Havo namligini o`lchash usullari. Psixronietik usul mutlaq havo namligining kun va yil ichida o`zgarishi, havo namligining ahamiyati havoning namligini psixromеtr va gigromеtrlar bilan o’lchanadi


Download 37.21 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi37.21 Kb.
#1143636
1   2   3   4
Bog'liq
HAVO NAMLIGINI O`LCHASH USULLARI. PSIXRONIETIK USUL MUTLAQ HAVO NAMLIGINING KUN VA YIL ICHIDA O`ZGARISHI, HAVO NAMLIGINING AHAMIYATI

Havo namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-’ bilan oʻlchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng, yaʼni a"= YE—e; 5) shud-ring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura.

Troposferada doimo suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i havoga okean va dengizlardan, quruqlikdagi suvlardan, tuproq va o‘simliklar tarkibidagi suvning bug‘lanishidan ko‘tariladi. Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi.


Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo haroratiga bog‘liq. Agar havo harorati 0°C bo‘lsa, o‘zida 5 gr, +10° C bo‘lsa 9 gr, +20° C da 17 gr va +30° C bo‘lsa 30 gr suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini ushlab tura oladi.
1 m kb havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori mutlaq namlik deyiladi.
Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u namga to‘yingan havo deyiladi.
Siz radio va televizordan ob-havo xabarida havoning namligi 70% yoki 80% deganini ko‘p marta eshitgansiz. Buning ma'nosi nima? Masalan, harorat +30° C bo‘lganda havoda 15 g, ya'ni havo o‘zida sig‘dirishi mumkin bo‘lgan suv bug‘ining yarmi mavjud. Bunda havoning nisbiy namligi 50% deyiladi.
Namga to‘yingan havoda nisbiy namlik 100% bo‘ladi. Meteorologik stansiyalarda havo namligi maxsus gigrometr asbobi yordamida o‘lchanadi.


Bulut. 
Bulutlarning asosan uch turi bo ‘ladi: to‘p-to‘p, qat-qat va patsimon. Isigan havo yer yuzasidan yuqoriga tez ko‘tarilayotganda to‘p-to‘p bulut hosil bo‘ladi. Tag qismi qorayadi va hozir yomg‘ir yog‘ib yuboradigandek tuyuladi. Bunday bulutyomg‘irli to‘p-to‘p bulut deyiladi. To‘p-to‘p bulutlar mamlakatimiz osmonida bahor va yozda ko‘p bo‘ladi. Bunday bulutlardan qattiq yomg‘ir, jala quyadi.
Havoni ba'zan qatlamli bir tekis bulut qoplaydi. Bular qat-qat bulutlardir. Quyoshlikunlarda juda balandda ba‘zan oq tolalarga o‘xshagan yupqa bulutlarni ko‘rish mumkin. Ularning soyasi ham bo‘lmaydi. Bunday bulutlar patsimon bulutlar deyiladi. Ular ob-havo aynib kelayotganini bildiradi.



Download 37.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling