qabul qilish va jo‘natish.Yuklarni tashish ikki usulda amalga oshiriladi: maxsus yuk havo kemasi va passajir havo kemalarida. Bunday tashishlarni bajarish uchun yuk perroni, yuk hovlisi, yuk omborlari, alohida pochta tashish va boshqa yordamchi inshootlar zarur. Yuk va passajir perronlarida ortish-tushirish ishlari bajariladi. Yuk hovlisi yuklarni yuk jo‘natuvchilardan qabul qilish va yuk qabul qiluvchilarga berish uchun mo‘ljallangan. Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish - havo kemalarini uchishga tayyorlash va uchishdan so‘ng qabul qilish, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baʼzi operatsiyalarni bajarilishi ketma-ketligi va usullari reys turiga bog‘lab reglamentli ishlarni texnologik ko‘rsatmalarida shartlangan. Texnik xizmat ko‘rsatish - texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasidir, ular havo kemalarini ekspluatatsiyasi jarayonida passajir va yuklarni tashishda transport ishini talab qilinadigan samaradorligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish tizimida eng zarur ikki kichik chiziq tizimlarni ajratish mumkin: tadbir (profilaktika) va tuzatish. Download 381.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling