Azot va inert gazlar guruhi. Azot atmosfera havosining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, odatiy sharoitlarda odam organizmi uchun indiferentdir. O rganizm da u qon va to 'q im a suyuqliklarida erigan holatda mavjud bo'ladi, ammo kimyoviy reaksiyalarda ishtirok qilmaydi. Biroq azotning fiziologik roli atmosfera bosimi oshishi bilan o'zgaradi. Bunday sharoitlarda azotning nerv-m ushak koordinatsiyasining buzilishini keltirib chiqarishi va narkotik ta’sir ko'rsatishi aniqlangan. 100 m chuqurlikda 5 daqiqa mobaynida bo'lgan g'avvoslarda bosh aylanishi, hayajonlanish, eslab qolish qobiliyatining susayishi, gallutsinatsiya kabi hollar kuzatilgan. Nafas olish uchun geliy - kislorod aralashmasini qo'llash orqali ko'rsatib o'tilgan hodisalarning oldini olishga va tushish chuqurligini oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |