Havo elektr uzatish yo‘lining o‘tkazgichlarida ko‘rinuvchan tojlanishni tekshirish ishdan maqsad
Download 68.77 Kb.
|
ЮКТ
2. Ishni bajarish tartibi
Ko‘rinuvchan tojlanishning paydo bo‘lishini kuzatish qoron-g‘i xonada, kuchlanishning tojlanishning izi (mahalliy tojlanish) yoki o‘tkazgichning butun yuzasining yallig‘lanishi (turg‘un-lashgan tojlanish) paydo bo‘lishdagi qiymatini o‘rnatish yo‘li bilan subyektiv usul orqali amalga oshiriladi. Bu laboratoriyada kuchlanish manbai rolini ikki chiqishli Simen-Shukkert firmasining sinash transformatori bajaradi, uning chiqishlariga ikkita yaxshi tortilgan parallel sim ulanadi. Tojlanishning paydo bo‘lishi simlarning sirtida yallig‘lanish orqali amalga oshiriladi, chunki tojlanishning boshqa belgilari (azonning hosil bo‘lishi, shovqin) tojlanishning boshlang‘ich bosqichlarida kichik intensivlikda o‘zgaradi va tashqi begona sabablardan paydo bo‘lishi mumkin. Yana shuni ta’kidlash lozimki, tojlanishga bo‘layotgan isrof yallig‘lanish paydo bo‘lgunga qadar hosil bo‘ladi va bunga tojlanish razryadining qorong‘i bosqichi deyiladi. Barcha o‘tkazgichlarning sirti bo‘ylab yallig‘lanish paydo bo‘lganda tojlanishga bo‘layotgan energiya isrofi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi gan darajada oshib ketadi. Shuning uchun elektr uzatish yo‘llarini loyihalashda liniyaning parametrlari shunday tanlanadiki, unda ko‘rinuvchan tojlanish yo‘q bo‘lsin. Shu sababdan tojlanish ayrim nuqtalarda, ya’ni simlarning qisqichga biriktirilgan joylarida paydo bo‘lishiga ruxsat etiladi. Yetarlicha aniqlikda yallig‘lanishning boshlanishini belgilash maqsadida, ya’ni kuzatuvchilarning ko‘zi qorong‘ilikka o‘rganishi (akkomodatsiya) uchun ular laboratoriya o‘tkazi-ladigan xonaga biroz oldin kirishlari kerak. Kuchlanish berilgandan keyin, uni yallig‘lanishning aniq ko‘rinishi paydo bo‘lgunga qadar ko‘tarib borish kerak. Keyinchalik esa kuchlanishni asta sekin (1 kV/s) tezlikda oxirgi yallig‘langan nuqtaning yo‘qolishigacha pasaytirib boriladi. Tojlanish to‘la yo‘qoladigan kuchlanish minimum uch marta o‘lchanishi kerak. Shu uchta o‘lchovning o‘rtachasi olinadi. Tojlanishning paydo bo‘lish nuqtalarini aniqlashda teskari yo‘nalishda borish biroz noqulay, chunki kuchlanishni asta-sekin ko‘tarib borilishida qorong‘ilikda paydo bo‘layotgan yallig‘lanayotgan nuqtalarni izlab topishdagi qiymati uning yo‘qolishidagi kuchlanishdan yuqori. Laboratoriya ishidan olingan qiymatlarni adabiyotdagisi bilan solishtirish uchun Pikning (1) va (2) formulalari bilan hisob-langan bog‘lanishni ko‘rish kerak. Barcha olingan qiymatlar qu-yida keltirilgan jadvalga kiritiladi. Laboratoriya ishini bajarishda simlarning parallelligini, bural-maganligini, tirnalmaganligini tekshirish kerak. Simlarning diametrlari uning ikki-uch joyida shtangensirkul yoki mikrometr bilan o‘lchanadi va ularning o‘rtachasi olinadi. Simlarning namunasi o‘qituvchi tomonidan beriladi. Har bir laboratoriya uchun 5-7 nuqta olinadi va quyida keltirilgan 5-jadvalga kiritiladi. r=sonst
5.5-jadval
Xuddi shunday jadval o‘tkazgichlar orasidagi masofa o‘zgarmas bo‘lgandagi hol uchun ham to‘ldiriladi. Download 68.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling