Havo muhitining gigiyenik ahamiyati


Download 18.64 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi18.64 Kb.
#1264060
1   2   3
Bog'liq
Havo muhitining gigiyenik ahamiyati

Karbonat angidrid gazi. Karbonat angidrid gazining atmosfera havosidagi konsentratsiyasi juda turg'un (0,03-0,04 %), chunki tabiatda lining aylanish jarayoni to'xtovsiz bo'lib turadi. Karbonat angidrid gazining havoda paydo bo'lish manbalari organik moddalarning chirish va parchalanish jarayonlari, uning tuproqdan va mineral manbalardan ajralishi, odamlar va hayvonlarning nafas olishidir. Havodagi karbonat angidrid gazining balansini uning o'simlik, okean, dengiz, ko'l va daryolar ochiq sathlari tomonidan yutilishi, atmosfera yog'in-sochinlari yuvib ketishi hisobiga saqlanib turadi. Karbonat angidrid gazi nafas markazining fiziologik qo'zg'atuvchisidir. Havoda karbonat angidrid gazi miqdorining oshishi (0,06 % dan 1 % gacha) organizmda ayrim funksional siljishlar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Karbonat angidrid gazi ko'p miqdorda (10-12% ) bo'lganda narkotik ta’sir ko'rsatishi va o'lim ga olib kelishi mumkin. Ventilatsiyasi yaxshi bo'lmagan xonalarda ko'pchilik odamlar yig'ilganda karbonat angidrid gazi to'planishi (nafas chiqariladigan havoda u 4,4 % miqdorida bo'ladi) bilan parallel holda hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko'tarilishi, yengil ionlar sonining kamayishi va mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi. Agar xona havosidagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,07-0,1 % dan ortiq bo'lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo'ladi va organizm funksional holatining yomonlashuvi sodir bo'lishi mumkin.
Ozon ( 0 3) gazi atmosfera havosi tarkibida doimo bo'ladi. Uch atomli kislorodning birikuvidan tashkil topgan ozon molekulasini gollandiyalik fizik Van Marum aniqlagan. Ozon juda past haroratda qotadi va eriydi, yengil parchalanadi, hidi xlor hidiga o'xshab ketadi. 23 Ozon bahor va yozda ko'payib, kuzda кamayad i. U 20-25 km balandlikda yerni ultrabinafsha nurlardan saqlovchi qavat hosil qiladi. Ozon momaqaldiroq paytida hamda quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida, shuningdek, juda ko'p suv va qatronli moddalar bug'langanda (dengiz va okean qirg'oqlari, tog' va o'rmonlarda) atmosferaning pastki qavatlarida oz miqdorda hosil bo'ladi. Atmosfera havosida ozonning me’yorida bo'lishi uning tozaligini ko'rsatadi. Agar havoda ozon gazi 0,02 mg m 3 ga yetsa, kishi organizmiga salbiy ta'sir etadi.
Ozon inson va hayvon hayotida ijobiy taraflari bilan asqotadi. Ozon insonlarni va hayvonlarni ko'r bo'lib qolishdan asraydi. Gap shundaki, ko'z qobig'idagi to'r pardaga yomon ta’sir ko'rsatadigan ultrabinafsha nurlarni atmosferada tutib qoladi. Ultrabinafsha nurlar odatdagidan ko'proq bo'lsa, unda ko'z gavharining faoliyati buziladi. Shu tufayli ham Yer kurrasi ustida qalinligi atigi 10 millimetrgacha keladigan ozon qatlami ultrabinafsha nurlarning ma’lum qismini ushlab qolib, ko'zni anchagina muhofaza qiladi. Agar havoda ozon me’yoridan kam miqdorda oshsa, kishi lohas bo'ladi, charchaydi, boshi og'riydi. Agar konsentratsiyasi me’yoridan ko'payib ketsa, ko'ngil ayniydi, burundan qon keladi, ko'zi yallig'lanadi, yurak mushaklarida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi, hatto halokatga olib borishi ham mumkin.

Download 18.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling